2-mavzu: informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar reja


Download 383.94 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi383.94 Kb.
#1625778
  1   2   3
Bog'liq
2-maruza 4 k 8-semestr multimediali texn


2-MAVZU: INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA MULTIMEDIALI TEXNOLOGIYALAR
REJA:
1.Multimedia va multimedia texnologiyalari tushunchasi
2.Multimedia turlari va ularni ishlab chiqish. 
3.Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi
4.Multimediani yaratish  dasturlari


1.Multimedia va multimediali texnologiyalar tushunchasi
Keyingi paytlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil sur’atlarda rivojlanib borishi axborot hajmining keskin oshishiga olib keldi, shu bilan birga, axborot oqimining tezligi ham oshib, axborot resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Bunday holatlarda turli ko‘rinishdagi va hajmdagi diskret va uzluksiz axborot resurslarini tizimlashtirish, saqlash, uzatish, qabul qilish, ishlov berish, taqdim etish oson va qulay murojaat interfeysini, vaqt va zamondagi oqimining muvofiqligini ta’minlovchi matematik model, usul va algoritmlarni yaratish orqali foydalanuvchiga tushunarli, ishonchli, to‘liq, anglash va o‘zlashtirish uchun qulay holda axborot taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Multimedia tushunchasi hayotimizga XX asr 90-yillarining boshida kirib keldi. Hozirgi davrga qadar multimedia tu­shunchasi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan turlicha tahlil qilinmoqda.
Multimedia – bu matn, ovoz, grafika, animatsiya elementlari, videolavha va fazoviy modellashtirish kabi axborot taqdim etish vositalarining bir kompyuter tizimida birlashishidir. Bunday vositalarning birlashishi axborot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta’minlaydi.
Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir
Multimedia - bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida o‘zaro vizual va audiosamara ta’siridan iborat bo‘lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni bir raqamli taqdim etish usulida birlashtiradi.
Multimedia - bu informatika fanining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib be­rishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir, degan ta’rif eng maq­buli deb hisoblaymiz.
Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi.
Multimediali texnologiya­lar — bu turli shakldagi axborotlarni qayta ishlovchi vositalar maj­muasidir. Multimediali texnologiyalarga avvalo, tovushlar, video-elementlarni qayta ishlovchi vositalar kiradi. Bundan tashqari, multiplikatsiya (animatsiya) va yuqori sifatli grafika ham multimedia texnologiyalari qatoriga kiradi.
Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti bilan ishlashda foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar. Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar) Ma'ruza yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ruzachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Taqdimot nima uchun samarali? So‘nggi o‘n sakkiz yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish, qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul. Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.Zamonaviy ta’lim vositalari - interaktiv, audio-vizual, multimediali o‘quv jihozlari - shunchaki zamonaga mos rusumga aylanib borayotgan vositalar emas, balki o‘quvchi-talabalar shaxsini rivojlantirish uchun variativ imkoniyatdir. Zamonaviy ta’lim tizi­mining vazifasi esa shunchaki bilim berishdangina emas, balki o‘quvchi-talabalarning ijodiy tafakkurini loyihalashtirishga yordam berishdan iborat. Har qanday nazariy bilim amaliyot bilan mustahkamlanishi zarur. Shu sababli o‘qituvchi bergan nazariy axborot­lariga qo‘shimcha sifatida ta’lim jarayonida amaliy, laboratoriya, loyihali faoliyat talab etiladi. Bu mustaqil tadqiqot ishlariga malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beruvchi omil bo‘lib, butun ta’lim faoliyati davomida foydalanilishi zarur. O‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish, qiziqtirish juda muhim. O‘qitishning qiziqarli bo‘lishi hamda unda barcha talabalarning to‘liq fikru-zikri bilan faollashishi asosida ta’lim jarayoni juda samarali o‘tadi. Bunda ko‘rgazmali vositalar ham muhim o‘rin tutadi, ular axborotning turli manbalari bilan ishlash va olingan natijalarni solishtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Ta’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi natijasida avvalo, ta’limning universal ta’siri, uning asosida esa — foydali malaka va ko‘nikmalar, nihoyat keng doiradagi salohiyatlari shakllanadi.

Download 383.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling