2-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari (4 soat)


-jadval O‘zbekistonda YAIMning tarmoq tuzilmasi1


Download 64.96 Kb.
bet2/6
Sana03.10.2023
Hajmi64.96 Kb.
#1691138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu.

2.1-jadval
O‘zbekistonda YAIMning tarmoq tuzilmasi1

Qo‘rsatkich nomi



2016yil



2017yil



2016 yilga nisbatan
(%)

YAIM (Yaqq) o‘sishida
tarmoqlar hissasi



mlrd.so‘m

I. YAIM

199 871,6

249 136,4

105,3

6,3

shu jumladan:







tarmoqlarning yalpi
qo‘shilgan qiymati

178 053,1

223 829,8

105,3

4,8

mahsulotlarga sof
soliqlar

20 818,5

25 306,9

105,3

0,5

II. Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati

178 053,1

223 829,8

105,3

6,3

qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi

32 276,8

43 149,8

102,0

0,4

sanoat (qurilish bilan)

58 546,0

74 876,1

104,8

1,5

sanoat

45 398,0

59 650,9

104,6

1,1

qurilish

19148,0

15225,2

105,6

0,4

xizmatlar

87 320,3

105 803,9

106,9

3,4

savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha
chizmatlar

19833,2


25 773,9



103,9


0,4


tashish va saqlash, ahborot va a’loqa

21 113,0

24,553

108,9

1,1

boshqa xizmat tarmoqlari

46,284,1

55,476,8

107,3

1,9

etilishinita’minlash;



  • aholining iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob uskunalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish;

  • iqtisodiyotni modernizasiyalash, tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish;

  • yalpi ichki mahsulot hajmi oshishini ta’minlaydigan, bugungi kunda dunyoda dolzarb masalaga aylanayotgan axborot-kommunikasiya xizmatlarini keskin darajada o‘stirish;

  • malakatdagi mavjud ilmiy va innovasion salohiyatlardan unumli foydalanish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini va sifatini yaxshilab, ularning jahon bozorlariga ko‘proq sotilishini ta’minlash;

  • iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va institusional modernizasiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish;

  • iqtisodiyot tarmoqlarida tadbirkorlikni kengaytirishni rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada faollashtirish;

  • moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaksiya xarajatlarini pasaytirish;

  • aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

Ushbu tadbirlar yanada takomillashtirilib, zaruriy dasturlar va loyihalar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, O‘zbekistondagi barqaror iqtisodiy o‘sishning uzoq vaqt davom etishi ta’minlanadi.
Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning quyidagi vazifalari belgilab olindi: makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institusional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tug‘ilganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi.



Download 64.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling