2-mavzu: inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi


Download 38.34 Kb.
bet1/6
Sana22.02.2023
Hajmi38.34 Kb.
#1222699
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu psixalogiya


2-MAVZU: INSON PSIXIKASINI ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI.
1. Insonning rivojlanish bosqichlari va yosh davrlari
2.Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi
3.O‘zlashtirish jarayonining tavsifi.
4. Oliy psixik funksiyalarning shakllanishi.
Insonning rivojlanish bosqichlari va yosh davrlari
Inson umrini ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr embrionlik davri hisoblansa, ikkinchi davr – tug‘ilgandan keyingi hayot. Embrionlik davrida farzand bir hujayralilardan tortib to hozirgi kunga qadar filogenetik taraqqiyot bosqichlarini qaytaradi. Bola tug‘ilgandan keyingi davrlar esa quyidagi bosqichlarga bo‘linadi.
Chaqaloqlik davri: (tug‘ilganidan 1 oylikkacha bo‘lgan davr)
Go‘daklik davri (1 oydan– 1 yoshgacha)
Ilk bolalik davri (1 yoshdan – 3 yoshgacha)
Maktabgacha yoshdagi davr (3 yoshdan– 7 yoshgacha)
Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan –10 yoshgacha)
O‘smirlik davri (10 yoshdan–15 yoshgacha)
O‘spirinlik davri (15 yoshdan–23 yoshgacha)
Etuklik davri (23 yoshdan–55 (60) yoshgacha)
Keksayish davri (60 yoshdan –74 yoshgacha)
Keksalik davri (75 yoshdan–90 yoshgacha)
Uzoq umr ko‘ruvchilar (90 yosh va undan yuqori)
Chaqaloqlik davri. Bolaning ona qornidagi o‘sish davri onaning organizmiga uzviy bog‘liq holda kechadi. CHaqaloqning barcha xayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o‘zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi. Chaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda himoyaga muhtojroq, nochorroq bo‘lib tug‘iladi. Tug‘ilish arafasida unda nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo‘ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha engillashtiradi. CHaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar ta’sirida vujudga keladi. CHaqaloqlik davrida asosan sezish shakllanadi.
Go‘daklik davri. Go‘dakning hayotiy faoliyati va taqdiri uni qurshagan, parvarishlaydigan katta yoshdagilarga bevosita bog‘liq bo‘lib, uning barcha ehtiyoj va talablari faqat shular tomonidan qondiriladi. Go‘daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug‘iladi va bu aloqa nutq darvrigacha muloqotning o‘ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo‘lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha muloqot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Go‘dak o‘sishining murakkabligi uning xilma-xil faoliyati o‘zaro bog‘langanidir. SHuning uchun katta yoshdagi odamlar bu davrda go‘dakning ehtiyojlarini to‘la qondirishga harakat qilishlari kerak. SHundagina ularning bola psixik dunyosiga muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir etishi bola bosh miya katta yarimsharlarining po‘stlog‘ining faoliyatini takomillashtiradi. Go‘daklik davrida idrok, xotira jarayonlari shakllanadi.

Download 38.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling