- 1. Insonning rivojlanish bosqichlari va yosh davrlari
- 2.Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi
- 3.O‘zlashtirish jarayonining tavsifi.
- 4. Oliy psixik funksiyalarning shakllanishi.
- Inson umrini ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr embrionlik davri hisoblansa, ikkinchi davr – tug‘ilgandan keyingi hayot. Embrionlik davrida farzand bir hujayralilardan tortib to hozirgi kunga qadar filogenetik taraqqiyot bosqichlarini qaytaradi. Bola tug‘ilgandan keyingi davrlar esa quyidagi bosqichlarga bo‘linadi.
- Chaqaloqlik davri: (tug‘ilganidan 1 oylikkacha bo‘lgan davr)
- Go‘daklik davri (1 oydan– 1 yoshgacha)
- Ilk bolalik davri (1 yoshdan – 3 yoshgacha)
- Maktabgacha yoshdagi davr (3 yoshdan– 7 yoshgacha)
- Kichik maktab yoshi davri (7 yoshdan –10 yoshgacha)
- O‘smirlik davri (10 yoshdan–15 yoshgacha)
- O‘spirinlik davri (15 yoshdan–23 yoshgacha)
- Yetuklik davri (23 yoshdan–55 (60) yoshgacha)
- Keksayish davri (60 yoshdan –74 yoshgacha)
- Keksalik davri (75 yoshdan–90 yoshgacha)
- Uzoq umr ko‘ruvchilar (90 yosh va undan yuqori)etuvchi soha ekanini esimizdan chiqarib qo’llaymiz.
Chaqaloqlik davri - Bolaning ona qornidagi o‘sish davri onaning organizmiga uzviy bog‘liq holda kechadi. Chaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o‘zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi. Chaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda himoyaga muhtojroq, nochorroq bo‘lib tug‘iladi. Tug‘ilish arafasida unda nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo‘ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha yengillashtiradi. Chaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar ta’sirida vujudga keladi. Chaqaloqlik davrida asosan sezish shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |