2-mavzu: informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar reja


Multimedia turlari va ularni ishlab chiqish


Download 383.94 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi383.94 Kb.
#1625778
1   2   3
Bog'liq
2-maruza 4 k 8-semestr multimediali texn

2.Multimedia turlari va ularni ishlab chiqish.

Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir.


Multimediali ilova esa, o‘zida illyustratsiya, jadval va chizmalar, animatsiya elementlari, videolavha va ovoz jo‘rligida taqdim etilayotgan chiroyli dizayn ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta’lim oluvchining bilim olishga bo‘lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to‘laroq tushunchaga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda multimedia ilovalarining quyidagi turlari mavjud:

  • taqdimot/prezentatsiyalar;

  • animatsion roliklar;

  • o‘yinlar;

  • videoilovalar;

  • multimediali galereyalar;

  • audioilovalar;

  • web uchun ilovalar.

Taqdimot/prezentatsiyalar – audiovizual vositalardan foydalanib, ko‘rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o‘zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo‘ladi.
Animatsion roliklar - tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlarning almashinishida hosil bo‘ladi.
O‘yinlar - o‘yin dam olish, ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, organizmdagi zo‘riqishni yo‘qotish hamda ma’lum malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan multimedia ilovalaridandir.
Videoilovalar - harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va namoyishi. Videotasvirlarni o‘qish qurilmalari – videofilmlarni boshqaruvchi dasturlar.
Multimedia-galereyalar - ovoz jo‘rligidagi harakatlanuvchi tasvirlar to‘plarni.
Audioilovalar - ovozli fayllarni o‘quvchi qurilmalar – raqamli tovushlar bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush – bu elektrik signal amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi.
Web uchun ilovalar - bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy qismlari (menyu, navigatsiya v.b.), ma’lumot uzatish uchun ilovalar, ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar.



Download 383.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling