O’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taraqqiyot qonunlari va ularning fuqarolik jamiyatida amal qilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Jamiyatni modernizasiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining namoyon bo’lishi
1 Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш давр талаби. – Тошкент: 5-т. “Ўзбекистон”, 1997. – 110-б.
41
2.2. Jamiyatni modernizasiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy taraqqiyot qonunlarining namoyon bo’lishi O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng, o’z taqdirini va o’z taraqqiyot yo’lini mustaqil belgilash imkoniyatiga ega bo’ldi. Erkinlik, mustaqillik jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlashda asosiy ijtimoiy–tarixiy shart-sharoit bo’lib hizmat qildi. Mustabit tuzum davrida taraqqiyotning bir variantli, ya’ni sosialistik taraqqiyot yo’lidan borish bizning jamiyatimizga mutlaqo to’g’ri kelmadi. Sosialistik tuzum parchalanganidan so’ng sobiq Ittifoq tarkibidagi barcha respublikalar taraqqiyotning tarixiy amaliyotda sinalgan, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik yo’lini tanladilar. Shu jumladan O’zbekiston ham mustaqilligining dastlabki yillaridanoq o’zining strategik taraqqiyot yo’lini asosiy qonun - Konstitutsiyasida “O’zbekiston - suveren demokratik respublika” 1 sifatida huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’ydi.
Avvalo bunday strategik taraqqiyot yo’lini tanlashda nazariyaning to’g’ri ishlab chiqilishi muhimdir. Chunki, sosializm ham nazariyaning xatolari va shu xatolarning jamiyat hayotiga qo’llanilishi oqibatida inqirozga uchragan edi. Bu hatolarni takrorlamaslik uchun, mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov avvalo nazariyaning to’g’ri ishlab chiqilishiga asosiy e’tiborini qaratdi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida, ya’ni Oliy Majlisning birinchi sessiyasida, mamlakatimiz oldida birinchi navbatda hal etilishi lozim bo’lgan ko’plab muhim masalalar qatori ko’p yillar davomida markscha nuqtai nazarga ko’ra buzib tavsiflab kelingan davlat va huquq tushunchalarining mohiyatini yangicha talqinda ta’riflab berish zarurligini Prezidentimiz tushunib yetgandi. “Biz yaqin o’tmishimizda sinfiy hukmronlikning quroli sifatida davlat haqidagi markscha g’oyani shior qilib olib, bu nazariyani dogmaga, davlat va huquqni esa sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni yengish vositasiga aylantirgan edik. Demokratiya sharotilarida esa davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosayu madora bilan bartaraf etish vositasiga aylandi. Huquqning o’ziga esa ijtimoiy hamjihatlik
1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси . “Ўзбекистон ”. Т ., 2008, 4-бет 42
va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib–intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va teng-likni vujudga keltirish vositasi sifatida yondashiladi” 1 .
Ayni paytda mamlakatimiz rahbarining o’sha ma’ruzasida O’zbekistonda milliy davlat qurilishi bo’yicha ko’p yillik g’oyat shiddatli va mashaqqatli ishlarning yakuni, o’y-fikrlar va dalil-isbotlar, tavsiyalar va xulosalar bayon etilgandi. Unda demokratiya mavzusiga alohida e’tibor qaratilib, ma’ruzaning asosiy boblari “Demokratiya - bosh yo’limiz”, “Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash bozor islohotlarning muhim sharti” deb nomlangan edi. Davlatimiz raxbari asarlarida va nuqtalarida o’z aksini topgan boshqa qator nazariya muammolar ham bor. Bular huquqiy madaniyat va xuquqiy tarbiya, butun ijtimoiy-siyosiy, davlat va ijtimoiy-iqtisodiy hayotni ekrinlashtirish hamda davlat va xuquq nazariyasi predmeti bo’lgan boshqa ko’plab muammolardir. Mamlakatimizning muvaffaqiyat bilan rivojlanishi hamda ravnaq topishi ko’p jihatdan davlat tepasida turgan rahbarga bog’liq bo’ladi. “Har qanday xalq xayotining taloto’mlarida, tarixining keskin burilishi bosqichlarida xalq o’z taqdirini shaxsiy fazilatlari bo’rtib turgan, millatni birlashtirishga qodir, unda taraqqiyot va tiklanish muvaffaqiyatlariga ishonch uyg’ota oladigan yetakchiga topshirish jamiyat xayotida ko’p bor isbotlangan. O’zbekiston uchun uning birinchi Prezidenti –Islom Abrug’aniyevich Karimov xuddi shunday yetakchi bo’lib chiqdi” 2 .
Albatta, tarixiy taraqqiyoning subyektlari xalqdir. Ammo jamiyat yangi bir ijtimoiy tuzumga, mustaqillikka qadam qo’yganda yuzaga kelgan muammolarni hal etishda xalqni bir jonu, bir tan qilib birlashtirishda alohida yetakchiga ehtiyoj va zarurat paydo bo’ladi. Islom Karimovning mustaqillikning ro’yobga chiqishida va jamiyatimiz taraqqiyotini o’ziga xos va o’ziga mos bo’lgan yo’lini ishlab chiqishdagi vazifalari ayniqsa diqqatga sazovordir.
1 И.А. Каримов. Ўзбекистоннинг сиёсий–ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари. Т., “Ўзбекистон ”. 1995, 28-бет
2 Л. Левитин , С. Карлайл. Ислом. Каримов – янги Ўзбекистон Президенти. Т ., “Ўзбекистон ”. 1996, 1-бет.
43
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida Prezidentimiz tomonidan taraqqiyotimizning asosiy nazariy negizlari yaratildi. Bu nazariyaga biz kompleks tarzda baho beradigan bo’lsak, taraqqiyoning O’zbekistonga hos va mos bo’lgan “O’zbek modeli” nomini olgan, jahon mamlakatlari tomonidan tan olingan taraqqiyotning yangicha variantiga duch kelamiz. Avvalo, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan ilk davrlarda iqtisodiy jixatdan tang axvolda qolgan edi. Ittifoq davridagi siyosat davridagi siyosat tufayli respublika ishlab chiqarishning agrar soxasiga ihtisoslashtirilgan bo’lib, mavjud sanoat ham asosan xalqning turmush tarzini, ehtiyojlarini ta’minlashdan yiroq bo’lgan og’ir sanoatga yo’naltirilgan edi. Natijada Ittifoq parchalanib ketishi oqibatida huddi o’rgimchak uyasidek bir-biriga chirmab tashlangan iqtisodiy infrastrukturada ham keskin uzilishlar ro’y berdi. Hom ashyo hisobiga o’zaro ayirbosh qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlariga ham tanqislik yuzaga keldi. Mustaqillik arafasida, ya’ni 1989 yilda O’zbekiston iqtisodiy rivojlanish darajasini belgilovchi, ya’ni ichki mahsulot va aholi jon boshiga iste’mol qilish kabi ko’rsatkichlar bo’yicha Sovet Ittifoqida eng oxirgi o’rinlardan birini egallar edi. Bu ko’rsatkichlar o’rtacha umumittifoq ko’rsatkichlariga nisbatan 56 va 59 foiz edi 1 . Bu holatlar mustaqillikning ilk davrlarida ham o’zini salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Sovet tuzumidan qutulgan boshqa davlatlar kabi o’z kelajagini qurishga kirishgan O’zbekistonni ham tabula rasa - har qanday siyosiy va iqtisodiy loyihani bemalol aimalga oshirsa bo’laveradigan ijtimoiy maydon deb bo’lmas edi. Sovet tuzumidan keyingi O’zbekiston jamiyati abadiy barxam topgan eski dunyoning parchalariyu, murdaga aylangan davrning siniqlaridan iborat emas edi. Bu yerdagi axvol butunlay boshqacha edi. Ijtimoiy xayotning barcha sohalarida, uning hamma pag’onalarida sovetlar o’tmishiga xos belgilar saqlanib qolgan mamlakat mustaqil deb e’lon qilingan edi 2 . 1 “Аргументы и факты”. 39-сон, 1991, 4-бет. 2 Л. Левитин. Ўзбекистон тарихий бурилиш палласида. Т., “Ўзбекистон ”. 2001, 167-бет. 44
Ijtimoiy taraqqiyotda shunday qonuniyat borki, ijtimoiy - iqtiso-diy tanglik siyosiy beqarorlikni keltirib chiqaradi va uning oqibatida jamiyatning ichida qarama-qarshi guruxlarning o’zaro hokimiyat uchun kurashishidan iborat, inson hafsizligiga jiddiy aks ta’sir ko’rsatuvchi holatlarni yuzaga keltiradi. Bunday salbiy hodisalarning oldini olishda O’zbekistonda quyidagi omillar shart - sharoit vazifasini o’tadi: Birinchidan, real vaziyatni to’g’ri baholay oladigan, xalqni bir tanu, bir jon qilib birlashtira olgan, jamiyatning strategik va taktik maqsadlarini ifodalay olgan siyosiy yetakchining davlat tepasiga chiqishi; Ikkinchidan, Jamiyatning asosini tashkil etuvchi o’zbek millatining milliy mentaliteti: hamjihatlik, vazminlik, ya’ni “yetti o’lchab bir kesish”i, turli qiyinchiliklarga sabr-bardoshliligi, irodasining kuchliligi kabi hususiyatlari;
Bu ikki omil mustaqillikning dastlabki onlarida jamiyatimizning ijtimoiy – siyosiy barqarorligini ta’minlashda muhim shart-sharoit bo’lib xizmat qildi. Bu esa o’z navbatida o’zini-o’zi boshqarish qonunining boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar faoliyatining o’zaro uyg’unligi qonuni asosida yuzaga keldi. O’zbekiston sosialistik tuzumning og’ir salbiy oqibatlarini o’z bo’yniga olib taraqqiyotning yangi yo’liga o’tar ekan, birinchi galdagi obyektiv vazifa iqtisodiyotni yuksaltirish, sovetlardan qolgan merosning ijobiy jihatlaridan mumkin qadar ko’proq foydalanish hamda salbiy jihatlari ta’sirini iloji boricha kamaytirish, millatning ma’naviy qadriyatlarini hamda milliy ongni qayta tiklash, xalq xayotida teran ildizlari bo’lgan demokratiya institutlarini rivojlantirish, millatlararo totuvlikni ta’minlash, halq ma’naviyatini yuksaltirish, jaxon hamjamiyati bilan integrasiyalashish, xalqaro muxit bilan o’zaro ijobiy ta’sirni ta’minlash kabilardan iborat bo’ldi. Aynan mana shu omillar mamlakatda o’tish davrining ko’zlangan eng muhim manzillari bo’lib xizmat qildi va o’z navbatida jamiyat taraqqiyoti strategiyasi sifatida mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning qator ilmiy risolalarida o’z ifodasini topdi. Bu jarayonda jamiyat taraqqiyotining ehtiyoj va imkoniyat, moddiylik va ma’naviylik uyg’unligi qonunlari, taraqqiyotda vorisiylik,
45
integrasiya va ijtimoiy gravitasiya qonunlari o’z aksini topdi. Taraqqiyot qat’iy tarzda jamiyat qonunlariga muvofiqlashtirilgan holda belgilandi. O’zbekistonda yangi jamiyat qurilishi jamiyat hayotini demokratlashtirish va modernizasiyalash bilan bog’liq kechdi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu – insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. Halq davlat hokimiyatining manbaidir. Uning hoxish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O’zbekiston barcha fuqorolarining munosib turmushini ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak. Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak” 1 deb ko’rsatib o’tgan edi. Yangi jamiyat qurishimizdan asosiy maqsad – demokratik jamiyat qurish va har bir insonning erkinligi, o’z orzu-intilishlarini ro’yobga chiqarish kafolatchisi bo’lgan fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat bo’ldi.
Ammo demokratiya haqida gap ketar ekan, taraqqiyot amaliyotida sinalgan bu tuzum jamiyat va inson ehtiyojlarini qondirishning eng maqbul usuli bo’lishi bilan birga, ma’lum kamchiliklarga ham ega. S . Xantington bu tuzumga shunday baho beradi: “Ko’pincha (halqlarning) o’z taqdirini o’zi belgilashini yoqlab gapirilgan gaplar quloqqa chalinib turadi. Buning ma’nosi, har bir guruh o’zi hohlagan yo’ldan borishi mumkin, deganidir. Ammo bu bosh-boshdoqlikning kuchayishi, jamiyat va davlatning parchalanib ketishiga olib kelishi mumkin. Boz ustiga, demokratiya bunday muammolarni hal etishga unchalik moslanmagan. Demokratiyalash va demokratiyaning amal qilish jarayoni jamiyatning etnik, diniy va boshqa guruhlari o’rtasidagi munosabatlarni murakkablablashtirish yuborishi mumkin”
2 .
1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли . Т ., “Ўзбекистон ”. 1992, 15-16-бетлар. 2 Хантингтон С. Неуправляемостъ демократии? Демократии? Демократия 1990-х, Специалъный въпуск журнала “Глобалъные проблемы переходного периода”, 1993, стр. 16.
46
Demokratiya ham mavjud muammolarni to’liq hal etish imkoniyatiga qodir bo’lgan jarayon emas. Mutlaq demokratiyaning bo’lishi ham aslo mumkin emas. Chunki, mutlaq erkinlik ham jamiyat barqarorligiga, shaxs qadr-qimmatiga salbiy ta’sir o’tkazishi mumkin. Darhaqiqat, demokratiya mavjud jarayonlarni izga solib turadigan universal vosita emas, shuning barobarida insoniyat shaxs va jamiyat, shaxs va davlat o’rtasidagi munosabatlarning mukammalroq tizimini ham kashf eta olgani yo’q. Binobarin, yangittan mustaqillikka erishgan yoki demokratiya yo’liga o’tayotgan mamlakatlar uchun taraqqiyotning yagona konsepsiyasi yoki andozasining o’zi yo’q. Demak mintaqalardagi jarayonlarga baho berishda G’arb mezonlaridan emas, ularga ijodiy yondashgan holda mavjud muammolar va sharoitlarning o’zidan kelib chiqish kerak bo’ladi” 1 .
Shaxs huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo etishda, boshqaruv organlarining o’z saylovchilariga hisob berishini yo’lga qo’yishda, albatta demokratiyaning muqobili yo’q.
Ammo G’arb
siyosatshunosligida demokratiyaga panaseya – barcha muammolarni hal etuvchi, balolarni daf qiluvchi vosita sifatida qarashga shubha bildirila boshlanganiga ancha bo’ldi.
XX asrning
90-yillari boshida
amerikalik siyosatshunos Frensis Fukuyamaning liberal demokratiyaning boshqa mafkuralar ustidan qozongan g’alabasi bilan tarix ham tugadi, degan mulohazasi keskin munozaralarga sabab bo’lgan edi. Bu intiho, uningcha, barcha zamonlarda yashagan barcha halqlar tajribasiga asoslangan mantiqiy taraqqiyot jarayoni tugaganini bildiradi. Fukuyamaning bu mulohazasining komunizmning inqirozga yuz tutish natijasida vujudga kelgan eyforiya natijasi debgina qabul qilish mumkin. To’g’ri, bugungi kunda kuchli iqtisodiy asos va peshqadam axborot vositalariga tayangan liberal demokratiyaning oshig’i olchi. Ammo yangi iqtisodiy va shu bilan birgalikda siyosiy qutblar vujudga kelayotgan hozirga dunyoda unga muqobil kuch sifatida islom, konfusiylik singari sivilizasiyalar maydonga chiqayotganini ham tan olish
1 Низом Ф. Янгиланиш анъанаси. “Маънавият”. Т., 1998, 42-бет. 47
kerak bo’ladi. Chunki taraqqiyotning amerikacha yoki yevropacha andozasi va liberal demokratiya yangrayotgan dunyo duch kelayotgan muammolarning barchasini ham hal etishga qodir emas ...Zero, huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun inson kamida tirik bo’lish kerak, ya’ni har qanday demokratiya, avvalo, uning yashash huquqiga dahl qilmasligi kerak . 1
O’zbekiston ham o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng taraqqiyotning demokratik yo’liga o’tar ekan, avvalo, bu borada ancha ehtiyotkorona yo’l tutgan edi. Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov 1992 yilda shunday degan edi: “O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyoti jarayonida to’plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo’ladigan barcha ijtimoiy va maqbul tajribalardan shak- shubhasiz samarali foydalanadi. Gap biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham ko’r-ko’rona ko’chirib olish to’g’risida borayotgani yo’q. Aniq ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo’ljallangan bo’lsa, o’sha mamlakatning o’ziga hos sharoitdagina ijobiy natija beradi.
Jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o’z ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy - huquqiy taraqqiyot yo’limizni tanlay olish respublikaning qa’tiy pozisiyasidir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, sohta inqilobiy sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy laxzalarsiz, evolyusion yo’l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o’tish - tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mahiyatidir” 2 . Bu keltirilgan fikrlar demokratiyaning jamiyatimiz manfaatlariga mos keluvchi tomonlarini milliy hususiyatlarimiz bilan uyg’unlashtirish, ya’ni dialektik aloqadorlik, vorisiylik (“yangi uyni qurmasdan eskisini buzmang” tamoyili) qonunlari asosida ijodiy o’zgartirishlarni e’tirof etadi.
Demokratiya – jamiyatning o’zini-o’z boshqarish va o’zini-o’zi tashkil etish qonunlariga asoslangan ijtimoiy tuzumdir.
Demokratiya va uning qardriyatlarining ulug’vorligi shundaki, uning real amal qilishi sharotida fuqarolarning erkin harakat qilishi yuzaga keladi va ularning o’z manfaatlarini amalga oshirishi uchun imkoniyatlari kengayib boradi. Demokratik qadriyatlar amal qilingan sharotilarda davlat faoliyati fuqarolar
1 Ўша манба, 41-42-бет. 2 И. А. Каримов. Ўзбекистон ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. “Ўзбекистон ”. Т., 1992, 9-10- бетлар.
48
nazorati ostida bo’ladi. Shuning uchun ham jamiyat xayotida sodir bo’ladigan turli o’zgarishlar va jarayonlarda davlatdan ko’ra fuqorolar mas’ulligi kuchayadi. Xuddi ana shu ma’noda “demokratiya”ni halq hokimiyatining ko’rinishi, amal qilishi sifatida ta’rif qilinadi. Demokratik qadriyatlarning yuqoridagi hususiyatlaridan kelib chiqib, dunyodagi bir qator mamlakatlarda namoyon bo’lgan tajribalariga asoslanib jahonning ko’zga ko’ringan siyosatdonlari uning quyidagi mezonlarini ishlab chiqqanlar:
- xalqning davlat va jamiyat xayoti bilan bog’liq bo’lgan qonunlardan habardorligi;
- qonunlarning qabul qilinishi jarayonida fuqarolarning bevosita yoki bilvosita hyech qanday tazyiqlarsiz ishtirok qilishlari uchun sharoit yaratilganligi;
- qabul qilingan qonunlarning ijrosi
ustidan halq
nazoratining ta’minlanganligi;
- oddiy fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyati bilan bog’liq o’zini qiziqtirgan ma’lumotlarni bemalol olishlari uchun imkoniyat yaratilganligi kabilardir 1 .
jamiyatimizni demokratlashtirish jarayonlarining asosi bo’lib hizmat qilmoqda. Har bir ijtimoiy hodisa fenomenlik hususiyatiga ega. Shu jumladan bunday fenomenlik demokratiyani ham chetlab o’tmaydi. Garchi “demokratiya” so’zi ma’lum bo’lsa-da, ko’pchilik uning chinakam mazmuni bilan tanish emas. Bu esa totalitar va hatto, harbiy diktaturalarga ham o’zini “demakratik” deb atash imkoni bergan va hozir ham shunday. Demokratiyaning asosiy fenomenlik jihati shundaki, uni har kim, har bir jamiyat o’zicha tushunadi va o’zicha idrok etadi. Hatto, bu tushunchani shior qilib olib ayrim guruhlar va davlatlar o’z manfaatlari yo’lida inqilobiy o’zgarishlarni keltirib chirarishga urinishlari ham mumkin. Bunday radikal hususiyatlar taraqqiyotning va erkinlikning eng oliy ifodachisi bo’lgan demokratiyaga ham ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni taqozo etadi.
1 ОчиловаБ. Миллий-маънавий юксалишда мерос, қадриятлар ва ворисийлик. Т., “Истиқлол”. 2009, 184- бет. 49
Demokratiyani jamiyat hayotiga birdaniga tadbiq etib bo’lmaydi. Avvalo, demokratiyalash asrlar davomida shakllanib kelgan demokratik qadriyatlarni tiklash va takomillashtirish, umuminsoniy demokratik qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishdan iborat bo’lmog’i lozim. Faqatgina davlatning yuqori siyosiy organlari yoki faqatgina quyi tizimlarini demokratlashtirish hyech qanday ijobiy samara bermaydi. Bu xodisani biz 80-yillarning ikkinchi yarmida SSSRda amalga oshirilgan demokratik isloxotlarning inqirozga uchraganidan xam bilishimiz mumkin. Bu davrda demokratik isloxotlar siyosiy xayotga emas, avvalo, xo’jalik xayotiga tadbiq etilgandi. Zavod-fabrika direktorlari, sex va brigada boshliqlari, magazin mudirlari, universitet va texnikumlarning rektor va direktorlari saylab qo’yiladigan bo’ldi. Xolbuki, demokratiya eng rivojlangan, deb xisoblanuvchi AQSh, Buyuk Britaniya, Olmoniya singari mamlakatlarning birortasida na zavod direktori, na fabrika direktori, na sex, na brigada boshlig’i saylab quyilgan, ular tayinlangan. “Qayta qurish” davridagi bunday demokratik islohot ko’proq ana shu islohot obyektiga aylantirilgan “demokratik institutlar”da guruhbozliklarni keltirib chiqargan, salbiy oqibatlarga olib kelgan edi.
Demokratiya haddan tashqari cheklanishi yoki mutlaqlashtirilishi ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Uning haddan tashqari cheklanganligi inson erkini, tashabbuslarini bo’g’ib qo’ysa, mutloaqlashtirilishi esa ijtimoiy ziddiyatlarni yuzaga keltiradi. Yer yuzidagi barcha narsalarning chek chegarasi bordek, inson erkinligini ta’minlashning ham chegarasi mavjud. Erkinlik va demokratiya ko’p holatlarda sinonim sifatida qo’llaniladi. Chindan ham demokratiya erkinlik haqidagi g’oyalar mazmunini ham qamrab oladi, lekin bundan tashqari, shunisi ham muhimki, u erkinlikka qonuniy maqom bahsh etadigan amaliy normalar va tartib qoidalar mazmunini ham qamrab oladi. Ayni shu holat dvlatimizning konstitusiyaviy prinsiplarini demokratik deb atash imkonini beradi. Chunki ularda inson huquqlari va hammaning qonun oldida tengligi qonunan mustahkamlab qo’yilgan.
Tarixiy
jarayonlar tajribasidan ma’lum bo’ldiki, jamiyatda boshboshdoqlikka olib boruvchi mutlaq erkinlik qonun yo’li bilan tartibga solinib 50
va shu qonunlarning bajarilishi majburiy bo’lgandagina shu jamiyat chinakam fuqarolikka asoslangan huquqiy demokratik jamiyat bo’la oladi. Bu holatga Konstitutsiyamizda asosiy urg’u berilib, 1- moddasida “O’zbekiston - suveren demokratik respublika” 1 va 15 - moddasida “O’zbkiston Respublikasida O’zbkiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqorolar Konstitusiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar” 2 deb belgilab qo’yildi. MDH hududida, jumladan O’zbekistonda yetarli siyosiy an’analarning mavjud emasligi, buning ustiga O’zbekistonda siyosiy partiyalarning ulg’ayishi juda
sekin yuz
berayotgani demokratlashtirish jarayonini yana
ham murakkablashtiradi. Bunday sharoitda Prezidentimiz Islom Abdug’ani-yevich Karimov yagona to’g’ri siyosiy yechim topa bildi va u davlatni “bosh islohotchi” deb e’lon qilindi. Bu yechimning naqadar to’g’ri ekanini davr ko’rsatdi. O’zbekistonda davlat isloxotlarni o’tkazishga boshchilik qilar ekan demokratik jamiyatga o’tish uchun zarur bulgan eng muhim shartni amalga oshira bordi:
- o’tgan davr ichida iqtisodiy inqiroz to’xtatilib bu soxada o’sish boshlandi; - ma’naviy rivojlanishga ulkan ahamiyat berildi va berilmoqda;
- aholining huquqiy ongi va siyosiy faolligini oshirish davlat va jamoat tashkilotlarining diqqat markazida turibdi 3 .
Bu omillarni yanada rivojlantirish esa demokratik islohatlarni muttasil chuqurlashtirib borish imkonini beradi.
Demokratiyaning rivojlanib borishi moddiy (iqtisodiy) va ma’naviy omillarning o’zaro bir-biriga ta’siri va teng taraqqiy etib borishi qonuni asosida kechadi. Iqtisodiy o’sish demokratiya uchun poydevor tayyorlaydi. Buni faqat nazariy mulohazalar emas, amaliy tadqiqodlar ham tasdiqlamoqda. 90-yillarning o’rtalarida bir qator xalqaro nohukumat tashkilotlari jahondagi eng boy mamlakatlardan 30 tasini o’rganganlarida, ulardan 28 tasida demokratik boshqaruv va tartibotlar mavjudligi ma’lum
1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т ., “Ўзбекистон ”. 2008, 4-бет. 2 Юқоридаги ҳужжат, 5-бет. 3 Каримов И.А. Ўзбекистон XX асрга интилмоқда . Т., “Ўзбекистон”. 2000, 12-бет. 51
bo’ldi. Shu mamlakatlar tarixiga murojat etilsa, iqtisodiy o’sish va barqarorlik demokratiya uchun zamin tayyorlaganini ko’rsatdi. Demokratiya o’z-o’zidan va har qanday sharoitda ham qaror topavermaydi. Uning ro’yobga chiqishi uchun tegishli iqtisodiy, ahloqiy, siyosiy va ma’naviy shart-sharoitlar zarur.
Demakratik tamoiyillar joriy qilinishi uchun shu mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo’lishi zarurligi hozirgi kunda siyosatchi va siyosatshunoslardan hyech kimda shubxa tug’dirmaydi. Lekin bundan iqtisodiyotning o’sish yoki pasayishi o’z-o’zidan demokratiyaning ham o’sishi yoki pasayishga olib keladi, degan xulosa chiqmasligi lozim.
Demokratiya va iqtisod o’rtasidagi aloqadorlik, avvalo shunga bog’liqki, demokratik jamiyatda fuqarolar moddiy boyliklar ishlab chiqarish va ularni taqsimlash ustidan nazorat o’rnatadilar. Bu holat iqtisodiy rivojlanish uchun qulay sharoit yaratdi. Iqtisodiy rivojlanish esa, o’z navbatida, demokratiya qaror topishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin, baribir, aholining turmush darajasi yoki iqtisodning gurkirab o’sishi demokratik tartibotning bosh yoki yagona sharti, deyish noto’g’ri bo’ladi.
MDHga a’zo ba’zi mamlakatlar demokratiya muayyan darajada rivojlangan iqtisodiy makondagina tadbiq qilinishi mumkinligini unutib qo’yganliklari tufayli demokratiya shaxs erkinligi namoyishi emas, ur-yiqit va shallaqilik timsoliga aylanib qoldi. Chunki o’sha mamlakatlarda iqtisodiyot tanazzul botqog’iga ketayotgani unutilib, siyosiy islohotlarga zo’r berildi, demokratiya jarayonini sun’iy tezlatishga urinildi. Botqoqqa botib ketayotgan odamga esa eng oliy navli demokratiya ham kerak emas.Unga demokratiyani ro’para qilish birinchi galdagi vazifa emas, avvalo, uning qo’lidan tortib botqoqdan chiqarish kerak 1 . Ikkinchi tomondan, zikr etilgan mamlakatlarda iqtisodiy asos unitilgani tufayli na haqiqiy demokratiya o’rnatildi, na iqtisodiy taraqqiyot ro’y berdi.
Demokratiyaning ma’naviyat bilan bog’liqligi yana shunda ko’rinadiki, uni har bir shaxs va guruh o’z aqliy qobiliyatlari, manfaatlari va ma’naviyatiga mos ravishda tushunadi. Demokratiyani og’izga kelganni aytish erkinligidan tortib to
1 Бегматов А. Маънавият фалсафаси ёхуд Ислом Каримов асарларида янги фалсафий тизимнинг яратилиши. Т ., “Шарқ ”. 2000, 43-44-бетлар. 52
ur-yiqit erkinligigacha deb tushunadiganlarning tasavvuri ortida ularning tor manfaati va sayoz ma’naviyati bor. Demokratiyaning ma’naviyatga tayanishi, agar shu tayanch bo’sh va qing’ir bo’lsa faqat demokratiyaga emas, butun jamiyatga katta zarar keltirishi mumkinligini bir qator mamlakatlar tajribasi ham ko’rsatdi.
Ko’rib turibmizki demokratiyaning obyektiv qaror topishi iqtisodiy (moddiy) va ma’naviy shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari bu jarayonda ijtimoiy-madaniy va siyosiy-huquqiy shart-sharoitlarning ahamiyati ham katta.
amalga oshirilishi mumkin. Jamiyatning demokratlashuvi jarayonini faqat moddiy- texnikaviy omillarga bog’lab qo’yish falsafasi masalaga bir yoqlama yondashuvdan iborat. Zero, O’zbekistonda ma’naviy, mafkuraviy asoslar demokratik jamiyaning muhim negizlaridan hisoblanadi. Mazkur muammoning boshqa bir jihatiga e’tibor qaratish kerak, u ham bo’lsa, siyosiy ijtimoiylashuv masalasidir. “Siyosiy” ijtimoiylashuv tushunchasi o’zining ikki jihatigi ega.
Birinchidan, siyosiy ijtimoiylashuv individ, shaxsning siyosiy yetukligi, takomillashuvi jarayonini o’zida ifodalaydi. Ya’ni, har bir fuqaro jahondagi mafkuraviy manzara havida o’z siyosiy qarashlariga ega bo’lmog’i va pirovard natijada u o’zining siyosi “men”iga ega bo’lishi nazarda tutiladi;
ikkinchidan, jamiyat a’zolarining ko’p yillik tajribasi, aql-zakovvatidan, ma’naviy-madaniy merosidan foydalanish salohiyati obyektiv zaruriyatga aylana boradi. Ana shunday eng muhim bosqichlaridan biri – yoshlar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan bosqichdir. Undan keyingi bosqich esa shaxsning mehnat faoliyati bilan belgilanadi 1 .
Siyosiy tizimda davlat alohida o’rin egallaydi. Jamiyat a’zolarining alohida uyushgan shakli sifatida davlatning ijtimoiy-falsafiy tahlili uning boshqa ko’plab jihatlardan ajratib turuvchi belgilarini o’rganishni taqozo etadi. Binobarin, taraqqiyotning o’zbek modelida iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi birinchi masala qilib belgilangan. Demak, islohotlar keng jamoatchilik ishtirokida, davlat
1 Тўраев Ў. Демократик жараёнлар ва миллий ғоя. Т., “Маънавият”. 2008, 49-50-бетлар. 53
ishlab chiqqan dasturlar asosida uning bevosita ishtiroki va rahbarligida amalga oshiriladi.
Shu ma’noda, davlat bosh islohotchi sifatida qonunlarning ustuvorligiga erishishi, kuchli
ijtimoiy siyosat
yuritishi, O’zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatni modernizasiya va isloh qilish asosida bozor munosabatlariga o’tishni tashkil qilishda, o’zining funksiyalarini amalga oshirishda, avvalo, siyosiy faoliyatini demokratlashtirish zaruriyati yuzaga keladi.
Demokratik jamiyatda hokimiyat davlat manbai bo’lishi barobarida, universallashib, umumiylashib boradi. Unda halq hokimiyatchiligining amalga oshirilishida hokimiyatning halq
manfaatlariga bo’ysundirilgani muhim hususiyatdir. Chunki uning ijtimoiy negizini halq tashkil etadi. Demak, mamlakatimizdagi siyosiy tizimning tub maqsadi – O’zbekistonda adolatli demokratik jamiyatni vuxudga keltirish va ijtimoiy-siyosiy hayotda demokratik muhitni, siyosiy barqarorlikni, millatlar o’rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni ta’minlashdan iboratdir.
Mustaqillik yillarida davlat bosh islohotchi sifatida o’zbek modeli dasturini amalga oshirishda fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishni asosiy masalalaridan biri qilib qo’ydi. Bu esa o’z-o’zidan boshqariladigan bozor munosabatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Halqimizning tub manfaatlariga javob beradigan taraqqiyotning o’zbek modelida belgilab berilgan bozor munosabatlariga o’tish muhim zaruriy ehtiyoj. Ammo bu masalani bir tomonlama tushunmaslik lozim, gap faqat bozorni tashkil etish va uni rivojlantirishdagina emas. Bozor iqtisodiga o’tish muqarrar jarayon, davr talabi, obyektiv reallikdir. “Bozor iqtisodiyotini barpo etish – shunchaki maqsad emas. Barcha iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maqsadlarining o’zi, bu eng avvalo, inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir” 1 , - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov. Umuman, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi – halq farovonligi va demokratik jamiyat taraqqiyotiga erishishdir.
1 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий сиёсатининг устувор йўналишлари. Биздан озод ва обод ватан қолсин. 2-жилд, Т., “Ўзбекистон”, 1996, 14-бет. 54
Fuqarolik jamiyatida milliy davlatchilik tafakkuri o’zining qonuniy asosiga ega bo’ldi va ijtimoiy-huquqiy funksiyani bajarish imkoniyati yaratildi. Konstitusiyaning bu boradagi vazifasi, ijobiy roli quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. Ya’ni: -fuqarolik jamiyati institutlari va davlat o’rtasidagi munosabatlarni yuksak saviyada huquqiy tartibga soladi; -davlatning inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilish maqomi (majburiyatlari)ni normativ mustahkamlaydi; -fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning huquqiy maqomini belgilaydi. -jamiyat hayoti tartibli, ma’rifiy-madaniy tarzda kechishiga, ya’ni fuqarolik jamiyatida milliy davlatchilik tafakkuri shakllanishiga sharoit, huquqiy maydon yaratadi. Ma’lumki, umuman ijtimoiy-siyosiy, xususan inson ongidagi o’zgarishlar davlatchilik tizimiga va uning mavqyeiga bevosita daxldordir. Shuning uchun ham, “Fuqarolik jamiyati insonlar jamoasini, uning manfaatlarini siyosiy hokimiyat oldida, davlat apparati qarshisida muhofaza etuvchi o’ziga xos fenomen, tegishli mexanizm (majmua) sifatida maydonga chiqadi. Fuqarolik jamiyati – davlatdan mustaqil va undan xoli munosabatlar hamda vositalar tizimidir” 1 . Binobarin, fuqarolik jamiyatini “davlatdan mustaqil va xoli” holda tasavvur qilish qiyin. Chunki, ijtimoiy hayotni butunligicha, keng ko’lamda faqat davlat yo’lga qo’yishi va boshqarishi mumkin. Shuning barobarida “fuqaro-jamiyat - davlat” manfaatlari uyg’unlashadi. Bu uyg’unlikda jamiyat va davlat manfaatlari, huquqlari ustun turadi. O’zbekistonda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining xususiyatlari: jamiyat hayoti
va taraqqiyotining xususiy mulkchilik, tadbirkorlik, ishbilarmonchilik faoliyati bilan uyg’unligi; barcha mulk shakllarining ravnaq topishi davlat, qonun tomonidan kafolatlanishi; fuqarolar huquqiy tengligi, qonun ustuvorligi, sud tizimi tomonidan muhofazalanishi; fuqarolarning xususiy
1 Одилқориев Х. Ўзбекистонда фуқаролик жамиятини шакллантириш: муаммо ва ечимлар. – Тошкент: “Шарқ”, 2007. – 21-б. 55
hayotiga noqonuniy aralashuvining davlat tomonidan cheklanishi; davlat hokimiyati oldida shaxsning mulkiy va iqtisodiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlarini kafolatlash va qonun ustuvorligini ta’minlash mexanizmlarining yaratilganligi; fuqarolarning ijtimoiy institutlari shakllangani va ularning to’laqonli faoliyat yuritishi; jamiyatda yuksak ma’naviy-madaniy muhit shakllangani, shaxs qadri, sha’ni, hurmati asosiy qadriyatlarga aylangani 1 , kabilar bilan xarakterlanadi. Ushbu xususiyatlardan kelib chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar: kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tishga qaratilgan. Demak, ushbu xususiyatlar mustaqillik yillarida davlatimiz belgilab olgan strategik maqsad va tamoyillarda o’z ifodasini topdi.
Fuqarolik jamiyati teng huquqli, erkin va farovon hayot, har bir shaxsga o’z iqtisodiy qobiliyatini, ijodiy kuchlarini to’la namoyon qilish uchun zarur ijtimoiy, siyosiy, huquqiy makon va ma’naviy-madaniy muhit yaratib bermoqda. Bu g’oyalar milliy davlatchilik tafakkuri shakllanganligida, ya’ni fuqarolarning davlatga bo’lgan ishonchi, qonunlarga real va obyektiv yondoshuvi, milliy qadriyatlarga sodiqligi, Vatani oldidagi burch va e’tiqodida namoyon bo’ladi. Bu xususiyatlar milliy davlatchilik tafakkuriga tobora singib, uni boyitib, fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlanishiga olib kelmoqda. Zero, fuqarolik jamiyatida milliy davlatchilik tafakkuri shakllanish xususiyatlari, avvalo, fuqarolar va davlat farovonligi g’oyasining ijtimoiy ongda mavjudligidir. Yuqoridagilardan quyidagi xulosa kelib chiqadi: birinchidan, fuqarolik jamiyatida milliy davlatchilik tafakkuri rivojlanishi kurashchan xususiyatga ega.
Dunyo tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, qaysi mamlakatda aholining milliy davlatchilik tafakkuri erkinlik asosida shakllangan, siyosiy faolligi yuqori bo’lsa, o’sha davlat ijtimoiy hayotida demokratik tamoyillar ustuvorlik kasb etadi. Ikkinchidan, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi asosiy vazifalaridan biri – demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida fuqarolarning mamlakatda amalga oshayotgan yangilanish va islohotlardagi ijtimoiy-siyosiy
1 Мусаев Ф. Демократик давлат қурилишнинг фалсафий-ҳуқуқий асослари. – Тошкент: ”Ўзбекистон”, 2007. – 46-72-б. 56
faolligini ta’minlashga erishishdan iboratdir. Bu kabi omillar jamiyat siyosiy hayotida davlat va jamiyat boshqaruvida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida o’ziga xos uyg’unlik ta’minlanishini talab etadi. Odamlar hokimiyat qarorlarining qanday qabul qilinishini, ularning ijrosi qanday nazorat qilinayotganligini bilishlari, bu qarorlarni tayyorlash va amalga oshirishda faol ishtirok etishlari zarur. Zero, o’tish davri har bir insondan yangicha dunyoqarashni, yangicha tafakkurni talab etmoqda. Bu jamiyat a’zolarini davlat homiyligi va ta’minotiga ishonib yashashdan voz kechib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tadbirkorlik bilan ish ko’rishga undaydi. Siyosiy hayotda bu jarayon yanada murakkabroq kechadi.
Uchinchidan, siyosiy jarayonlarni harakatlantiruvchi asosiy subyektiv omili – insonning ongli faoliyati bo’lib, ular siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotda faol ishtirok etmasa, milliy davlatchilik tizimida siyosiy jarayonlar sustlashadi. Aynan siyosiy partiya va harakatlar faoliyati ham fuqarolar ongida milliy davlatchilik tafakkurining rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Aholining ongli faoliyati siyosiy jarayonlarda belgilovchi mohiyatga ega ekanligi jamiyat a’zolarining mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlar davrida ishtirok etishini talab etadi. Bunday faoliyat barcha mamlakatlarda o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy jarayonda fuqarolar faolligi o’ziga xos davlatchilik tafakkuri asosida yuz bermoqda. Islohot va yangilanishlar jarayoni amalga oshmoqda. Hozircha aholi ongida mustaqil fikrlash, davlat va jamiyat boshqaruvini jamoatchilik tomonidan nazorat qilish madaniyati juda sust shakllanmoqda.
Davlat hokimiyatining vakolatini bosqichma-bosqich mahalliy hokimiyat o’z-o’zini boshqarish organlariga berish jarayoni davom etmoqda. Zero, inson siyosiy faolligining provard maqsadi, jamiyatni demokratlashtirishdan iborat milliy davlatchilik tafakkurini rivojlantirishdir.
To’rtinchidan, siyosiy bag’rikenglik – milliy davlatchilik tafakkurining tarkibiy qismi sifatida jamiyat a’zolarining, jamiyatning, davlatlarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlarida hal qiluvchi omil vazifasini bajaradi. Jumladan, 57
milliy davlatchilik tafakkuri mustahkam munosabatlar tizimida umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi barobarida, bag’rikenglikni davlat darajasida ko’tarilishi bilan tavsiflidir. Siyosiy bag’rikenglikni namoyon bo’lishini milliy davlatchilik tafakkurining bunyodkorlik, yaratuvchanlik salohiyatini yuzaga chiqaruvchi omillardan biri sifatida millat va xalqning ma’naviy-ma’rifiy kamolotida deb bilamiz. Shu nuqtai nazaridan, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek,- “Millat va xalqning ma’naviy kamolotiga, ma’rifatiga umumdavlat siyosati sifatida qarash lozim. Odamlar ongidagi milliy iftixor tuyg’usi bilan boshqa millatlar tarixi, madaniyati va qadr-qimmatini hurmat qilishning dialektik uyg’unligini ta’minlash zarur. Jamiyat ongida hozirgi dunyoda ro’y berayotgan barcha hodisalarga daxldorlik va mas’ullik hissini vujudga keltirish va mustahkamlab borish darkor”. 1
Beshinchidan, har bir davrda adolatsizlikka qarshi kurash, tinch yashash insoniyatning dolzarb muammolardan biri bo’lib kelmoqda. Fuqarolarning davlat bilan o’zaro mas’ulligi, avvalo, qonun ustuvorligi yordamida amalga oshadi, chunki har qanday davlatning mohiyati, uning kuch-qudrati qonunga tayanadi. Qonun ustuvorligini ta’minlash esa, faqat davlatning funksiyasi bo’lib qolmasdan, fuqarolarni ham faol ishtirokida amalga oshadi. Demak, davlat fuqarolar ishtirokisiz, fuqarolar davlatning yordamisiz, ya’ni alohida holatda qonun ustuvorligini ta’minlay olmaydi. Shunday ekan, yuqoridagi fikr va qarashlar fuqarolarning milliy davlatchilik tafakkurida aks etadi va harakatga keltiruvchi kuch – mezon hisoblanadi. Bugungi kunda biz milliy davlatchilikni shakllantirish, huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolar jamiyatini qaror toptirishdek ulug’ orzu-umidlar bilan yashamoqdamiz.
1 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI-аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1997. – 109-б. |
ma'muriyatiga murojaat qiling