2-mavzu: informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar reja
Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi
Download 383.94 Kb.
|
2-maruza 4 k 8-semestr multimediali texn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
3.Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi
Ma’lumki, multimedia texnologiyalari ta’lim jarayonini boyitadi, o‘quv materiali ta’limiy axborotlarni idrok etishni yanada samaralilashtirish imkonini beradi. Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli bo‘lib, u o‘qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko‘ra keng ko‘lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko‘rgazmali va uyg‘unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o‘rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi an’anaviy ta’limga nisbatan quyidagi samaralarga erishish imkonini beradi: jadval va rasmlarni rangli, ovozli, animatsiyalar, gipermatnlar bilan boyitish; interaktiv veb-elementlar, testlardan foydalanish; darsning nazariy materialini boyitib borish; axborotlarning muntazam ravishda yangilab turish; ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalar bilan ko‘proq individual ishlash, ularning darsgaqiziqishlarini oshirib, egallagan bilimlarilarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, voqelikni kompleks o‘rganish; ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, shakllari va usullarini, texnologik bazasini zamonaviy AKT vositalarini joriy etish orqali takomillashtirib borishdan iborat. Ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘qituvchiga: - darsni zamonaviy tarzda modellashtirish; - bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo‘lish; - nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi. Ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘quvchilarga: - fanga qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash; - ensiklopedik ko‘rinishdagi axborotlarni tezkor olish; - mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash; - zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi. Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi: - fan bo‘yicha asosiy bilimlarni o‘zlashtirish; - o‘zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash; -o‘zini o‘zi nazorat ko‘nikmasini shakllantirish; - bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirish; - o‘quvchilarni o‘quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o‘quv - metodik yordam ko‘rsatish. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 foizgacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25–30 foizgacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 foiz ortadi. Bunga multimedia vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil qildik. Ma’lumki, kadrlarni qayta tayyorlash masalasida Jahon Valyuta Fondi, Umumjahon banki, Yevropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katta tajribaga egalar. Bunga ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch hosil qildik. Shuni ta’kidlash lozimki, avvalambor, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tahsinga sazovordir. O‘z o‘rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi, o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv materiallari, qonunlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish zarurligidir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlaridan foydalanish esa kompakt disklarni qo‘llashni talab etadi. Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. O‘qituvchi va o‘quvchining ma’lum bir masofada joylashganligi, o‘qituvchining dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyasi kabi vositalar asosida o‘quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi,ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o‘ziga xos tarixiy o‘zgarishlarni kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarilari va biznes bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar distant uslubi asosida birlashtirilsa, o‘qitish jarayoni va tijorat ishlari yanada yuqori darajaga ko‘tariladi. Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llashning asosiy muammolari va kamchiliklari. Ta’limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo‘lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo‘linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko‘proq talab etilishi, dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi. Diqqatning bo‘linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta’lim oluvchilar diqqatini o‘rganilayotgan asosiy mavzudan chalg‘itishi mumkin. Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma’lumotlar, turli havola (ssыlka) va shu kabilar dars jarayonida o‘quvchi diqqatini bo‘lishi mumkin. O‘quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an’anaviy matn ko‘rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab. Vaqtning ko‘proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta’lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko‘proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta’lim vositalarini yaratish uchun ko‘p vaqt va diqqat kerak bo‘ladi. Dasturiy ta’minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta’lim vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun dasturiy ta’minot va texnika vositalari talab darajasida sozlangan bo‘lishi zurur. Bunda multimediali ta’lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi. Axborotlarni kompyuter ekranidan o ‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar. Kompyuter ekranidan axborotlarni o‘qish qog‘ozga chop etilgan axborotlarni o‘qishga qaraganda noqulayroq. To‘liq o‘qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog‘ozda chop etilgan variantda o‘qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog‘ozga chop etib olish uchun ma’lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi. Elektron interaktiv doska - raqamli, dasturiy va Internet texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuqlar kombinatsiyasidir. Bu ta’lim sohasidagi keskin o‘zgarish hisoblanadi, chunki an’anaviy doska va bo‘rlar elektron ko‘rinishga o‘tadi. Elektron interaktiv doska - personal kompyuter uchun periferiya qurilmasi hisoblanadi. Proektor qurilmasi bilan birgalikda videoroliklarni, rasmlarni va boshqa ob’ektlarni yaratish va namoyish etish, kompyuter xotirasiga saqlash yoki printer orqali bosmaga chiqarish mumkin. Elektron interaktiv doska tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: Doskaga yozish uchun 3 dona elektron ruchka Doskani kompyuterga ulash uchun 10 metrli USB-RS232 kAbeli Diskda elektron doska dasturiy ta’minoti Doskadan foydalanish yo‘riqnomasi Elektron doska ikki xil ko‘rinishda o‘rnatilishi mumkin. Harakatlantirishga qulay bo‘lishi uchun maxsus oyoqli moslamalarga mahkamlanishi YOki qo‘zg‘almas bo‘lishi uchun maxsus uskunalar yordamida devorga maxkamlanishi mumkin. Interaktiv doskani ulash Elektron doskadan foydalanish majmuasi uch elementdan tarkib topgan. Bular: personal kompyuter, videoproektor va interaktivdoska. Bunda kompyuterga ham videoproektor qurilmasi ham elektron interaktiv doska ulanadi.Dastlab maxsus kAbel yordamida interaktiv doska kompyuter USB portiga ulanadi. So‘ngra videoproektor qurilmasi kompyuterga ulanib interaktiv doskaga moslanadi Bunda ma’lumotlarning siklik aylanishi hosil bo‘ladi. Elektron doskadan boshqaruv komandalari kompyuterga kelib tushadi. Kompyuter o‘z navbatida ko‘rsatilgan amalni bajarib videoproektor qurilmasiga uzatadi. Videoproektor qurilmasi esa kompyuter xotirasidagi o‘zgarishni elektron doskada tasvirlaydi Elektron doska uskunalar paneli Har bir elektron interaktiv doska foydalanuvchiga qulayliklar yaratish uchun o‘zining uskunalar paneliga ega hisoblanadi. Uskunalar panelidan foydalanish uchun avvalo elektron doska dasturini ishga tushirish lozim. Buning uchun ish stolidagi elektron doska dasturi yorlig‘iga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan ikki marta bosing Kirish oynasidan Voyti tugmasini bosing SHundan so‘ng elektron doska dasturi ishga tushirilib ekranda uning uskunalar paneli paydo bo‘ladi Uskunala panelini zarur bo‘lgan hollarda xalaqit bermaslik uchun yig‘ib qo‘yish yoki aksincha foydalanish uchun ochish mumkin. Uskunalar paneli yig‘ish uchun uning sarlavha satriga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan ikki marta bosing Uskunalar paneli ochish uchun esa uning sarlavha satriga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan yana qayta bosing bosing YOn tomondagi ko‘rsatkichli tugmalarni bosish orqali panelni osongina bir tomondan ikkinchi tomonga joylashtirish mumkin. Bundan tashqari panelni uning sarlavha satridan sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tutgan holda ekranning extiyoriy joyiga joylashtirish mumkin. SHunday qilib elektron doska uskunalar panelini o‘zingizga qulay joyga joylashtirib olishingiz mumkin. Boshqarish rejimi Elektron doskaning ruchkasidan kompyuter sichqonchasi kabi boshqaruv amallarini bajarishda foydalanish mumkin, masalan dasturni ishga tushirish va h.k. Buning uchun ruchka yordamida uskunalar panelidagi sichqoncha belgili tugmani bosing. SHundan so‘ng ruchka boshqaruv rejimiga o‘tadi. Ushbu darsimizda dasturlarni ishga tushirish, papkalarni ochish va yopish amallarini ko‘rib chiqamiz Ruchka bilan Pusk tugmasini bosing Paydo bo‘lgan menyu bo‘limlaridan Bloknot dasturini tanlang Dasturni yopish uchun Zakrыt tugmasini bosing Ruchka bilan Moi dokumentы papkasiga ikki marta bosish orqali papkani oching Ro‘yxatdan, hujjat fayliga ruchka bilan ikki marta bosing Hujjat va papkani yopish uchun ruchka bilan ularning yopish tugmalarini bosing Oynali rejim Elektron doskada hirer materialni yoritish va amalga oshirilgan harakatlarni saqlab qo‘yish uchun dastlab doska dasturini faollashtirish va unda yangi bo‘sh oyna ochish lozim. Buning uchun ruchka yordamida uskunalar panelidan Окоппыу rejim tugmasini bosing. SHundan so‘ng elektron doska dasturi faollashib unda yangi bo‘sh oyna paydo bo‘ladi. Endi ruchka yordamida chizish va yozish mumkin. Dastlabki rejimga qaytish uchun ruchka yordamida dastur uskunalar panelidan sichqoncha belgili tugmani bosing. SHu tariqa keltirilgan tugmalar yordamida rejimlarni almashtirish mumkin. To‘liq ekranli rejim Biror material bilan ishlash jarayonida faqatgina elektron doska uskunalar panelidan foydalanish uchun to‘lik ekranli bo‘sh oyna yarating Buning uchun ruchka yordamida elektron doska uskunalar panelidan Ро1поекгаппыу rejim tugmasini bosing. SHundan so‘ng ekranda bo‘sh sahifa paydo bo‘ladi va Siz ish jarayoningizni boshlashingiz mumkin. Dastlabki rejimga qaytish uchun ruchka yordamida uskunalar panelidan sichqoncha belgili tugmani bosing SHunday tartibda yangi sahifalar ochish va unga ma’lumotlarni kiritish mumkin Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya'ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma'lumotni olish mumkin. Multimedia yaratish uchun dasturlar Multimedia mahsuloti yaratish uchun quyidagi instrumental vositalarni jalb qilish mumkin: Macromedia Flash, Adobe Flash; Macromedia Director; Formula Graphics Multimedia System; Multimedia Creator; Asymetrix ToolBook; AuthorWare Professional; MS PowerPoint dasturining iSpring ilovasi va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar. Multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi: berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati mavjudligi; o‘quvchilarda ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada ortishi; ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish mumkinligi; olingan bilimlar xotirada uzoq saqlanib, zarur bo‘lganida amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishilishi mumkinligi va boshqalar. Muxtasar qilib aytganda, bugungi kunda multimedia texnologiyalari - ta’lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Ta’lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va o‘quvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o‘qituvchisi tinimsiz o‘z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg‘or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan shaxs sifatida o‘z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo‘lishi davr talabidir. Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta’minotni takomillashtirish, moddiy baza, shuningdek, o‘qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir. Nazorat uchun savollar Multimedia nima? Multimedianing imkoniyatlari, amaliy dasturlari? Multimedianing apparat va dasturiy vositalarini nimalar tashkil etadi? Elektron doska haqida ma’lumot? Elktron doskaning imkoniyatlari? Download 383.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling