O’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taraqqiyot qonunlari va ularning fuqarolik jamiyatida amal qilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishi IJTIMOIY TARAQQIYOT QONUNLARI VA ULARNING FUQAROLIK JAMIYATIDA AMAL QILISHI
- Milliy g’oya va falsafa”
- TARAQQIYoT QONUNLARINING NAMOYoN BO’LIShI 2.1.
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
- Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari.
- Tadqiqotning predmeti.
- Tadqiqot usullari.
- 1.1. Ijtimoiy taraqqiyoti qonunlari to’g’risidagi subyektiv qarashlar va konsepsiyalar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Yuldoshev Jahongir Bitiruv malakaviy ishi IJTIMOIY TARAQQIYOT QONUNLARI VA ULARNING FUQAROLIK JAMIYATIDA AMAL QILISHI
5141500 – «Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”
Himoyaga tavsiya etaman «Himoyaga ruxsat etilsin» “Milliy g’oya va falsafa”
fakultet dekani kafedrasi mudiri ________________ ___________ dos. B.I.Usmonov f.f.d. prof. J.Ya.Yaxshilikov
«___» ____________ 2012 y. Ilmiy rahbar ________________
ass.J.J.Yaxshilikov S A M A R Q A N D – 2 0 1 2 2
KIRISH 3-6 I.BOB IJTIMOIY TARAQQIYoT QONUNLARI, ULARNI O’RGANIShNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI 1.1. Ijtimoiy taraqqiyoti qonunlari to’g’risidagi subyektiv qarashlar va konsepsiyalar
Jamiyat qonunlari va uning turli ijtimoiy-tarixiy davrlarda namoyon bo’lishi
II.BOB O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYaTINING RIVOJLANTIRISh ShAROITIDA IJTIMOIY TARAQQIYoT QONUNLARINING NAMOYoN BO’LIShI 2.1. Mustaqillik – jamiyatning o’zini-o’zi boshqarish va o’zini-o’zi tashkil qilish qonunlarining namoyon bo’lishida asosiy ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit 2.2. Jamiyatni modernizasiyalash va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining namoyon bo’lishi
3
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat qonunlari obyektivdir. Uning namoyon bo’lishi va o’zgarishi ma’lum ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar bilan bog’liq. Mavjud shart-sharoitlarni ijtimoiy qonunlar bilan o’zaro aloqadorligini aniqlash ayniqsa yangi qurilayotgan (o’z yo’lini tanlagan) jamiyatni progressiv qonunlar ta’sirida bo’lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
uning turli ijtimoiy-tarixiy davrlardagi shart-sharoitlar bilan bog’liqligi va qanday namoyon bo’lish shakllarini, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari to’g’risidagi subyektiv qarashlar va ta’limotlarning umumiy manzarasini ham falsafiy, ham tarixiy kontekstda tarixiylik va mantiqiylik metodlari asosida o’rganishdan iborat. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
- birinchidan, ijtimoiy tizim taraqqiyoti qonunlarining kashf etilishi va amaliy faoliyatni shu qonunlarga muvofiqlashtirish, jamiyatning mohiyati va uni harakatga keltiruvchi mexanizmlarning vazifalarini to’liq anglab yetish, jamiyatning taraqqiyot tendensiyalarini tahlil qilish va jamiyat kelajagini ilmiy jihatdan bashorat qilish, jamiyatning taraqqiyotiga g’ov bo’layogan ijtimoiy muammolarni o’z vaqtida anglab yetish, uning qanday ko’rinishda va qanday holatda namoyon bo’lishini tarixiy va falsafiy kontekstda o’rganish mazkur yo’nalishda fundamental ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etmoqda.
- ikkinchidan, mustaqillik yillarida jamiyatshunoslik (ijtimoiy) fanlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ularning asosiy vazifasi sifatida sobiq sosialistik jamiyatdan me’ros bo’lib qolgan eskicha fikrlash va eskicha dunyoqarashdan voz kechish, jamiyatning istiqbolli kelajagini rasional-ilmiy jihatdan, davr talabi nuqtai-nazaridan ishlab chiqish kerak bo’ladi. Shu ma’noda, Yurtboshimizning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’ldir” 1 deb to’g’ri ta’kidlagan. Bunda jamiyatning 1 Каримов.И.А.Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Тошкент, Ўзбекисон, 2011-28-бет 4 taraqqiyotini o’ziga xos modelini ishlab chiqish ijtimoiy qonunlarni hisobga olinayotganidan dalolat beradi. Yangi ijtimoiy-tarixiy davrda jamiyat qonunlari ham o’zgaradi. Uning o’zgargan va o’zgarmagan universal jihatlarini tahlil qilish gnoseologik jihatdan ham, ijtimoiy-amaliy jihatdan ham ahamiyatga egadir va bu O’zbekistonda yangi qurilayotgan jamiyatning mohiyatini aniqroq ochib berish imkonini beradi.
- uchinchidan, xar qanday jamiyat bir ijtimoiy tuzumdan yangi bir ijtimoiy tuzumga o’tish vaqtida yangicha qonuniyat (mavjud jamiyatga nisbatan) va ijtimoiy normalar asosida qurilishi kerak bo’lgan jamiyatning avvalo nazariy asoslari (strategiyasi) yaratiladi. Bunday jarayonda mavjud ijtimoiy taraqqiyot modellarining qanday obyektiv qonunlar asosiga qurilishini ilmiy asosda o’rganish, milliy imkoniyatlar doirasida ulardan samarali foydalangan xolda o’ziga xos bulgan taraqqiyot konsepsiyasini ishlab chiqish, qurilayotgan yangi jamiyatning doimo progressiv konunlar ta’sirida bo’lishini ta’minlash uchun qanday shart-sharoitlar taqozo etilishini tadqiq etish asosiy vazifaga aylandi. Mavzuning ishlanganlik darajasi. O’zbekistonda mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni erkinlashtirish, obyektiv ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini hayotga joriy etish va demokratiyalash jarayonida, milliy mustaqillik tafakkurini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari yaratildi. Yangilanib borayotgan jamiyatimizning obyektiv taraqqiyot qonunlari asosida rivojlanishi fuqarolarning ongida yuksak huquqiy ongni shakllantirishga olib keldi.
Ushbu mavzuning ilmiy metodologik asoslari Prezidentimiz I. A. Karimov asarlarida, nutq va maqolalarida ishlab chiqilgan 1 . Shuningdek, mavzuning mazmun va xususiyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va
1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1992.; Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-том. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1996.; Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-том. –Тошкент: “Ўзбекистон”. 1996.; Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. 3-том. –Тошкент: “Ўзбекистон”. 1996.; Бунёдкорлик йўлидан. 4-том. – Тошкент: “Ўзбекистон”. 1996.; Янгича фикрлаш ва ишлаш– давр талаби. 5-том. – Тошкент: “Ўзбекистон”. 1997.; Ўзбекистон ХХ1-аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1998.; Буюк келажак сари. – Тошкент: “Ўзбекистон”. 1998.; Ўзбекистон ХХ1 асрга интилмоқда. – Тошкент:; “Ўзбекистон”, 1999.; Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт - провард мақсадимиз. 8-том. – Тошкент: “Ўзбекистон”. 2000.; Биз танлаган йўл – демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. 11- том. – Тошкент: “Ўзбекистон”. 2003.; Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир.// Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. 13-том. – Тошкент: “Ўзбекистон”. 2005.; Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”. 2008.; Баркамол авлод орзуси. –Тошкент:. “Шарқ”. 1999. 5 Konstitusiya sharhlangan kitoblarda, qonunlarda va qonunosti aktlarda aks etgan.
Hozirgacha jamiyatning mohiyati, qonunlariga oid anchagina ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilgan. Mavjud ilmiy adabiyotlarning barchasini tahlil qilish imkoniyati va hatto zaruriyati bo’lmaganligi tufayli, faqat uning o’rganilishi darajasidagi muammolar bilan cheklanamiz. Ko’pgina adabiyotlarda jamiyat qonunlari sosiologik nuqtai-nazardan o’rganilgan. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida ko’plab rus sosiologlari, P. L. Lavrov, N. K. Mixaylovskiy, M. M. Kovalevskiy, M.Veber, E.O.Dyurkgeym, I.Gerder, Z.Freyd, E.Fromm, K.Yaspers, P.Sorokin, G.Grosiy, J.Lokk, T.Gobbslarning 2 jahon ijtimoiy fikrining yetakchi masalalari aks etgan manbalardir. Ushbu ilmiy asarlar dissertasiyada tarixiy taraqqiyot nuqtai nazaridan inson tafakkuri rivojlanish qonuniyatlarini tahlil etishda nazariy asos bo’ldi.
Ilk bor ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini idealistik nuqtai-nazardan V. F. Gegel “Huquq falsafasi” asarida, keyinchalik bu mavzuni o’rganishda materializmga asoslangan jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o’zgarishlar bilan bog’ladilar. Mustaqilligimizgacha bo’lgan sosializm davrida yozilgan qator ilmiy ishlarda ijtimoiy qonunlar materializmga asoslangan dialektika qonunlari asosida tahlil qilingan. Jamiyat qonunlariga faqat materialistik nuqtai-nazardan baho berish bu davrda an’ana tusini olgan.
Mustaqillik yillarida mazkur masalada deyarli fundamental ilmiy asar yoki ilmiy ish qilinmagan. O’zbek faylasuflaridan J. Tulenov o’zining qator asarlarida (“Hayot falsafasi”, “Jamiyat falsafasi”), S.Mamashakirov va boshqa mualliflar tomonidan “Ijtimoiy falsafa” o’quv qo’llanmasi yaratilgan bo’lib, unda ijtimoiy taraqqiyot qonunlariga alohida to’xtalgan. Ammo bu ilmiy asarlarda ham ijtimoiy taraqqiyot qonunlariga yondashishda marksistik paradigma stereotiplaridan foydalanilgan va ko’proq dialektika qonunlari asosida tahlil
2 Вебер М. Избранные произведения. – Москва.: Прогресс. 1990. – 808 с.: Дюркгейм.Э. Самоубийство. Социологический этюд. – Москва.: Мысль. 1994. –399 с.: Фрейд З. Психоанализ, религия, культура. – Москва.: Гардарика. 1992. – 488 с. Фромм Э. Анатомия человеческой деструктивности. – Минс.: Попурри. 1999 – 624 с.: Ясперс К. Смысл и назначение истории. – Москва.: Политиздат. 1991. – 527 с. Сорокин П. Человек. Цивилизация. Общество. – Москва.: Политиздат. 1992. – 543 с. Гроций Г. О праве войны и мира. – Москва.: 1956.: Локк. Дж. Сочинения в 3-х томах. – Тошкент: 3. – Москва.: 1956.: Гоббс – Тошкент: Сочинения. – Тошкент: 2. – Москва. 1992.:
6 qilingan. Jamiyat qonunlariga umumiy tavsif berilsa-da, ammo ularning klassifikasiyasi va namoyon bo’lish shakllari yoritib berilmagan.
Jamiyat mohiyatiga yangicha yondashilayotgan hozirgi zamonaviy dunyoda sivilizasion, tarixiy madaniy, ekzistensional-fenomenologik, axborot- asbobli(instrumental) paradigmalar qarashlarini ijodiy o’zlashtirgan holda, ularni sintez qilish natijasida jamiyat taraqqiyoti qonunlarini tahlil qilish, o’rganish dolzarb muammoga aylangan. Jamiyat qonunlariga ilmiy yondashishda marksistik paradigmaning ayrim jihatlaridan ham ijodiy foydalanish maqsadga muvofiqdir. Moddiy munosabatlarni aks ettiruvchi qonunlar shular jumlasiga kiradi.
falsafa, siyosat falsafasi, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kabi fanlarda ilgari surilayotgan ijtimoiy taraqqiyotga oid, jamiyat qonunlarini o’zida mujassamlashtirgan g’oyalar, qoidalar tadqiqotning nazariy- metodologik asoslari qilib olingan. Shuningdek, O’zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida jamiyat qonunlarining namoyon bo’lishini nazariy-amaliy asoslarini taminlash haqidagi I.A.Karimovning ilmiy-nazariy qarashlari tashkil etdi.
sharoit bilan o’zaro bog’liqligi, turli tarixiy davrlarda namoyon xususiyatlari, O’zbekistonda bozor munosabatlari sharoitida jamiyatni modernizasiyalash va demokratlashtirishda jamiyat qonunlarining namoyon bo’lishi tahlil qilindi.
predmeti. jamiyat, uning qonunlari, taraqqiyot tendensiyalari va omillarinining umumiylik va xususiylikda namoyon bo’lish xususiyatlari o’rganildi.
institusional, funksional va kompleks yondashish, analiz, sintez, taqqoslash kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning tuzilishi. Malakaviy bitiruv ishi ---sahifadan tashkil topgan bo’lib, kirish, ikkita bob, besh paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
7
I.BOB. IJTIMOIY TARAQQIYOT QONUNLARI, ULARNI O’RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
konsepsiyalar Jamiyat g’oyat murakkab va ko’p qirrali hodisa bo’lib, muttasil ravishda o’zgarish va rivojlanish hususiyatiga ega. Insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini o’zaro ta’minlash asosiga qurilgan bu ijtimoiy tizim obyektiv qonuniyatlar asosida rivojlanib boradi. Shu o’rinda, muayyan tizimlarni tartibga soluvchi va ularning taraqqiyot tendensiyalarini ifodalovchi qonun haqida to’xtalish joizdir. Qonun - muayyan shart-sharoitda voqyealar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma’lum qat’iy natijani taqozo etadigan, obyektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror munosabatlari-dir. Qonun muayyan bir natijani tug’dirib, voqyealar rivojlanishining xususiyatlari va yo’nalishini belgilab berar ekan, bu narsa ilmiy va amaliy faoliyatda obyektiv qonunlar asosida harakat qiladigan zaruriy, umumiy va barqaror munosabatlarni ko’rsatibgina qolmay, balki kelajakda ular rivojining yo’nalishlarini ham hisobga olishni talab etadi. Qonunlar amal qilish sohasiga qarab tabiat va jamiyat (ijtimoiy) qonunlariga bo’linadi. Bu qonunlarning quyidagi farqlari mavjud bo’lib, ular: - tabiat qonunlari tabiatdagi stixiyali kuchlarning o’zaro ta’siri shaklida namoyon bo’lsa, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari esa ongga ega bo’lgan kishilarning faoliyati orqali namoyon bo’ladi; - uzoq amal qiluvchi tabiat qonunlaridan farq qiluvchi jamiyat qonunlari qisqaroq vaqt ichida amal qilish hususiyatiga ega 1 ; - tabiat qonunlaridan ko’ra jamiyat qonunlari yuqori tezlikda rivojlanadi; - tabiat qonunlari yer yuzida insonlar bo’lmagan vaqtlarda ham mavjud bo’lgan, jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bo’lgan ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan.
1 Ж.Тўленов. Ҳаёт фалсафаси. Т., “Ўзбекистон”. 1993, 286-б 8 Yuqoridagi farqlardan kelib chiqib ijtimoiy taraqqiyot qonunlariga shunday ta’rif berishimiz mumkin: ijtimoiy qonunlari - jamiyatning muayyan ijtimoiy- tarixiy shart-sharoitida ijtimoiy jarayonlar rivojining xususiyati va yo’nalishini belgilaydigan, ma’lum bir qatiy natijani taqozo etadigan, nisbiy barqaror munosabatlaridir. Jamiyat qonunlari ham tabiat qonunlari kabi obyektivdir. Bu qonunlar kishilarning irodasi va ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, ma’lum sharoitda insonlar bu qonunlarni bilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin, lekin bu qonunlarni ular bekor qilmaydilar yoki yo’q qila olmaydilar. Bu qonunlarning amal qilish muddati va jarayonlar qamrovi muayyan ijtimoiy shart-sharoitlarni taqozo etadi. Uning o’zgarishi yoki faoliya-tini to’xtatib boshqa qonunlarga o’z o’rnini bo’shatib berishi inson xoxish-istaklari va irodasiga bog’liq bo’lmay, balki shu qonunlar faolligini ta’minlab turgan muayyan ijtimoiy shart-sharoitlarning o’zgarishi yoki yo’qolishi bilan bog’liqdir. Jamiyat qonunlari alohida ihotalangan ijtimoiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki dialektika qonunlari asosida o’zaro ta’sirda, uyg’unlikda amal qiladi. Jamiyat qonunlari ham dialektika qonunlariga ko’ra tadrijiy o’zgarib borish, o’z kuchini yo’qotish va yangisiga o’z o’rnini bo’shatib berish, intensiv rivojlanib borish, ekstensiv kengayib borish va yangilarini keltirib chiqarish, o’zaro aloqadorlikda faoliyat yuritish hususiyatlariga ega. Ularning namoyon bo’lishi ma’lum vaqt va makonda kechadi. Ammo ularni bilish va anglab olish insonlardan juda katta bilim va tajribani talab qiladi. Inson o’zi yashayotgan jamiyatning qonuniyatlarini doimo bilishga intiladi va ijtimoiy jarayonlarning kechishini va o’zgarishini aks ettiruvchi, real voqyelikning umumiy, abstraksiyalashgan subyektiv timso-lini - qonunlarni “kashf qiladi”. Bu kashfiyot qonunning yaratilishi emas, balki uning qay darajada subyektiv to’g’ri in’ikos ettirilishidir. Insoniyat tarixida yashagan ko’pchilik faylasuflar jamiyatning shakl-lanib, taraqqiy etishidagi umumiylik va farqlarni topishga harakat qilib kelishgan. Ularning qarashlari jamiyatning tarixiy taraqqiyoti tenden-siyalari
9 qonuniyatlarini kashf qilish bilan bog’liq. Tarix falsafasi bilan shug’ullangan faylasuflar va olimlarning karashlari, konsepsiyalari va ta’limotlarini uch toifaga bo’lib o’rganishimiz maqsadga muvofiqdir (diniy konsepsiyalar bundan mustasno). Birinchi toifa, jamiyatning tarixiy taraqqiyotida hyech qanday
umumqonuniyat yo’qligi, faqatgina ayrim davrlarga ta’lluqli alohida qonunlar mavjudligi to’g’risidagi metafizik qarashlar va konsepsiyalar. Ikkinchi toifa, jamiyat taraqqiyotiga monistik qarash konsepsiyalari bo’lib, bunga tarixning umumqonuniyat asosida rivojlanib borishi to’g’risidagi dialektik qarashlar va ta’limotlar. Uchinchi toifa, jamiyat taraqqiyotiga yangicha - metafizika va dialektikaning, idealizm va materializmning uyg’unligidan iborat sivilizasion va tarixiy-madaniy yondashuvli qarashlar va konsepsiyalar. Birinchi toifaga kiruvchi mutafakkirlarning eng ko’zga ko’ringan vakili postpozitivizmning yirik namoyondalaridan biri ingliz fayla-sufi Karl Popperdir. O’z vaqtida uning juda ko’p shov-shuvlarga sabab bo’lgan, 1943-1944 yillarda chop etilgan “Ochiq jamiyat va uning dushmanlari” asarida, u tarixning qandaydir umumqonuniyat asosida taraqqiy etishini va umuminsoniyat tarixini inkor qiladi. Uning jamiyat tarixiga bo’lgan nuqtai nazari shundan iboratki: “insoniyatning yakka, umumiy qonuniyatga bo’ysunuvchi tarixi, yo’q, faqatgina inson hayotining turli jabha(aspekt)lari bilan bog’liq cheksiz tarixlar mavjud va ularning ichida siyosiy hokimiyat tarixi alohida ahamiyatga ega” 1 . Popperning fikricha, jamiyat taraqqtiyotida “hyech qanday tarixiy qonuniyatlar bo’lishi mumkin emas”. Jamiyat tarixi deganda, avvalo siyosiy xokimiyat tarixiga ko’proq e’tiborni qaratish lozim. Biroq siyosiy hoki-miyat tarixi, bu albatta dunyo tarixi emas. U mavjud tarixlarning bir qismi xolos. Popper jamiyatning taraqqiy etishida siyosiy qonuniyatlarning ahamiyatini yuqori deb baholaydi. Unga ko’ra jamiyat hayotining boshqa sohalari jamiyatning
1 К.Поппер. Открытое общество и его враги. М., 1992, Т.2, с.312 10
siyosiy ahvoliga bo’ysunadi. U ilk jamiyatlarning siyosiy hayotini tahlil qilar ekan, unga hos qonuniyatlarni kashf qildi. Hususan:
- hokimiyatning barchaga ta’sir o’tkaza olishi; - insonlarning hokimiyatni ilohiylashtirishga moyilligi; - ilohiy hokimiyatlarning inson qo’rquvi natijasida tug’ilishi;
- hokimiyat subyektlarining o’zlarini ilohiylashtirishi. Popper bunday qonuniyatlarga asoslangan siyosiy boshqaruvdagi jamiyatni “yopiq jamiyat” deb hisoblaydi. U Aflotun ilgari surgan ideal jamiyat to’g’risidagi g’oyalarga salbiy munosabatda bo’ldi. Chunki Aflotun idealidagi jamiyat davlat qonunchiligiga asoslangan totalitar rejimdir. Aflotun ilgari surgan insonlarning tabiatan bo’ysunuvchi va boshqaruv-chilarga bo’linishi qonuni asosiga qurilgan aristokratik jamiyat, Popper fikricha, individning, shaxsning o’z ijodiy kuchini ro’yobga chiqarishiga to’sqinlik qiladi. Popper demokratik tizimning himoyachisi sifatida totalitarizmga qarshi o’zining “ochiq jamiyat” g’oyasini ilgari surdi. Bu jamiyat individ erkinligini va hurfikrlilikning asosiga qurilgan, rasionallikka asos-langan jamiyatdir. Popper bunday jamiyatni qadimgi qadimgi Afina de-mokratiyasida ko’rdi. Keyinchalik bunday rasionallikka asoslangan ochiq jamiyatlar G’arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlariga ko’chdi, deb hisoblaydi Popper. Popper o’z ta’limotida jamiyatni tafakkur taraqqiyoti sifatida tushunadi. Tafakkurning rasionallashuvi siyosiy tuzumning o’zgarishiga olib keladi, o’z navbatida rasionalikka asoslangan adolatli siyosiy tuzum esa erkin fikr va individuallikka shart-sharoit yaratadi. Karl Popperning “ochiq jamiyat”i bir qancha qonuniyatlarga asoslangan. Jumladan, - xalq xokimiyatchiligi (demokratiya) - fikrlar xilma-xilligi ( plyuralizm); - xususiy mulkchilik; - individual erkinlik; - rasionallikka asoslangan individual manfaatdorlik.
11
Popper o’z fikrlarini davom ettirib “yopiq jamiyat”larni esa quyidagi qonuniyatlarini ko’rsatib o’tadi. - totalitarizm; - kollektivizm: - irrasionalizm; - utopizm. Popper jamiyat tarixini, uning taraqqiyot qonuniyatlarini tahlil qilishda tarihiylik tamoyilini inkor qiladi. Chunki tarixiylik, uning fikricha irrasionalizmdir 1 . Zamonaviy jamiyat to’g’risidagi qarashlarda ko’proq G’arbiy Yevropa g’oyalari ustun bo’lgan nemis mutafakkiri Maks Veber (1864-1970) qarashlari ko’proq o’rin tutadi. Uning qarashlari ham Popper qarashlariga o’xshash bo’lib, uning nuqtai nazaricha, insoniyat tarixida hyech qanday umumqo-nuniyatlar - materialistik va idealistik qonuniyatlar yo’q. Uning bu fikrini asoslaydigan bosh argument shuki, hyech qanday konsepsiya qanday prinsiplarga asoslangan bo’lmasin, bizning kelajagimizni oldindan aytib va belgilab bermaydi. Veber to’plangan emprik materiallarni izohlashda va jahon tarixini tushuntirish uchun insoniyat sivilizasiyasining turli davrlarini qamragan o’ziga hos sxema va modellar konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bundan o’rin olgan antik, feodalizm va kapitalizm jamiyatlari davrlari o’zining obyektiv asoslab beruvchi prinsiplariga ega emas. Ular bu kabi nomlanishni shartli ravishda tarixni amaliy maqsadda sxematik davrlashtirish uchun olgan, deb hisoblaydi Veber. Biroq bu, Veber jamiyat taraqqiyotining turli davrlaridagi ma’lum bir omillarni inkor qiladi, degani emas. Bu yerda gap tarixni u yoki bu yo’nalishga burib yuboruvchi voqyealar va hodisalar to’g’risida emas, Veberning qarashi bundan ham muhimroq bo’lgan jamiyat tarixi davrlarining klassifikasiyasi mezoni haqida ketmoqda 2 .
1 С.Йулдошев, М.Усмонов ва бошкалар. Янги ва энг янги давр Ғарбий Европа фалсафаси. Т., “Шарк”. 2002, 327-бет. 2 И.Смирнов, В.Титов. Философия: учебник для студентов высших учебных заведений. Издания второе, исправленное и дополненное. –М.: 1998. (http://www.gumer.info/bogoslov_Buks/Philos/smirn/intro.php). 12
Veber jamiyat taraqqiyotida hyech qanday umumqonuniyat yo’q, deb hisoblasa-da, ammo barcha davrlarni birgina siyosiy qonuniyatga bo’ysun-diradi. Bu qonun insonlarning boshqa insonlar ustidan hukmronligi 1 qonuni bo’lib, barcha tarixiy davrlarda turli darajada va ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Veber har bir davrga hos bo’lgan xukmronlik shakllarini keltirib o’tadi. Uning fikricha uch ko’rinishdagi hukmronlik bo’lgan. Bular: - an’anaviy (antik jamiyat); - xarizmatik (feodal jamiyat) - rasional (kapitalistik jamiyat) Veberning fikricha, kapitalizmning boshqarish va xo’jalik yuritishdagi yutug’i shundan iboratki: kapitalistik korxonalar mehnat va ishlab chiqarishni rasional tashil qilish natijasida maksimal foyda oladilar. Faqat, bu yerda gap umumiy kapitalizm emas, balki G’arb kapitalizmi xususida bormoqda. Veber bir yoki bir nechta qonuniyatlar bilan determinlangan butun bir kapitalizmni inkor qiladi. U bir-biridan anchagina farqlangan bir nechta tipdagi kapitalizmni ajratadi. Bu ajratishlar asosida diniy qarashlar va mehnatni tashkil etish shakllari yotadi. O’z-o’zidan tushunarliki, Veber kapitalizmning g’arbiy modeli namoyondasi sifatida tanildi. Veber kapitalizmning g’arbiy modelini shunday tasvirlaydi: “G’arbiy kapitalizmning hususiyati shundaki, unda foyda topish maqsadida rasional tartibga asoslanib harakat qilinadi. G’arbiy kapitalizm o’zining hozirgi yutuqlariga mexnatni kapitalistik tashkil qilish orqali erishdi. Zero mehnatni rasional kapitalistik tashkil qilmasdan turib hozirgi ko’rsatkichlarga erishib bo’lmas edi. Avvalo bu, jamiyatning sosial strukturasi va u bilan bog’liq bo’lgan G’arbning spesifik muommolari - biz uchun iqtisodiy aspekt bo’yicha butunjahon madaniyat tarixining eng katta muammosi kapitalistik harakat emas (kapitalizm o’z tipi bo’yicha avan-tyuristik, savdo-sotiq, shovinistik, turli urushlarga moyillik, siyosat, boshqaruv va unga bog’liq bo’lgan foyda olish bilan izohlanadi), balki bu yerda bizni qiziqtirayotgan narsa erkin mehnatni rasional tashkil qilish bilan hosil
1 М. Вебер. Введение в политологию. М., “Оникс”, 1993, 67-бет. 13
bo’lgan burjua-sanoat kapitalizmi, tarixiy-madaniy aspekt bo’yicha esa, G’arb burjuaziyasi hosil bo’lishining o’ziga hosligidir” 1 .
Ikkinchi toifaga kiruvchi, ya’ni jamiyatning tarihiy taraqqiyotini yagona qonuniyatga bo’ysunadi, deb hisoblovchi faylasuflardan biri italiyalik olim Viko Djanbattista(1668-1744) hisoblanadi. “Millatlarning umumiy tabiati to’g’risidagi yangi fanning asoslanishi” kitobida, Viko, yer yuzidagi barcha millatlar taraqqiyotining tarixiy aylanma nazariyasini ishlab chiqdi va bunda ijtimoiy hayot shakllarining o’zaro aloqadorlikda olib o’rgandi, ijtimoiy hayotga esa butunlik sifatida yondashdi 2 . U tarixning doiraviy harakati nazariyasini yaratdi. Unga ko’ra, har bir halq xudolar asridan odam asrigacha bo’lgan davrni bosib o’tadi va ohir-oqibat ilk holatiga qaytadi. “Millatlar dunyosi insonlar tomonidan yaratilganligi uchun, - deydi Viko,- hamma inson uchun yagona ilk millatlarning kelib chiqishi va mavjudligi jarayonining “eng umumiy va doimiy asoslarini” topish mumkin”. U tarixda odamiylikning o’zida zaruriy o’zaro kelishuvlar bilan belgilanadigan fuqorolik dunyosining “eng umumiy va doimiy tartib”ini ko’radi. Biroq, tarixning oqilona olg’a borishini e’lon qilgan holda, Viko, insoniyat tarixini “doimiy bir xil” bo’lgan mexanik qaytarilishidan iborat qilib qo’yadi. Viko fikriga ko’ra, jamiyat alohida odamdek uch bosqichni, bolalik, yoshlik va yetuklik davrlarini bosib o’tadi. Bolalik davriga “xudolar asri” (davlatning bo’lmasligi, kohinlar kastasining mutlaq hukmronligi), yoshlik davriga “qahramonlar asri” (aristokratik davlat), yetuklik davriga “odam asri” (demokratik respublika yoki demokratik erkinliklarga ega bo’lgan vakolatli monarxiya) to’g’ri keladi. Jamiyatning rivojlanishi mana shu uch bosqichni bosib o’tib, boshlan-g’ich nuqtaga qaytib keladi va o’z evolyusiyasini o’sha aylana bo’ylab davom ettirishga majburdir 3 . Viko tarixiy taraqqiyotning doiraviy harakati qonunini ilgari sursa-da, ammo tarixning boshlang’ich nuqtaga mutlaq qaytishini inkor qiladi. Uningcha,
1 М.Вебер. Избранные прозведения. М., 1990. С.52-53. 2 Жаҳон фалсафаси тарихидан лавҳалар. 1-қисм. Т., Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти нашри, 2004, 115-116-бетлар. 3 Ж.Туленов. Ҳаёт фалсафаси. Т., “Ўзбекистон”. 1993, 283-284 –бетлар. 14
tarix o’z siklining boshlang’ich nuqta-siga qaytsa-da, lekin boshqa liniya bo’ylab harakat qiladi 1 .
Viko tarixiy taraqqiyotni geometrik aylana qonuniyati asosida tushuntiradi. Uning umumqonuniyat to’g’risidagi qarashlari jiddiy qarshi-liklarga uchrasa-da, ammo tarixni davrlashtirish va shu davrlarning alohida hususiyatlarini, qonuniyatlarini ochib berishi bilan o’zidan keyingi faylasuflarning qarashlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. U ham ko’pincha o’zidan oldingi va keyingi faylasuflar kabi taraqqiyotni ma’lum bir omillar, jamiyatning ayrim sohalari bilan cheklab qo’ydi. Uning qarashlari asosida inson va hokimiyat, inson va din munosabatlari turar edi. Bu, albatta taraqqiyotni ma’lum bir omillar bilan chegaralab qo’yi-lishini anglatadi. Insoniyat jamiyatning taraqqiyotida alohida o’rin tutadigan oyektiv idealizm nuqtai nazaridan jamiyat taraqqiyotining rivojlanishini, uning yutuqlarini o’rgangan Gegel fikricha, butunjahon tarixi bu, avvalo “dunyoviy ruh”ning harakatidir. Gegel o’zining “Huquq falsafasi” asarida “Ruh tarixi, faoliyati, uning o’zini-o’zi ruh sifatida shakllan-tirishidan boshqa narsa emas. Ruh erishgan narsa, bu - ruhning o’zidir. O’zining intihosida, ruh, ibtidosidan ko’ra ko’proq shakllangan holda namoyon bo’ladi. Jamiyat tarixi borasida umumiy ruh, ong insoniyatga hos bo’lib, avtomatik ravishda emas, balki insonlarning ahloqiy faoliyati natijasida, bashariyatning o’zini-o’zi rivojlantirish va o’zini – o’zi tarbiyalash qonuniyatlari sifatida namoyon bo’ladi. Tasodiflar va chegara- langan(izolyasiyalangan)ligini tasdiqlovchi ko’plab fakt va holatlar bo’li-shiga qaramay, ular, ya’ni tarixiy taraqqiyot davrlari bir-biri bilan uzviy bog’liq va ma’lum qonuniyatlarga bo’ysunadi” 2 , deb yozadi. Qadimgi Xitoy, Hindiston, Eron va Misr xalqlari tashkil qiluvchi Sharq podshologi tarixning boshlanishini belgilaydigan insoniyat jamiyatlarini o’z ichiga oladi. Bu davr hukmdorning bir vaqtda ham xohin, ham hudo, diniy va ahloqiy qarashlarni davlat va huquq qonunlari sifatida namoyon kiladigan xokimiyatning
1 http://www.wikipedia.oкg/wiki/Вико. 2 Г. В. Ф. Гегель. Философия права. М., 1990, с. 370. 15
teokratik shakli ko’rinishi bilan xarakterlanadi. Individ, shaxs hali jamiyatdan ajralib chiqmagan. Ular tabiatda joylashgani kabi jamiyatda ham joylashadi. Inson rivojida individual shaxs sifati yetarli shakllanmaganligi uchun jamiyatdan ajralib chiqa olmaydi, demak jamiyatning ham keyingi taraqqiyoti uchun imkoniyat-lar kam qoladi. Jamiyat o’lik notarixiy bo’shliqda qotib qolganday. Insonning jamiyatdagi huquqi va ijtimoiy shart-sharoitlardan kelib chiqib, u yerdagi (jamiyatdagi) farqlarni qonun shakliga kiritish uchun zo’ravonlik va tazyiq o’tkazuvchi hukmronlikni keltirib chiqaradi. Gegelning fikricha, inson bunday jamyatda o’z hayoti va faoliyatida ko’rinmaydigan ichki erkinlikka ega bo’ladi holos.
Yunon dunyosi jamiyat va individuallikning birgalikdagi tafakkur faoliyatini asos qilib oladi. Bu olamda individning jamiyatga to’liq tobe’ligi yo’q. Inson o’zini qonun va an’anaviy odatlar bo’yicha taniydi. Bu yerda shaxsiy individuallik insonning o’zida emas, balki uning ideal birligida. Yunon dunyosida erkinlik shundan iboratki, fuqoro qonunlarni oddiy so’zlar bilan emas, balki ularni o’zida his qilib, “ular men orqali, men esa ular orqali, o’zimni ular kabi, ularni o’zim kabi” ko’rinishida qabul qiladi. Yunon fuqarosining qadri va uning erkinligi ichki va tashqi shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Tashqi sharoitlar – bu jamyatda qullarning mavjudligi va shuning xisobiga demokratiyaning mumkinligi. Tabiiyki, jamiyatda ozodlikka hamma emas, faqat ma’lum individlargina erishganlar. Bu erkinlikning tashqi atrubutidir. Ular qandaydir muhim qaror qabul qilishda tashqi kuchlar - orakullar, bashoratchilar va tabiat belgilaridan foydalanganlar. Bu esa unda yetarlicha iroda kuchi va mustaqillik darajasining yo’qligidan dalolat beradi. Bu esa erkinlikning ichki atributidir. Aytish mumkinki, yunon dunyosi insonda o’z erkini va irodasini mustaqil ravishda namoyish qiladigan erkin va mustaqil shaxsni tayyorlay olgani yo’q. Gegel bo’yicha jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining so’nggi bosqichi bo’lib, German davri hisoblanadi. Bu davrda ilgari bo’lmagan holat: ilohiy va insoniy tabiatning birlashishi, fuqaro jamiyatining intellektual ilohiy podsho-lik bilan 16
birlashishi ro’y berdi. Bu birlashishning muhim sababchilaridan biri, barcha insonlar teng, ozod va o’z hayotlarini o’zlari belgilaydilar, kabi ta’limot beruvchi xristianlikdir. Insonning ichki erkinligini ta’minlagan holda, xristianlik, uning ozodligi real ro’y berishi va tadbiq etilishi lozim, deb hisoblaydi. Gegel o’z navbatida German podsholigini ham uch bosqichli davrlarga bo’ladi. Birinchi davr, germanlarning Rim imperiyasi chegaralariga kirib kelishi va german xalqlarining paydo bo’lishi davri; Ikkinchi davr, Buyuk Karl hukmronligidan XVI asrning birinchi yarmigacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Bu davr uchun eng harakterli holat: hristianlik diniy pozisiyalarining kuchsizlanishi va jamiyat
hayotida siyosiy-iqtisodiy manfaatlarning kuchayishidir; Uchinchi davr, yangi davr hisoblanib, o’z ichiga reformasiya va XVIII asrni qamrab oladi. Bu davrga umumjamiyat manfaatlarini, inson hayoti va individual shaxsni, o’z-o’zini rivojlantirish kengligiga ega bo’lgan individni va umumjamoaning boshqa manfaatlarini himoya qilish “kafolatchisi” bo’lgan davlatning vujudga kelishi harakterlidir. Bu shuni anglatadiki, konkret inson uz irodasini, imkoniyatini, uz “men”ini erkinlik orqali siyosat, mehnat faoliyatiga qaratishida cheklanmagan imkoniyatlarga ega bo’ladi. Gegel bo’yicha, bu - inson imkoniyatlarini yo’naltirishning oliy darajasidir. Insoniyat tarixi o’z taraqqiyotining cho’qqisiga erishdi va taraqqiyotning bu bosqichida uning mavjudligiga hyech narsa havf solmaydi. Gegel o’ziga zamondosh bo’lgan Pruss monarxiyasini davlat va jamiyat taraqqiyotining oliy va ideal shakli deb hisoblagan. Umuman Gegelning iborasi bilan aytganda, jamiyat taraqqiyoti xalq tamoyilini qamrab oladi. Bundan kelib chiqib, dunyoviy ruh millatlarning, xalqlarning alohida hosil bo’lishi tarixi va taqdiri orqali o’z taraq-qiyotining turli pog’onalarini bosib o’tadi. Gegel dunyoviy ruhni tasodiflar bilan yuzaga keladigan substansiya ko’rinishida izohlaydi 1 . Dunyo tarixida hamma xalqlar ham hisobga 1 http://www.wikipedia.org/wiki/Гегель. 17
kirmaydi. Ularning har biri o’z tamoyillariga ko’ra o’z momentida namoyon bo’ladi. Ular o’z “missiyasi”ni o’tab tarix sahnasidan ketadi va insoniyat tarixining yangi sahifalarini boshqa xalqlar yaratadi 1 . Marksizmning ijtimoiy konqyepsiyasi tabiatdagi kabi, jamiyatda ham, ijtimoiy o’zgarishlarda ro’y beradigan qonunlar mavjud, degan asosiy tamoyildan kelib chiqadi. Bu, albatta alohida inson va jamiyat faoliya-tining bu qonuniyatlar bilan determinlanishini anglatmaydi. Jamiyat ham, inson ham bu qonunlarni o’zgartira olmaydi. Biroq, inson va jamiyat bu qonunlarni insoniyat foydasiga yoki ziyoniga tadbiq qilishi mumkin. Bu qonunlarning asosiy holatlari tarixiy materializmning boshlang’ich davrlarida shakllangan. Ularning mazmuni shundan iboratki, “insonlar o’z hayotlarini yo’lga qo’yishda ma’lum va o’zlarining hoxish- irodasiga bog’liq bo’lmagan moddiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning yetarli darajasini belgilab beradigan ishlab chiqarish munosabatlariga qadam qo’yadilar. Bu ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro bog’liqligi jamiyat iqtisodiy tarkibi- ning real bazasini tashkil qiladi. Tarixiy materializmda ijtimoiy jarayonlar “ijtimoiy turmush” va “ijtimoiy ong” kategoriyalaridan tashkil topgan. Ijtimoiy turmush deganda ishlab chiqarish va moddiy hayot tushuniladi. Uning tarkibini jamiyatning ishlab chiqarish va insonlarning moddiy faoliyati natijalari tashkil etadi. Ijtimoiy ong esa, siyosiy va huquqiy bilim, ma’naviyat, din, falsafa, fan kabi ijtimoiy ong shakllarini o’z ichiga oluvchi jamiyatning ruhiy faoliyatidir. Marks bo’yicha, ijtimoiy ong ijtimoiy turmush darajasiga va ahvoliga bo’ysunadi. Jamiyatning markscha ta’limotida ijtimoiy-iqtisodiy formasiya tushunchasiga muhim o’rin berilgan. Unga ko’ra, har bir jamiyat o’zining spesifik hususiyatlari va geografik joylashuvidan qat’iy nazar o’z taraqqiyotida ma’lum formasiyani bosib o’tadi. Bular, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va kommunizm formasiyalaridir. Marksga ko’ra, har bir ijtimoiy –iqtisodiy formasiya ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli qonuniga bo’ysunadi va uni tashkil etish shakli jihatidan alohida qonunlar asosida rivojlanadi. Bir formasiyadan ikkinchi bir
1 И.Смирнов, В.Титов. Философия: учебник для студентов высших учебных заведений. Издания второе, исправленное и дополненное. –М.: 1998. (http://www.gumer.info/bogoslov_Buks/Philos/smirn/intro.php). 18
formasiyaga o’tishda sinflar o’rtasidagi ziddiyat muhim rol o’ynaydi. Marksning fikricha, mavjud sinflar o’rtasidagi ziddiyatlar obyektiv ravishda kuchayib boraveradi va oxir – oqibat jamiyat yangi bir formasiyaga o’tadi. Marks o’zidan oldingi faylasuflardan farqli ravishda, ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bilan cheklanibgina qolmay, balki kelajakda yuz beradigan ijtimoiy jarayonlarni ham o’zicha bashorat qilgan edi. Uning bu bashoratlari kapitalizmning sinfiy ziddiyatlar tufayli inqirozga uchrashi va yangi kommunizm formasiyasiga o’tilishiga chaqiriq sifatida yuzaga keldi 1
Marks ham ijtimoiy jarayonlarni, uning qonuniyatlarini tahlil qilishda ma’lum bir omillarning ahamiyatini e’tibordan chetda qoldirdi. Ammo ijtimoiy jarayonlarni o’rganishda dialektik usulning ahamiyatini yuqori ekanligini ko’rsatib bera oldi. Marks o’z ta’limotida quyidagi ba’zi bir ijtimoiy qonunlarga asos soldi. -bazisning (moddiy ishlab chiqaruv) ustqurmani (ma’naviy omillar) belgilab berishi qonuni, ya’ni moddiylik birlamchi, ong ikkilamchi tamoyili; -sinfiy ziddiyat qonuni; -qo’shimcha qiymat qonuni; Marks “kashf qilgan” ushbu qonunlar XX asrning oxirlarigacha, ya’ni sosialistik lager inqirozga uchrashigacha bo’lgan davr maboynida dogmaga aylangan qonunlar edi. Ammo jamiyatning obyektiv qonunlariga zid bo’lgan ushbu taraqqiyot bu qonunlari asossiz ekanligini tarixni o’zi ko’rsatdi. Ushbu qonunlar asosiga qurilgan Sovet Ittifoqi inqirozga yuz tutdi. Sivilizasion qarashlarning keyingi taraqqiyoti nemis faylasufi Osvald Shpengler (1880-1936) nomi bilan bog’liq. Uning “Yevropaning so’nishi”asari (1922) juda katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. U bu asarining muqaddimasida o’z qarashlarini shunday baholaydi: “...hali hyech kimning miyasiga tarixni tushunishdagi bunday inqilobiy fikr kelmagan” 2 . 1 http://www.wikipedia.org/wiki/Маркс. 2 Шпенглер О. Закат Европы. М., 1992, 2-бет. 19
Darhaqiqat, Shpengler jamiyat taraqqiyotiga, ayniqsa o’zi yashayotgan Yevropa sivilizasiyasi taqdiriga pessimistik nuqtai nazardan yondashadi. Unga ko’ra, yagona bo’lgan jahon madaniyati yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. U qatiy ravishda umumdunyo tarixini inkor qiladi. U shunday yozadi: “Insoniyat men uchun zoologik birlikdir. Men G’arbiy Yevropa faylasuf-larining fikrlarida insoniyat ravnaqi, maqsadi va yo’llarini ko’rma-yapman”. U tarixni an’anaviy tarzda qadimgi, o’rta va yangi davrga bo’lishni juda tor doiradagi provinsializmga kiritadi. Uning uchun yagona insoniyat tarixi yo’q, faqat alohida ajralgan madaniyatlar mavjuddir. Ular tasodifan paydo bo’ladi, rivojlanadi va halok bo’ladi, misoli dalada o’sgan gul taqdirini boshidan kechiradi. “Har qanday madaniyat, - deb yozadi Shpengler, - insondek hayot kechiradi. Ularning o’z bolaligi, o’smirligi, o’rta yoshligi va keksaligi bo’ladi” 1 .
nima majbur qiladi?- degan savolga Shpengler taqdir, deb javob beradi. “Mening fikrimning markazini taqdir g’oyasi tashkil qiladi. O’tib ketganlarning taqdiri ham shunday bo’lgan, hozirgi G’arbiy Yevropa madaniyatini ham halokat kutmoqda” 2 , - deb qayg’uradi u. Agarda, Shpengler fikricha, taqdir madaniyat hayotini boshqarsa, uning mazmunini ruh belgilaydi. Uning ta’limoticha, “madaniyat insoniyatning abadiy- biologik holati, ilk bor ruhiyati katta ruhiyatga aylangan daqiqada vujudga keladi, shaklsizlikdan shaklga kirganda, cheksizlikdan cheklilikka, muqimlikdan o’tkinchilikka o’tilganda madaniyat dunyoga keladi. U qat’iy chegaralangan zaminda rivojlanadi, xuddi o’simlik o’z o’rniga muhim o’rganib qolganidek. Madaniyat o’z imkoniyatlarini halqi, tili, e’tiqodi, san’ati, davlati va fani orqali to’liq amalga oshirganidan so’ng holokatga yuz tutadi va dastlabki ruhiy stixiyasiga qaytadi. 3
Nemis faylasufi sikkizta, ya’ni Misr, Hind, Bobil, Hitoy, Apollon (Yunon- Rim), Vizantiya-Arab, Faust (G’arb Yevropa) hamda Mayya madaniyatini sanab
1 Ўша манба, 114-бет. 2 Ўша манба, 20-бет. 3 Шпенглер О. Закат Европы. М., 1992, 113-бет. 20
o’tadi. Shu bilan birga Shpengler, Rus-Sibir madaniyati ham rivojlanish yo’lida ekanligini ta’kidlaydi. Shpengler konsepsiyasiga ko’ra, har bir madaniyatning umri uning ichki hayot tarziga bog’liq va taxminan ming yilni qamraydi. O’z hayot siklini tugatib, madaniyat so’nadi va sivilizasiya holatiga o’tadi. Shpenglerga ko’ra, madaniyatning sivilizasiyadan asosiy farqi shundaki, sivilizasiya jonsiz tafakkur va o’lik davomiylikning sinonimi bo’lsa, madaniyat, bu - ijtimoiy faoliyat va taraqqiyot sinonimidir. Shpengler konsepsiyasining boshqa konsensiyalardan asosiy farqi shuki, u jamiyat taraqqiyotini taqdir tasodiflari bilan yuzaga keluvchi alohida madaniyatlar va sivilizasiyalarning almashinuvidan iborat, deb bildi va har bir madaniyatning taraqqiyotini biologik taraqqiyot qonunlari asosida tadqiq qildi. Uning ayrim faylasuf va tarixchilarning Yevropa tarixi asosida jahon tarixini davrlashtirishlari bilan bog’liq yevro-pamarkazchilik g’oyalarini tanqid qilishi, ayniqsa diqqatga sazovordir. U texnika haqida ham alohida to’xtalib, uning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy va salbiy jihatlarini ham alohida tahlil qildi. Jamiyatning tarixi-madaniy va sivilizasiyali taraqqiyoti to’g’risi-dagi qarashlari, keyinchalik ingliz tarixshunosi Arnold Toynbi (1889-1975) rivojlantirdi. A. Toynbi ham o’zining “Tarixni bilish” asarida insoniyatning yagona va umumiy tarixini inkor qilib, bir–biri bilan bog’liq bo’lmagan alohida yopiq sivilizasiyalarni tan oladi. Avvaliga u 21ta sivilizasiyani sanagan edi, keyinchalik ularning sonini kerakli darajada rivojlanmagan ikkinchi darajali sivilizasiyalar hisobiga 13 taga qisqartirdi. Uning fikricha, o’tmishda va hozirda mavjud bo’lgan sivilizasiyalar o’zlarining miqdor va sifat ko’rsatgichlari bo’yicha bir-biriga teng. Ularning har biri bir hil rivojlanish qonuniyatiga, sikliga bo’ysunadi, ya’ni tug’ilish, o’sish, buzilish, parchalanish va uning oqibatidagi tanazzul. Xar bir sivilizasiya-da ro’y berayotgan hamda jamiyat taraqqiyotining ayrim empirik 21
qonunlarini qamrab olgan ijtimoiy jarayonlar asosida har bir sivilizasiyaning taraqqiyot yo’lini bilish hamda bashorat qilish mumkin 1 .
kamchilik yoki “fikrlovchi elita” tashkil qiladi. Ular jamiyatda kerakli qarorlar qabul qilib, ijodiy faoliyatga loqayd bo’lgan “qora aholi”ni shu qarorlarni bajarishga majbur qiladi 2 . Agar elita ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muammolarni ijobiy (optimal) hal qilishga qodir bo’lmasa, “ijodiy kamchilik” holatidan “xukmron kamchilik” holatiga o’tib, o’z qarorlarining ijrosini ishontirish va da’vat yo’li bilan emas, balki kuch va zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshirishga o’tadi. Bunday holat sivilizasiya asoslarining kuchsizlanishiga va keyinchalik uning tanazzuliga olib keladi
3 . Toynbi bo’yicha XX asrga kelib, bor yo’g’i beshta - Xitoy, Hind, Islom, Rus va G’arb sivilizasiya-larigina saqlanib qolgan 4 . Biz yuqorida jamiyat taraqqtiyotini, uning tarixi va qonuniyatilari to’g’risidagi bir nechta subyektiv qarashlari va konsepsiyalarni ko’rib chiqdik. Har bir konsepsiya bir qator faktlar va dalillar orqali “falsifikasiya” qilinishi mumkin bo’lsa-da, lekin bizning obyektiv tarixiy haqiqatni anglab yetishishimizda ma’lum darajada o’z o’rniga ega. Bu faylasuflar ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini, ularni harakatlantiruvchi kuchlarni tahlil qilishga harakat qilganlar. Ularning barchasi ham ijtimoiy taraqqiyotni o’rganishda ma’lum omillar ta’siriga berilib ketgan edilar. To’g’rirog’i, ular jamiyat taraqqiyotiga turli tomondan turib baxo berganlar. Obyektiv xakikatni aniklashimizda birgina faylasufning qarashlari va ta’limoti asosida o’rganishimiz, ularning ayrimlari ta’siriga tushib qolishimiz unchalik foyda bermaydi. Birgina ta’limot asosida ijtimoiy jarayonlarni tushunish va shu ta’li-motga asoslanib jamiyatni rekonstruksiya (qayta qurish) qilish qanday oqibatlarga olib kelganini marksistik
1 А.Дж.Тойнби. Постижение истории.(текст):Пер.с.англ. – М.: Прогресс, 1991. (http://filosof.historic.ru/books/item/f00/z0000989/st000.shtml) 2 http://www.wikipedia.org/wiki/Тойнби. 3 И.Смирнов, В.Титов. Философия: учебник для студентов высших учебных заведений. Издания второе, исправленное и дополненное. –М.: 1998. (http://www.gumer.info/bogoslov_Buks/Philos/smirn/intro.php). 4 http://www.wikipedia.org/wiki/Тойнби. 22
ta’limotni dogmaga aylantirib, uning subyektiv qarashlari asosida qurilgan sobiq Sovet Ittifoqining sosialistik tuzumini misol sifatida keltirishimiz mumkin. Jamiyat taraqqiyotini, uning qonunlari va mohyatini to’laroq anglab yetishishimizda mavjud konsepsiyalar va paradigmalardan ijodiy foydalan-gan holda, ularning kerakli jihatlarini sintez qilish natijasida chiqa-rilgan hulosalar muhim ahamiyatga ega. XX asrning ohiriga kelib jamiyat va uning qonuniyatlarini tushuntirib beruvchi “tarixiy materialistik” paradigmaga muqobil sifatida “informasion- instrumental”, “ekzistensional-fonomenologik” paradigmalar shakllandi. Zamonaviy diskussiyalar davrida jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi muammolarni ijtimoiy yondashuvning “yoki-yoki” (yo unisi, yo bunisi) tomoyili bo’yicha hal qilish tendensiyasi ko’rinmokda. Aslida ijtimoiy falsafada hosil bo’lgan bu muammo “va-va” (unisi ham, bunisi ham) tamoyili asosida hal qilinishi lozim. Bu esa o’z navbatida, turli paradigmalar, qarashlar va konsepsiyalar o’rtasidagi sintezni kuchaytirishni va jamiyatshunoslikning yangi sintetik konsepsiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi.
23
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling