2-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari (4 soat)
Download 64.96 Kb.
|
2-mavzu.
2-mavzu. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI (4 soat) 2.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘llari 2.2. Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish yo‘nalishlari 2.3. O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish 2.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash yo‘llari Bugungi kunda barqaror iqtisodiy o‘sishning yo‘nalishlaridan biri sifatida mamlakatimizda o‘zlashtirilayotgan investisiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Invetisiyalarning mamlakat iqtisodiyotiga kirishi natijasida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish korxonalarining faolligi oshmoqda. Buning natijasida aholining ish bilan bandligi va aholi daromadlari oshmoqda. Bu esa o‘z navbatidi YAIMning o‘sishini ta’minlaydi. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakat rivojlanishining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tendensiyalarini bilish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning tarmoq tuzilmasi tahlil qilingan. Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy o‘sish sur’ati milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi YAIM umumiy hajmining 89,8 foizini tashkil etdi va 5,3 % ga o‘sdi (YAIM mutloq o‘sishiga ta’siri 4,8 % punktni tashkil etdi). Mahsulotlar uchun sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 10,2 % ni tashkil etdi va YAQQ kabi 5,3 % darajada o‘sdi (YAIM mutloq o‘sishiga ta’siri 0,5 % foizni tashkil etdi). O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni tahminlash borasida ulkan natijalar ko‘zlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz: iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash; omamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash; xususiy mulkchilikni rivjlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal o‘sishini ta’minlash; onarxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida bank kreditlarini aynan iqtisodiyotning real sektoriga jalb Download 64.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling