2-mavzu: inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi


Faoliyatning asosiy turlari e


Download 38.34 Kb.
bet6/6
Sana22.02.2023
Hajmi38.34 Kb.
#1222699
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu psixalogiya

Faoliyatning asosiy turlari erishishda, ijtimoiy talablar va ma’lumotlarni o‘zlashtirishda ko‘mak beruvchi – kommunikativ xulq-atvor rivojlanadi. Avval bu xulq-atvor nutqqacha bo‘lgan shakllarda namoyon bo‘ladi (qichqiriq, mimika, imo-ishora). So‘ngra bola faollik bilan insoniy muloqot, o‘zaro ta’sir va axborot almashinuvining bosh vositasi – nutqiy xulq-atvorni o‘zlashtira boshlaydi. Nutqni egallash tasvirlarni buyum va harakatlardan ajratish, ahamiyatli holatlarni bo‘rttirib ko‘rsatish, ularni qayd etish va xulq-atvorni boshqarishda ular bilan amallarni bajarish uchun hal qiluvchi dastlabki shart-sharoitlarni yaratadi. SHunday qilib, faoliyat – bu inson bilan atrofidagi olam o‘rtasidagi real aloqa o‘rnatiladigan voqelikka bo‘lgan faol munosabat shakli. Inson faoliyatda o‘zining ichki xossalarini ochib borib va tadbiq etib, buyumlarga nisbatan sub’ekt, odamlarga nisbatan esa shaxssifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon kishisi faoliyatning har xil turlari bilan shug‘ullanadi. Faoliyat turlari shunchalik ko‘pki, ularning hammasini tasavvur qilib ham, ta’riflab ham bo‘lmaydi, chunki barcha faoliyat turlari inson ehtiyojlari bilan bog‘liqdir, ehtiyojlarning ko‘p qismi esa odamlarning individual xususiyatlari tomonidan belgilanadi. Shunday bo‘lsa-da, barcha insonlarga xos bo‘lgan faoliyatning asosiy turlarini ajratish va umumlashtirish mumkin. Ular hamma odamlarga xos bo‘lgan umumiy ehtiyojlarga mos keladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ularga har bir odam rivojlanish jarayonida muqarrar ravishda boshidan o‘tkazadigan ijtimoiy faollik turlarini kiritishimiz mumkin. Bunday faoliyat turlari bo‘lib muloqot, o‘yin, o‘quv va mehnat hisoblanadi. Muloqot o‘zaro munosabatda bo‘lgan odamlar o‘rtasida axborot almashinuvga, aloqalar, ular orasida bir-birini tushunish va ochiq munosabatlarni o‘rnatishga yo‘naltirilgan faoliyat turi sifatida o‘rganiladi.
Oliy psixik funksiyalarning shakllanishi
Inson ongi chuqur ijtimoiy tabiatga ega. U predmetli faoliyat jarayonida, bolaning kattalar bilan muloqotida, kattalarning bir-birlari bilan muloqot jarayonlarida shakllanadi va boshlanishidan ijtimoiy xarakterga ega. Muloqot jarayonida bolaga umuminsoniy tajribalarning asosi beriladi. SHuning uchun individual-psixologik, alohida shaxspsixologiyasi ijtimoiy holat hisoblanadi. Agar umuminsoniy tajribani berish jarayonida so‘zlar alohida ahamiyat kasb etsa, iboralar ham insoniy tajribalarni etkazishida muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni gaplar orqali etkazish ikkiga bo‘linishi mumkin. Aniq voqealar haqida xabar etkazish yoki voqea kommutatsiyasi va mashhur mantiqiy munosabatlar orqali etkazish yoki munosabatlar kommutatsiyasi mavjuddir.
Munosabatlar kommutatsiyasi hissiy tajribadan ongning murakkab ratsional shakllariga o‘tishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilga ta’sir qilishning uch xil shakli mavjud. Insonning tilida nafaqat so‘zlar saqlanadi, unda mantiqiy tizimlar ham mavjud. Bular tashqaridan kelgan ma’lumotlarni nafaqat qabul qilish, balki tahlil qilish qobiliyatiga ega. Demak, til insonda mantiqiy xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi.
Yosh bola o‘zining individual tajribalariga tayanib xulosa chiqarish imkoniyatiga egadir. Bola olovning tanani kuydirish xususiyatiga ega ekanligini ota-onasidan bilishi yoki o‘zining hissiy sezgisi orqali ham bilishi mumkin. Agar inson faqat o‘z tajribasiga tayanib xulosa chiqarsa, uning individual imkoniyatlari cheklangan bo‘lar edi. SHuning uchun ham til orqali mantiqiy fikrlarni aniqlash mumkin.
O‘z tajribasiga tayanmay, mantiqiy munosabatlar asosida xulosa chiqarish imkoniyati bilishning yangi ratsional va mantiqiy shakllari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Hattoki voqealar ishtirokchisi bo‘lmagan taqdirda ham o‘zining bilish va mantiqiy tuzilishiga tayangan holda xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Tilning mantiqiy tizimida insonga tayyor tafakkurning dinamik quroli beriladi, shu tariqa mantiqiy strukturalar o‘zlashtiriladi, insonning bilish imkoniyatlari ortadi. Ongning yangi imkoniyatlaritil orqali o‘zlashtiriladi, bu esa ongning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Tilning muhim funksiyalaridan biri shundaki, uning asosida sezgi, idrok, diqqat, tafakkur, xotira, xayol, emotsiya, iroda vujudga keladi. Bu qarash L.S.Vigotskiy tomonidan fanga kiritilgan. Ma’lumki, hayvonlarda sezgi va kompleks idrok mavjud. Hayvonlarda diqqat ham mavjud, u muhim signallarni tanlab oladi va kerak bo‘lmagan harakatlarni to‘xtatadi, hayvonlarda ham xotira mavjud, u xotira orqali oldinga tajribalar asoratini saqlaydi va ma’lum shart-sharoitlarda ularni ishlatadi.
Tabiiyki, bunday funksiyalar insonlarda ham mavjud, lekin ularning hayvonlardan farqi, insonlarda bu jarayonlar nutqqa bog‘langan holda amalga oshiriladi. Bu funksiyalar ongning tarixiy shakllanishi bilan genetik jihatidan bog‘liqdir. Bularning hammasi inson psixikasining o‘ziga xosligini tashkil qiladi.
Insonning sezgisi va idrokining o‘ziga xosligi shundaki, har bir sezgi va har bir idrok nafaqat sezuvchi komponent, balki shuningdek, so‘z orqali ifoda qilingan ratsional komponentlar ham mavjud va aynan shu sezgi va idrokni murakkablashtiradi. Masalan, 1,5 mln rang turi mavjud. Biroq biz 12-15 yoki 20-30 so‘z orqali ranglarni nomlaymiz ularni biz qizil, sariq, yashil, ko‘k, qora kabi nomlar bilan ataymiz. Biz ranglarni ifodalash uchun bundan ortiq so‘zni topa olmaymiz, lekin qalbimizda ularni nomlay boshlaymiz. Tovushlarni ham xuddi shunday tahlil qilamiz, ya’ni ularni ma’lum sifatlariga ko‘ra toifalarga ajratamiz. Bu sezgilarning namoyon bo‘lishiga misol bo‘lishi mumkin. Har bir bilish jarayonlariga nutqning bevosita aloqasi mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Muhammedova D.G‘, Mullaboyeva N.M, Rasulov A.I “Umumiy psixologiya” psixologiya ta’lim yo‘nalishlari uchun darslik. Toshkent-2017
2.Ergash G‘oziyev Umumiy psixologiya. Psixlogiya mutaxassisligi uchun darslik. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti. Toshkent-2010
3. Myers.D.G Psychology. HopeCollege. Holland, Michigan, 2010
4. Aliyev Islambek Tursunbayevich. Pedagogika va Psixologiya. O‘quv qollanma. Toshkent-2012
5. Qodirov Obid Safarovich. pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand-2021
Download 38.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling