O’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Jamiyat qonunlari va uning turli ijtimoiy-tarixiy davrlarda namoyon
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
ijtimoiy taraqqiyot qonunlari va ularning fuqarolik jamiyatida amal qilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dialektika qonunlari
- FORMASIYa VA SIVILIZASIYa BOSQIChLARINING MUNOSABATI
- ЁВВОЙИЛИК ВА ВАРВАРЛИК, ЯЪНИ ЦИВИЛИЗАЦИЯГАЧА БЎЛГАН ДАВР ИБТИДОИЙ ЖАМОА ФОРМАЦИЯСИ
- ФОРМАЦИЯСИ КАПИТАЛИЗМ ФОРМАЦИЯСИ
- ПОСТИНДУСТРИАЛ ЦИВИЛИЗАЦИЯ БОСҚИЧИ КОММУНИЗМ ФОРМАЦИЯСИ
- 2.1. Mustaqillik – jamiyatning o’zini-o’zi boshqarish va o’zini-o’zi tashkil qilish qonunlarining namoyon bo’lishida asosiy ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit
1.2. Jamiyat qonunlari va uning turli ijtimoiy-tarixiy davrlarda namoyon bo’lishi Jamiyatning progressiv taraqqiyotini aks ettiruvchi shunday qonuniyatlar borki, har bir jamiyat o’z tarixiy taraqqiyotini bevosita shu qonunlar ta’sirida bosib o’tadi. Bu qonunlar obyektiv hususiyatga ega bo’lib, uni to’g’ri anglash, amaliy faoliyatni shu qonunlarga muvofiqlashtirish taraqqiyotning garovi hisoblanadi. Inson hayot kechirar ekan o’z-o’zidan ma’lum bir obyektiv qonunlarning kuchli ta’siri ostida bo’ladi. Biz bunda insonni o’rab olgan tabiat va jamiyatdagi turli hodisalar va jarayonlarning umumiy yo’nalishini belgilab beruvchi tabiat va ijtimoiy qonunlarga duch kelamiz. Insonning biologik mavjudligi tabiiy qonunlar ta’sirida bo’lsa, shaxs sifatida takomillashuvi esa ijtimioiy qonunlar ta’sirida bo’ladi. Tabiiy qonunlar ham, ijtimoiy qonunlar ham amal qilish muddati, hodisa va jarayonlarni qamrab olish darajasiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. - Butun insoniyat tarixi davrida amal qiluvchi qonunlar. Ular hyech qachon o’z kuchi yo’qotmaslik sifatiga ko’ra tabiat qonunlariga yaqin turadi. Bu qonun mavjudligi jamiyat mavjudligi bilan bog’liq, jamiyat yo’qolsa bu qonunlar ham yo’qoladi. - Ayrim ijtimoiy – tarixiy davrlarda namoyon bo’lib ma’mum shart – sharoitlar yo’qolgach o’z kuchini yo’qotuvchi qonunlar. Bu qonunlar yuqoridaga qonunlar ta’sirida bo’lib, uning shartlariga javob bera olmagan taqdirda o’z o’rnini bo’shatib beradi. Bu qonunlar sivilizasion yondashuvga ko’ra sivilizasiyaning turli bosqichlarida - yovvoyilik, varvarlik, agrar, industrial, informasion - kompыyuter davrlarida, formasion yondashuvga ko’ra - ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizim, kapitalizm, kommunizm formasiyalarida alohida shaklda namoyon bo’ladi, to’g’rirog’i bir sivilizasiya davrida yoki birgina formasiyada amal qiladi. - Alohida davrlarda, nisbatan qisqa muddatlarda amal qilib obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar yo’qolishi yoki o’zgarishi bilan o’z ta’sirini yo’qotadi va boshqa obyektiv qonunlarga o’z o’rnini bo’shatib beradi. Bu qonunlarning amal qilish muddati ma’lum sivilizasiya bosqichining ayrim davrlarida yoki bir formasiyaning ma’lum bir jarayonlarini qamrab oladi. Bu qonunlar asosan birgina
24
ijtimoiy-siyosiy tuzum sharoitida amalda bo’ladi. Mavjud ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum va shart- sharoitlar yo’qolishi yoki o’zgarishi bilan o’z faoliyatini yo’qotadi. Biz jamiyat qonunlarining bunday bo’linish tamoyilarini umumiy, hususiy va yakka qonunlar nomi bilan ataymiz. Bu qonunlar iyerarxik bo’ysunish tamoyiliga amal qiladi, ya’ni umumiy qonunlarning yo’qolishi (jamiyatning yo’qolishi) hususiy va yakka qonunlarning yo’qolishi esa o’z navbatida hususiy qonunlarning o’z kuchini yo’qotishiga olib keladi. Ijtimoiy qonunlar jarayonlarni qamrab olish darajasiga ko’ra yoki ijtimoiy hayot sohalari va ijtimoiy munosabatlarni qamrab olish darajasiga qarab ham ma’lum turlarga bo’linadi. Bular: - Butun ijtimoiy hayotni qamrab oluvchi qonunlar. Bu qonunlar jamiyatning ham moddiy, ham ma’naviy hayotini va ijtimoiy munosabatlarning barcha jarayonlarini qamrab oladi. Biz bunda ko’proq dialektika qonunlari ta’sirida bo’lamiz. - Jamiyat hayotining ma’lum sohasida amalda bo’ladigan qonunlar. Bu qonunlar yo moddiy hayotni, yoki ma’naviy hayotni qamrab oladi, ya’ni jamiyat hayotini bir sohasida namoyon bo’ladi. - Jamiyat hayotining ma’lum hususiy sohasini qamrab oluvchi qonunlar. Bu qonunlar moddiy hayotning birgina sohasida: ijtimoiy yoki iqtisodiy sohada namoyon bo’ladi. Ma’naviy hayotning: siyosiy, ahloqiy, mafkuraviy, ma’naviy, diniy sohalari va munosabatlarining faqat bbirginasida namoyon bo’ladi. Bu konunlar xam iyerarxik buysunish tamoyiliga amal kiladi. Bu konunlar o’rtasidagi aloqadorlik xam ma’lum qonuniyatga buysinadi. Biz bunda “qonunlar qonuni”ga yani dialektika konunlariga duch kelamiz. Yuqorida amal kilish muddatiga va ijtimoiy jarayonlarni qamrab olish darajasiga ko’ra tasniflangan qonunlarning o’zaro aloqadorligini aniqlash mushkil masala. Bu jarayonni ham dialektika qonunlari “nazorat” qiladi. Ammo masalaning murakkab tomoni shundaki qonunlar ichida “xukmdor” bo’lgan dialektika qonunlariga ko’ra barcha ijtimoiy hodisalar kabi ularning umumiy, zaruriy va muhim aloqalarini va 25
yunalishini aks ettiruvchi ijtimoiy qonunlar ham o’zgarib boradi. Ammo biz bu qonunning natijisini o’ziga nisbatan ham qo’llashimiz mumkin. Bunda natija qanday bo’ladi? Dialektika qonunlari ham o’zgaradimi? Bu kabi savollarga gnoseologik nuqtai nazardan kelib chiqib shunday javob berishimiz mumkin: Bu qonun obyektiv hususiyatga ega bo’lib, uning o’zgarishi subyektiv talqin qilish va tushunish bilan bog’liq. Masalan, Gegel’ dialektika qonunlarini jamiyatga nisbatan qo’llar ekan, bunda idealistik nuqtai nazardan yondashadi. Undan dialektikani “meros” qilib olgan Marks esa uning aksi sifatida materialistik pozisiyada turdi. Vaholanki, dialektika qonunlarini chegaralab, ma’lum bir omillari doirasidagina tushunish ham bu qonun shartlariga to’g’ri kelmaydi. Chunki, dialektika qonunlari universal harakterga ega. U jamiyatda ham, tabiatda ham doimo mavjud. Umakon va zamonda chegara bilmaydi. Shuning uchun biz jamiyat qonunlarining namoyon bo’lish shakllarini o’rganishimizda birinchi navbatda dialektika qonunlari bilan hisoblashmog’imiz va undan usul sifatida foydalanishimizga to’g’ri keladi. Inson jamiyat deb atalmish ijtimoiy makonda yashar ekan, doimo ma’lum normalar, qoidalar ta’sirida bo’ladi. Jamiyat ham o’z navbatida qandaydir qonunuyatlar asosida taraqqiy etadi. Inson faoliyatini, hatti-harakatlarini nazorat qiluvchi normalar - ahloqiy va huquqiy normalardir. Aksariyat holatlarda bu normalar qonun deb ham ataladi.
Ammo biz qonun shaklidagi normalar bilan obyektiv qonunlarni farqlashimiz lozim. Ularning farqlari, birinchidan, jamiyat qonunlari obyektivdir. Uni inson hohish irodasi asosida, subyektiv tarzda o’zgartirib bo’lmaydi. Huquqiy qonunlar esa “o’z subyektlariga ega” 1
ikkinchidan, xuquqiy qonunlar asosan inson orqali jamiyatga ta’sir o’tkazsa, jamiyat qonunlari jamiyat orqali insonga ta’sir o’tkazish hususiyatiga ega; uchinchidan, xuquqiy qonunlar jamiyat qonunlariga nisbatan qisqa muddat faoliyat ko’rsatadi va tez o’zgarib boradi.
1 Гегель Г.В.Ф. Философия права. М., 1990, 67-бет. 26
to’rtinchidan, xuquqiy qonunlarning amal qilishi birdaniga boshlanib, birdaniga tugaydi (Bu asosan mavjud huquqiy qonunlarni obyektiv raraqqiyot qonunlariga to’g’ri kelmay qolishi va buning o’z vaqtida jamiyat tomonidan anglanishi bilan bog’liq). Jamiyat qonunlari esa tadrijiy o’zgarib boradi. beshinchidan, xuquqiy qonunlarga amal qilish subyektiv majburlov apparati (masalan: huquqni himoya qiluvchi davlat organlari) yordamida nazorat qilinadi. Jamiyat qonunlariga amal qilmaslik esa jamiyatni obyektiv inqirozga olib keladi (II bobda bayon qilingan). oltinchidan, xuquqiy qonunlar obyektiv jamiyat qonunlariga muvofiq kelishi lozim. Aks holda, huquqiy qonunlar real voqyelikdan uzoqlashib romantik qonunlarga aylanib qoladi. Inson va jamiyat obyektiv ravishda quyidagi qonunlar ta’siri bo’ladi: Dialektika qonunlari
Bu holat qonunning abstraktlikdan konkretlikka, umumiylikdan yakkalikka qarab borish jarayonidir. Jamiyat qonunlarining obyektiv shart-sharoitga to’g’ri kelmay o’z kuchini yo’qotishi, o’zgarib borishi va o’z o’rnini yangisiga bo’shatib berishi birdaniga kechmaydi. Bunda dialektikaning inkorni - inkor qonuni namoyon bo’ladi va asta- sekinlik bilan miqdor o’zgarishlarining tub sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni orqali amalga oshadi. Eski va yangi qonun o’rtasidagi almashinuvning eng oxiri “qizil chizig’”i bo’lgan sakrash, ya’ni revolyusiya sodir bo’ladi. Sakrash tadrijiy taraqqiyot natijasida, ma’lum bir obyektiv shart-sharoitlar yetilgandagina ro’y berishi mumkin Agar sakrash sun’iy tarzda, obyektiv shart-sharoit yetilmasdan turib, ayrim subyektiv omillar natijasida amalga oshirilsa , keskin o’zgarishlarga olib keladi va paranormal (g’ayritabiiy, obyektiv emas) qonunlar asosiga qurilgan
27
ijtimoiy nosog’lom jamiyatni yuzaga keltiradi. Marksizm ilgari surgan jamiyat ham mana shu holatlarni aks ettirgan edi (Bu haqda keyingi bobda aniqroq to’xtalamiz). Jamiyatning obyektiv taraqqiyoti qonunlari turli ijtimoiy davrlarda turli xil va turli ko’rinishlarda namoyon bo’lgan. Buni aniqlash uchun jamiyatning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini davrlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda biz hozirda bir-biriga qarama-qarshi qo’yilayotgan jamiyat tarixiga ilmiy-falsafiy yondashishning formasion va sivilizasion konsepsiyalariga duch kelamiz. Bu muammoni “yoki-yoki” tamoyili bilan emas, balki ijodiy yondashgan holda “va- va” tamoyili orqali hal qilish lozim” 1 . Bu ikki konsepsiya o’rtasidagi bog’liqlik quyidagi sxema orqli aniqlanadi:
FORMASIYa VA SIVILIZASIYa BOSQIChLARINING MUNOSABATI
1 Крапивенский С.Э. Цивилизационный подход к концепции человека и проблема гуманизации общественных отношений. Волгоград: ВолГУ, 1998, 28-бет ЁВВОЙИЛИК ВА ВАРВАРЛИК, ЯЪНИ ЦИВИЛИЗАЦИЯГАЧА БЎЛГАН ДАВР ИБТИДОИЙ ЖАМОА ФОРМАЦИЯСИ АГРАР ЦИВИЛИЗАЦИЯ БОСҚИЧИ ҚУЛДОРЛИК ФОРМАЦИЯСИ ИНДУСТРИАЛ ЦИВИЛИЗАЦИЯ БОСҚИЧИ ФЕОДАЛИЗМ ФОРМАЦИЯСИ КАПИТАЛИЗМ ФОРМАЦИЯСИ 28
X
1-chizma.
Yuqoridagi holatdan kelib chiqib shuni aniqlash mumkinki, postindustrial sivilizasiya va kommunizm formasiyasidan yuqoridagi ijtimoiy tarihiy davrlar o’zaro bir-birini to’ldiradi (postindustrial sivilizasiya va kommunizm formasiyasi munosabati bundan mustasno). Ya’ni, bir sivilizasiya bosqichida bir necha formasiya bo’lishi yoki bir nechta regional sivilizasiya(jamiyat)lar bir formasiyada faoliyat yuritishi mumkin. Garchi formasion yondashuv ma’lum kamchiliklarga ega bo’lsa-da, moddiy ishlab chiqarish munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni ifodalashi bilan birmuncha ahamiyatga ega.
ПОСТИНДУСТРИАЛ ЦИВИЛИЗАЦИЯ БОСҚИЧИ КОММУНИЗМ ФОРМАЦИЯСИ 29
II.BOB O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINING RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA IJTIMOIY TARAQQIYOT QONUNLARINING NAMOYON BO’LISHI 2.1. Mustaqillik – jamiyatning o’zini-o’zi boshqarish va o’zini-o’zi tashkil qilish qonunlarining namoyon bo’lishida asosiy ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit
Jamiyat qonunlarini, uning taraqiyotini “eski ideologiya” paradigmasi asosida, hyech qanday taraqqiyot variantini hisobga olmagan holda belgilash va yo’naltirish butun Sobiq ittifoq davlatlarini, hususan O’zbekistonni ham erkin taraqqiyotdan mahrum etib keldi. Avval Marks tomonidan ilgari surilgan, keyinchalik V. Lenin tomonidan keng targ’ib etilgan va ijtimoiy hayotga tadbiq etilgan taraqqiyotning sosializm orqali komunizmga, ya’ni eng adolatli, farovon hayotni kafolatlovchi jamiyatga olib boradigan taraqqiyotning bir yo’nalishli, yakka variantli modeli tarixning obyektiv shartlariga, zarbalariga dosh bera olmadi. Bu hol Rossiyaning o’zida ayanchli oqibatlarga olib kelgan bo’lsa, uning ittifoqchi mamlakatlarida (aslida uning mustamlakalari edi) buning oqibati ikki hissa ortiq bo’ldi. Jamiyat hayotining siyosiy sohada ma’muriy buyruqbozlikka, iqtisodiy sohada davlat monopoliyasiga, ijtimoiy sohada xususiy mulkchilikning inkori sifatidagi umumiy mulkchilikka, ma’naviy sohada esa asrlar osha shakllanib kelgan milliy ma’naviy qadriyatlarni yo’q qilish evaziga joriy etilgan baynalmilal (internasional) kommunistik mafkura asosiga qurilishi jamiyatning erkin taraqqiyoti qonunlariga zid edi. Jamiyat taraqqiyotining asosida muhim bir ijtimoiy qonunlardan biri, jamiyatning o’zini - o’zi boshqarish va o’zini-o’zi tashkil qilish qonunlari yotadi. Har bir jamiyat tarixning orqaga qaytmas rivojlanish jarayonida o’z taraqqiyotini avvalo shu ikki qonun asosida belgilaydi va yo’naltiradi. Bu jamiyatning huddi biologiyada odamning va boshqa jonzotlarning obyektiv shart-sharoitlarga adaptasiya, ya’ni moslashuvi sifatidagi o’zini-o’zi takomillashtirib boruvchi tabiiy jarayonning ijtimoiy shaklidir. Ammo jamiyatning bunday shakllanib borishi o’z- o’zidan ro’y bermaydi. Bu jarayon, avvalo taraqqiyot subyektlari: inson va alohida
30
yetakchining nazariy va amaliy faoliyatiga, hamda intellektual va ma’naviy salohiyati darajasiga bog’liq holda amalga oshadi. Bundan shunday hulosaga kelinadiki, jamiyat o’zini – o’zi boshqaruvchi va tashkillanuvchi substansiyadir 1 . Ammo bu ikki qonunning nomoyon bo’lishi (realizasiyasi) uchun muhim ijtimoiy shart-sharoitlar kerak bo’ladi. Bular, jamiyatning siyosiy jihatdan mustaqil bo’lishligi; jamiyatdagi insonlar siyosiy jixatdan faol bo’lishi; kuchli ijtimoiylashuv muhitining mavjudligi; xuququiy - siyosiy ong va madaniyatning yetukligi. Birinchi omil asosiy omil hisoblanib, keyingi omillar esa uning natijasi sifatida nomoyon bo’ladi. Ayrim hollarda esa qolgan omillar birinchi omilni yuzaga keltiradi yoki bir vaqtda o’zaro dialektik aloqada ta’sir ko’rsatadi. Sobiq Ittifoqning mustabid-totalitar tuzumi
hukmronligi davrida
(xronologiya bo’yicha 1917-1991) bu qonunlar deyarli amalda bo’lmadi. To’g’ri- rog’i, bu ikki muhim ijtimoiy qonun Marksistik-Leninistik nuqtai-nazardan baholandi. Ya’ni, inqilobiy o’zgarishlarga asosiy urg’u berildi va revolyusiya - ijtimoiy o’zini-o’zi tashkil qilishning asosiy usuli sifatida talqin etildi. Avvalo, jamiyat qonunlarining fenomenlik hususiyati shuki, har bir jamiyat qonuni subyektiv talqin etilishi yoki subyektiv manfaatlarga yo’naltirilishi mumkin. Bunday holatni biz SSSRning totalitar tuzumida ham ko’rdik. Bu qonunlarni jamiyat taraqqiyotiga to’g’ri va holisona yo’naltirilishini nazorat qiluvchi mezon - inson omilidir. Ya’ni har bir ijtimoiy qonun insonning baht-saodati uchun yo’nal- tirilmog’i kerak. Jamiyat qonunlarini to’g’ri anglab olish va amaliyotga qo’llash ijtimoiy faoliyatning insonparvarlik (gumanistik) tamoyilidan kelib chiqmog’i, uning manfaatlariga zid kelmasligi yoki uni ijtimoiy harakatlarning faqatgina obyektiga aylantirib qo’ymasligi lozim. Jamiyatning o’zini-o’zi tashkil etish qonuni inson faoliyati bilan bog’liq holda kechadigan ijtimoiy jarayondir. Uning subyekti inson va xalqdir. Avvalo, bu ikki qonun alohida ihotalangan qonun emas, ya’ni boshqa qonunlar: ehtiyojlarning ortib borishi qonunini, ishlab chiqarish va tehnologiyaning takomillashib borishi qonuni, moddiylik va
1 ПетровВ.П . Движущие силы и основные пути развитие человечского общества. “Геодезия”. М., 2000, стр.16. 31
ma’naviy uyg’unligi qonuni, taraqqiyotning fikrlar hilma-hilligi asosida yuzaga kelishi qonuni, aholining jipslashishi (ijtimoiy gravitasiya) qonuni, mafaatlar uyg’unligi qonuni va boshqa ijtimoiy qonunlar bilan o’zaro dialektik alokada yuzaga keladi. O’zini - o’zi boshqarish qonuniga ko’ra, jamiyat ikki sistema uyg’unligidan iborat: boshqaruvchi ichki tizimi va boshqariluvchi ichki tizim (podsistema ) 1 .
Avvalo bu qonun jamiyatning siyosiy hayotining aks ettiruvchi qonun bo’lib, ijtimoiy hayotning boshqa sohalariga ham bevosita ta’sir etish hususiyatiga ega. Bu qonunning asosiy mohiyati shundaki, jamiyat boshqa-ruvchi tizimni o’z manfaati yo’lida yaratadi. Boshqariluvchi tizim ko’p-chilikni tashkil etib, jamiyatda “ho’jayin” hisoblanadi. Boshqaruvchi tizimni tashkil etuvchi “elita” butun xalq, ya’ni boshqariluvchi tizim manfaatlariga mos tarzda faoliyat yuritishi talab etiladi. Bu qonun aslida, insoniyat tarihida davlatlar vujudga kelmasdan oldin, urug’-qabilachilik davrida shakllangan. Urug’ – qabilalar orasida boshqaruv tizimini tashkil etish qabila oqsoqollarini “saylash” ko’rinishida amalga oshirilgan. Davlatlarning vujudga kelishi bilan bu jarayon murakkabroq tus oldi. Mulkiy tengsizlikning vujudga kelishi o’zini-o’zi boshqarish va tashkil etish qonunlarining ayrim individlarning subyektiv ravishda boshqaruvchi tizim “a’zosi” ga, hukmronlikka intilishi kabi harakatlari bilan integ-rallashdi. Jamiyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan bu ikki qonun turli davrlarda turli ko’rinishlarda namoyon bo’lgan. Sivilizasiyalar tarixini boshlab bergan Sharq jamiyatlari: Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Xitoy sivilizasiyalarida bu qonunlar passiv ko’ri-nishda namoyon bo’lgan. Bu sivilizasiyalarda davlat boshqaruvi despotik usulda bo’lib “markazlashgan buyruqbozlik jamoa davlatlari” (“sentralizovanno - byurokratichesko - obщinnoye gosudarstvo”) 2 deb nomlanadi. Bu sivilizasiyalarda
1
Петров.В.П. Движущие силы и основные пути развитие человечского общества. М., “Геодезия”. 2000,
17-бет. ( http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000993/st000.shtml )
2 Как Восток стал Востоком, или “от Новуходоносора до Саддама”. “Партнер”. Дортмунд, № 7, 2003, стр. 70. (www.maranat. de) 32
davlat ma’muriy - buyruqbozlik asosida markazlashtirilgan va xukmdorga “ilohiy”lik maqomi berilgan. Hokimiyatning “muqaddas” sanalishi va uning avloddan-avlodga meros tariqasida o’tishi jamiyatning o’zini-o’zi boshqarish va o’zini –o’zi tashkil etish qonunlarining passiv axamiyatiga ega bo’lganligini ko’rsatadi. Bu qonunlar ayrim davrlarda qo’zg’olonlar va sulola(dinastiya) almashinuvla-ri ko’rinishida nomoyon bo’lib turgan. Jamiyatning o’zini-o’zi boshqarish va tashkil etish qonunlari davlat boshqaruvi apparatiga ega jamiyatlarda nomoyon bo’ladi. Chunki, jamiyat tashqi tashkil qiluvchi kuchlarsiz, har-har zamonda ro’y beruvchi ijtimoiy buhron (kataklizm)larni o’zida sodir etib, tashkillanuvchi uyushma, ya’ni davlat sifatida rivojlanadi 1 . Bu qonunlarga ko’ra jamiyatning boshqaruvchi ichki tizimi turli tarixiy davrlarda turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Masalan, ilk jamiyatlarda kohinlar, ruhoniylar, quldorlar; G’arb jamiyatlari - Yunon va Rim davlatlarida quldorlar, strateglar, konsullar; O’rta asr jamiyatlarida feodallar, dvoryanlar, pomeshchiklar, zodagonlar, boyarlar; industrial jamiyatlarda burjuaziya, kapitalistlar ko’rinishida tash-killangan. Jamiyatning bunday boshqaruvchi tizimi o’z faoliyatida butun jamiyat manfaatlarini ifoda etmog’i lozim. Aks holda, bunday “elita” boshqaruvchi ichki tizimni yemiradi va jamiyatni tanazzulga olib keladi. O’zini-o’zi tashkil qilish qonuni orqali jamiyat parchalanib ketmaydi va haosga aylanmaydi 2 .
bergan “Yunon mo’jizasi”, ya’ni falsafa, fan, adabiyot va san’atning jonlanishi Yevropa sivilizasiyasining ma’naviy asosini yaratdi. 1 Insonda mifologik dunyokarashning rasionallashuvi okibatida jamiyat boshkaruvida xam demokratiyalashuv ro’y berdi. Eramizdan avvalgi V asrga kelib jamiyat tarixida ilk demokratik tartibdagi shaxar - davlatlar paydo
1 B. П. Петров. Движущие силы и основные пути развитие человеческого общества. М., «Геодезия». 2000, стр. 17. ( http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000993/st000.shtml )
2 ПетровВ.П.. Движущие силы и основные пути развитие человеческого общества. М., «Геодезия». 2000, стр. 18.
http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000993/st000.shtml
33
bo’ldi. Afina demokratik polisi (shaxar-davlat)ining vujudga kelishi boshqaruv tizimidagi “mo’jiza” edi. Xukmdor(strateg)larning xalq tomonidan saylanishi va muxim qaror-larning xalq tomonidan muxokama qilinishi ko’rinishida jamiyatning o’zini-o’zi boshqarish va o’zini-o’zi tashkil qilish qonunlari to’laroq namoyon bo’ldi. Bu qonunning ishlashi ma’lum ijtimoiy shart- sharoitlar bilan bog’liq holda kechdi, ya’ni: birinchidan, falsafa va fanning taraqqiyoti, ilmiy falsafiy bilimlarning takomillashishi; ikkinchidan, Mifologik dunyoqarashning chekinishi, ilmiy dunyoqarashning shakllanishi. Ammo, bunday to’g’ridan-to’g’ri demokratiya, faqatgina shahar-davlat ko’rinishidagi kichik jamiyatlar uchun harakterli hususiyatdir. Chunki tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqsak, demokratiyani bu davrda yirik jamiyatlarda tadbiq yetib bo’lmasdi. Afina polisida saylovlar ochiq tarzda va maydonda o’tkazilgan. Shahar-davlatda faqatgina birgina saylov okrugi (agora) mavjud bulib, unda jamiyatning tub erkin erkak aholisi ishtirok etganligini hisobga olsak, bunday jamiyatda o’zini-o’zi tashkil qilish va boshqarish, butun jamiyat manfatlarining tuliq ifodalanishi cheklanganligini ko’rishimiz mumkin. Qullar va ayollar jamiyatning boshqaruvchi ichki tizimini tashkil etsa-da, ammo boshqaruvchi ichki tizim faoliyatiga ta’sir etish imkoniyatiga ega bo’lmaganlar. Antik davr faylasufi Platon, bunday shahar-davlat aholisi 5040 xujalikdan iborat bo’lishi va saylovda fuqarolar o’zaro bir-birini tanish darajasida bo’lishi lozimligini takidlaydi 1 . Demokratiyaning bunday sodda ko’rinishi ma’lum cheklanganlikka qaramay insoniyat tarixida ilk adolatli jamiyat boshqaruvi edi. Hozirgi davrgacha Afina demokratiyasi ayrim ijtimoiy-falsafiy oqimlar tomonidan ideal jamiyat sifatida baholanadi. Ko’rinib turibdiki, o’zini-o’zi boshqarish va o’zini-o’zi tashkil qilish qonunlari demokratik boshqaruv tizimlarida faol harakat qiladi. Bu ikki qonun jamiyatning va uni boshqaruvchi ichki tizim bo’lgan davlat apparatining normal va uzoq vaqt faoliyat yuritishi kafo-latchisidir.
1
Афлотун. Қонунлар. “Янги аср авлоди ”. Т., 2008 , 318-бет. 34
O’zini-o’zi tashkil qilinishining ikki ko’rinishi mavjud: 1. Obektiv yoki stixiyali boshqaruvdagi o’zini-o’zi tashkil qilish bo’lib, boshqaruvchi ichki tizim hokimiyat almashinuvi, dinastiya alma-shinuvi ko’rinishida yangilanadi. Bunday o’zini-o’zi tashkil qilish, boshqaruvchi ichki tizimning roziligisiz, boshqariluvchi ichki tizim-ning talabi bilan, ayrim hollarda zo’rlik usuli yordamida amalga oshiriladi; 2. Davlat va jamiyat boshqaruvining mavjud siyosiy tizimi o’zgarishi, masalan hukumatning iste’foga chiqishi natijasida ro’y beradigan boshqaruvning ongli almashinuvidir 1 . Boshqaruvchi ichki tizimini o’zini – o’zi tashkil qilishga majbur qiluvchi ikkita asosiy sabab bor:
Birinchi sabab, jamiyat boshqaruvchi tizimining masalani noto’g’ri hal qilishi, bunga Rossiyada B. Yelsin boshqaruvi davridagi reformalarni (islohotlarni) noto’g’ri ishlab chiqilishi va joriy etilishini misol tariqasida kursatishimiz mumkin. Ikkinchi sabab, qoniqarsiz o’zini-o’zi boshqarish bo’lib, bu sabab kengroq jarayonlarni qamrab oladi, yani mavjud tuzum butun jamiyat manfaatini ifoda eta olmay qoladi va bunda har qanday boshqaruvchi ichki tizimning faoliyati samara bermaydi. Bu holatda boshqariluvchi ichki tizim mavjud siyosiy va iqtisodiy tizimni boshqaruvchi ichki tizim orqali o’zgartirishi kerak bo’ladi. Bunga misol tariqasida sobiq sho’rolar siyosiy va iqtisodiy tuzumining boshi berk ko’chaga kirib qolishi va uning parchalanishini keltirishimiz mumkin. KPSS MK rahbari M. Gorbachev hukumati islohotlari ham amalda natija bermadi. Chunki mavjud ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy muammolarni ma’muriy buyruqbozlikka va qat’iy rejalashtirilgan bo-zor iqtisodiyotiga asoslangan sosialistik tuzum ijobiy hal yetish imkoniyatiga qodir emas edi. .
Darhaqiqat, mustabid tuzumda tafakkur qaramligi, xalqning milliy davlatchiligi tarixiy ildizlaridan ajratib qo’yilgani, mafkura yakka hokimligi bilan
1
Петров.В.П. Движущие силы и основные пути развитие человеческого общества. М., “Геодезия”. 2000, стр.18.
http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000993/st000.shtml )
35
bog’liq holatlar fuqarolarda: qo’rquv, hadiksirash, shubhalanish kabi stereotiplardan qutulishning birdan-bir yo’li o’z mustaqilligimizga erishmoq edi. Shu o’rinda Prezidentimiz I. Karimovning “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida: “-O’zingiz o’ylab ko’ringlar aziz do’stlar, mustabid tuzum, mustamlakachilik davrida biz kim edik?
-Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo’lida edi? -Ka’ba deb qayerga sig’inar edik? Har tong “Assalom!..” degan madhiya ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg’onardik?
-Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddun Naqshbandlarning muqaddas hoklariga e’tibor bormidi?...” 1 kabi savollarning qo’yilishi mustaqillikkacha bo’lgan davrda fuqarolar ongida milliy davlatchilik tafakkuri holatini ko’rsatadi.
Mustaqillik davrida o’zbek milliy davlatchilik tizimiga asos solindi va milliy davlatchilik tafakkuri shakllanishi uchun zarur asoslar yaratildi. Shu bilan birga istiqlolning ma’no-mohiyatini kishilarga to’g’ri anglatish, ularni mustaqillik bergan imkoniyatlarni amalga oshirishga jalb qilish bilan bog’liq nazariy va amaliy faoliyat ham vujudga keldi.
Rivojlangan davlatlar tajribasidan ma’lumki, siyosiy asoslar mustahkamligi inson tafakkuriga bog’liqligi tarixiy taraqqiyot jarayonida ko’p bor o’z isbotini topgan ijtimoiy haqiqatdir. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylangan O’zbekistonda yangi mazmun va shakldagi siyosiy tizim hamda tuzulmalar shakllanishi, bir tomondan, mustaqillik tafakkurining ijtimoiy-siyosiy asoslarini yaratdi 2 . Ikkinchi tomondan esa, ma’naviy asoslar milliy davlatchilik tafakkuri shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, insonning ruhiy dunyosi, moddiy va ma’naviy uyg’unligi: “Birinchi navbatda inson, uning ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma’naviy yuksalishi respublikada bo’lajak milliy-davlat va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo’lishi shart” 3 .
1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 6-б. 2 Қаранг. Каримов И.А. Буюк келажак сари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1997. – 15-17-б 3 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2011. –156-б. 36
Shu bois, milliy davlatchilik tafakkurining shakllanishi mamlakatda amalga oshirilayotgan ma’naviy sohadagi o’zgarishlarga bog’liqdir. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, asrlar davomida yaratilgan qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylab, kelajakka yetkazish bilan bog’liq sa’y-harakatlar katta ahamiyatga ega. Bunda ayniqsa, tarix falsafasi, xalqimizning xotirasi, boy madaniy merosdan to’la-to’kis foydalanish imkoniyati yaratilganini alohida ta’kidlash lozim 1 . Mustaqil O’zbekiston davlati davlat tili, davlat bayrog’i, gerbi, madhiyasiga ega bo’lishi fuqarolar ongida milliy davlatchilik tafakkurining shakllanishida ramziy vosita hisoblanadi. Holbuki, ramzlar shunchaki ranglar yig’indisidan iborat shakllar emas, ular ayni ana shu davlatning va shu mamlakat fuqarolarining o’zligidan kelib chiqqanligi, qolaversa davlat siyosatining mazmun- mohiyatini o’zida mujassam etgan.
Xullas, mustaqillik yillarida milliy davlatchilik tafakkurining huquqiy poydevori, Konstitusiyaviy asosi yaratildi. Buning fuqarolar ongida milliy davlatchilik tafakkuri shakllanishida ahamiyati beqiyosdir. Prezidentimiz e’tirof etganlaridek, - “Hur O’zbekistonimizning tarixida birinchi Konstitusiyani qabul qilish – Respublikamizning yangidan tug’ilishidir, huquqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Konstitusiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo’lishi muqarrar” 1 . Prezidentimizning ushbu nazariy
va amaliy
fikrlari O’zbekiston fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning ongi va qalbida muhrlanib qolib, ularning tafakkurida “davlati bilan faxrlanish 2 ” his-tuyg’ularini uyg’otishi muqarrar. Shunday qilib, suveren O’zbekiston Konstitusiyasi jamiyatimizga xalq manfaatlari yo’lida islohotlarni izchillik bilan davom ettirishda shart-sharoit yaratish uchun huquqiy asos bo’lib, u inson huquqlarini, barqarorlikni va har bir oilaning munosib hayot kechirishini ta’minlamoqda. O’zbekiston Konstitusiyasi
1 Қаранг. Каримов И.А. Буюк келажак сари. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 1997. – 19-21-б 1 Каримов И.А. Ўзбекистон келажаги буюк давлат. – Тошкент: ”Ўзбекистон”, 1992. – 44-б. 2 Қаранг. Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 90-б. 37
barcha fuqarolariga ishonchli istiqbolni belgilashi milliy davlatchilik tafakkuri shakllanishiga dasturil amal vazifasini bajarmoqda. Ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlari o’zlarining ming yilliklar mobaynida shakllangan olamshumul siyosatlari, ma’naviy barkamol davlatchilik an’analari bilan jahon davlatchiligi va siyosati taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Xorazmshohlarning adolat va insonparvarlikka tayangan saltanatlari, sohibqiron Amir Temur turkiy ulusni birlashtirib, markazlashgan davlat tuzishi, milliy iftixori uchun kurashish va buyuk temuriylar saltanatiga asos solishi, Mirzo Ulug’bekning fan va madaniyat ravnaqiga, Zahriddin Muhammad Bobur tomonidan turli dinlar va mazhabdagi xalqlarni birlashtirib, insonparvar Hind davlatini vujudga keltirish yo’lidagi tajribalari va yutuqlari bugungi kunda ham O’zbekiston fuqarolari ongida shakllanayotgan milliy davlatchilik tafakkuriga qo’shilgan beqiyos boy merosdir.
O’zbekiston mustaqilligi – qadriyatlarimizning tiklanishi – milliy, diniy, umuminsoniy ma’naviy merosni avlodlarga qoldirishning birdan bir imkoniyatidir. Demak, milliy tiklanish va o’zlikni anglashning ham siyosiy asosini milliy davlatchilik tafakkuri tashkil etadi. Binobarin, milliy davlatchilik tafakkuri o’zida davlatchiligimiz poydevori haqidagi bilimlar, davlatimizning bugungi shukuhi, salobati va buyuk kelajagi haqidagi aniq, ilmiy tasavvurlar asosida fuqarolar ongida “Mustaqillik tafakkuri” vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Mustaqillik tafakkuri esa, o’z navbatida fuqaroning erkinligini anglatib, milliy davlatchilik tafakkurini shakllantiradi va davlatimiz istiqbolini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’zbek davlatchiligi taraqqiyotning barcha davrlarida davlat, jamiyat hayotini tashkil etuvchi, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshiruvchi yetakchi kuch bo’lgan. Davlatga, uning rahbariga katta ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’lish o’zbek xalqi turmush tarzidagi muhim siyosiy qadriyat bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Milliy davlatchiligimizdagi mazkur an’ana mustaqillik sharoitida o’zining mantiqiy ifodasini topdi va yangi mazmun bilan boyitildi. Tarixan qisqa muddat ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy-siyosiy islohotlar davlatning bosh islohotchilik qudratini namoyon qildi. 38
Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash, mazkur bosqichdagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifa jahondagi globallashuv sharoitida, turli mintaqalardagi vaziyatning keskinlashuvi O’zbekiston suvereniteti va jamiyat barqaror taraqqiyotiga xavf solishi mumkin bo’lgan tahdidlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimlarini yaratmoqda. “Bularning barchasi, - deb ta’kidladi Prezidentimiz I.A.Karimov, - yangicha qadriyatlar va demokratik prinsiplar mohiyatiga o’z turmush va tafakkur tarzimizga mos, biz barpo etishga intilayotgan erkin fuqarolik jamiyati talablariga javob beradigan munosabatlar sifatida ijtimoiy fanlarning asosiy tadqiqot mavzulariga aylanishi darkor” 1 . Mustaqilligimizning dastlabki yillaridagi ilk islohotlardan biri bu - totalitar tuzum davridagi ma’muriy buyruqbozlik tizimiga xos bo’lgan organlardan va ularning xususiyatlardan voz kechib, ularga barham berilishidir. Chunki bunday xususiyatlar ko’plab rivojlangan mamlakatlar tomonidan umume’tirof etilgan tamoyillarga mos kelmas edi. Shu bois, o’z milliy davlatchiligini yangidan barpo etish va jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lish asosiy maqsadi bo’lgan O’zbekiston, davlat hokimiyati organlarini qaytadan tashkil qildi. U mazkur ishni amalga oshirishda umume’tirof etilgan tamoyillarga tayandi. Shunga ko’ra O’zbekistonda davlat hokimiyati organlarining yangi tizimini ya’ni: Qonun chiqaruvchi, Ijro etuvchi va Sud hokimiyatlari shakllantirildiki, bularning barchasi fuqarolarning davlatchilik tafakkurida tub o’zgarishlar yasadi.
Davlat markaziy hokimiyatining barcha sohalarini chuqur demokratlashtirish bilan birga, uning organlarida totalitar tuzumidan meros bo’lib qolgan, ma’muriy- buyruqbozlik tizimiga xos bo’lgan, to’rachilik va mansabparastlikni batamom tugatib, boshqaruvni demokratik qadriyatlar asosida mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.
O’zbekiston Respublikasining yangi davlat tizimi ilgaridan amalda bo’lib kelgan xalq deputatlari Sovetlari - davlat hokimiyati organlarining yagona tizimini tashkil etishga barham berdi, joylarda mahalliy vakillik va ijroya hokimiyati
1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: “Маънавият”, 2008. – 125-126-б. 39
organlari orasida batamom yangicha ish shakllarini o’rnatdi. Ma’lumki, hokimiyat organlari o’rtasida yuzaga kelgan bu yangicha ish shakllari, yangicha munosabatlarni vujudga keltirdi. Bu esa, o’z navbatida yangi sharoitda davlatning, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining: siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari, ijtimoiy tuzilmalar fuqarolik jamiyatining endigina paydo bo’lib kelayotgan xilma-xil institutlari bilan ishlash va hamkorlik qilishning yangidan-yangi shakllarini izlab topishni taqozo etmoqda. Xususan, O’zbekistonda hozirgi kunda o’tkazilayotgan islohotlar hokimiyatning barcha pog’onalarida vakolatlarini, huquqlarini va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, o’zaro amaliy hamkorlik shartlarini aniq belgilab berishni nazarda tutadi.
Demak, mustaqillikni mustahkamlash, fuqarolar ongida milliy davlatchilik tafakkurini bunyodkorlik salohiyatini oshirish uchun: birinchidan, milliy davlatchilik tariximizni, bu sohada xalqimizning insoniyat oldidagi xizmatlarini yaxshi bilishimiz; ikkinchidan, hozirgi hayotimizda yuksak milliy davlatchilik tafakkuri asosida jahon andozalari va mezonlariga javob bera oladigan jamiyat qurishimiz; uchinchidan, ilg’or davlatlarning, boshqa millatlarning tajribalarini o’rganish va o’zlashtirish; to’rtinchidan, ijtimoiy-siyosiy bag’rikenglikni rivojlantirishda milliy davlatchilik tafakkurini shakllantirishning samarali usullaridan foydalanish; beshinchidan, davlatchilik tafakkurini rivojlantirishga qarshi har qanday tahdidlarni bartaraf qilishning zarur sharti g’oyaviy immunitetni shakllantirish taqozo qilinadi. Zero, “Tafakkuri sog’lom bo’lmagan shaxsda g’oyaviy immunitet va iroda zaif bo’ladi. U mustaqil fikrlash, hodisa va jarayonlarni xolis baholash ko’nikmasidan mahrum bo’ladi”.
Shunday qilib, islohotlar jarayonida demokratik siyosiy tuzum asoslari yaratilganligi milliy davlatchilik tafakkurini shakllantirishga va shu asosda siyosiy tashkilotning mafkura va fikrlar turli-tumanligi asosiga qurilgan bo’lib, davlat va jamiyatni boshqarishda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlaydi. Prezidentimiz I. Karimov ta’biri bilan aytganda, “Jamiyatimiz siyosiy hayotdagi eng muhim yutug’imiz esa – har bir inson va fuqarolarning tafakkuri va dunyoqarashi
40
o’zgarayotgani, uning siyosiy va ijtimoiy ongi, umumiy saviyasi izchil ravishda yuksalib borayotganidir” 1 .
Umumlashtirib aytganda, birinchidan, O’zbekiston mustaqilligi – milliy davlatchilikning bosh strategik maqsadi hisoblanadi. Zero, mustaqillik mustabid va mafkuralashgan tuzum kishanlaridan ozod qildi, o’zbek xalqiga o’z yurtida boshini baland ko’tarib yurish, o’z madaniyatini an’analarini, qadr-qimmatini, dini va e’tiqodini, ona tili va ma’naviyatini qayta tiklash imkonini berdi. Ikkinchidan, O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qaror topishi, islohotlarning inson manfaatlariga xizmat qilishi, komil insonni voyaga yetkazish siyosati, fuqarolarda milliy davlatchilik tafakkuri shakllanishi va rivojlanishining shartidir. Uchinchidan, milliy davlatchilik tafakkurini millat va Vatan manfaatlariga mos holda rivojlantirish uchun davlatimizning: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy sohalardagi islohotchiligi to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. To’rtinchidan, mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, fuqarolari totuvligi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi, davlat va jamiyat hayotiga tahdidlarga qarshi ogohlikni kuchaytirishda, o’z xalqi va davlatchilik tarixini, madaniyatini, urf-odati va an’analarini yaxshi biladigan milliy g’ururi yuksak avlodni tarbiyalashda, milliy davlatchilik tafakkurini rivojlantirishning roli beqiyosdir. Beshinchidan, milliy davlatchilik tafakkurining shakllanishi har bir inson kamoloti uchun zarur shart-sharoit yaratish bilan birga, uning kamoli, hayot farovonligini ta’minlaydigan islohotlar jarayonidir. Chunki demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini milliy davlatchilik tafakkurini rivojlantirmasdan turib qurib bo’lmaydi.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling