2-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari (4 soat)


O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish


Download 64.96 Kb.
bet5/6
Sana03.10.2023
Hajmi64.96 Kb.
#1691138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu.

2.3. O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish

O‘zbekiston iqtisodiyotiga investisiyalar jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini


o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuning uchun ham Harakatlar strategiyasida ushbu sohani yanada rivojlantirish va Markaziy bankning asosiy regulyatori bo‘lmish, qayta moliyalash stavkasini o‘rnatishning xalqaro metodikasidan kelib chiqib, shuningdek, iqtisodiyotning ochiqligi va moliya bozorlarining rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutalar va oltin bilan amalga oshiriladigan svop operasiyalari hajmini oshirish va milliy valyutaning nominal almashuv kursini AQSH dollari, yevro va Yaponiya iyenidan tashkil topgan “valyuta savati”ga nisbatan aniqlashni joriy qilish yo‘li bilan milliy valyuta-so‘mning devalvasiya sur’atini pasaytirish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki AQSh Federal zaxira tizimi, Yevropa Markaziy banki va Yaponiya Markaziy banki bilan valyutaviy svop operasiyalarini uzluksiz ravishda amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishi lozim. Buning natijasida, birinchidan, joriy valyuta bozorining likvidliligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar barham topadi; ikkinchidan, Markaziy bankning rasmiy xalqaro valyuta zaxiralarini boshqarish imkoniyati kengayadi.
Ushbu boradagi to‘planib qolgan muammoni bartaraf etish uchun valyutani tartibga solishning ilg‘or bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish kun tartibidagi birlamchi masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham valyutani tartibga solishning yangicha mexanizmalarini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini tayyorlash Harakatlar strategiyasida belgilab qo‘yildi. Qaror loyihasida quyidagilarning aks etishi nazarda tutilgan:
valyuta bozoridagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, bozor mexanizmini hisobga olgan holda, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi va qo‘llab-quvvatlovchi valyuta kursi siyosatini takomillashtirish; tadbirkorlik sub’yektlarining o‘z valyuta mablag‘larini erkin tasarruf
etish huquqini to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash; har qanday manipulyasiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan holda, xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash;
tijorat banklari tomonidan jalb qilingan va o‘z resurslari hisobidan xorijiy valyutani tegishli qoidalarga rioya qilgan holda erkin sotish tizimini joriy qilish; byudjetga qo‘shimcha tushumlar, tijorat banklarining joriy kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini vaqtinchalik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
Byudjet mablag‘lari mamlakatning makroiktisodiy barkarorlikka erishish yo‘lida Hukumat tomonidan yaqin va uzoq davrlarga mo‘ljallangan davlat dasturlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Harakatlar strategiyasida ko‘tarilgan yana bir muhim masala bu - soliq ma’muriyatchiligi sifati va samaradorligini yaxshilashdan iboratdir. Ushbu masalani hal etish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  1. soliq qonunchiligini tanqidiy o‘rganish va tahlil qilish, huquqni qo‘llashda ortiqcha va murakkab normalarni bartaraf etish, soliqqa tortish bazasini hisoblash jarayonini soddalashtirish, yagona bazadan undiriladigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikasiya qilish, shuningdek, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan takliflar tayyorlash;

  2. soliq yukini, shu jumladan: yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy belgilangan soliq miqdorini, shu jumladan, faoliyat ko‘rsatish (masalan, uzoq va borish qiyin bo‘lgan) joylarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish; yirik korxonalarga bo‘lgan soliq yukini maqbullashtirish hisobiga izchil pasaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Iqtisodiyotda optimal soliq yuki darajasini amalda ushlab turish orqali soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faolligini oshirishga, ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishga, bu orqali esa mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga erishish mumkin. Soliq imtiyozlaridan foydalangan holda kichik korxona o‘z faoliyatini kengaytirishga, ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga hamda oxir-oqibat o‘zining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga erishmas ekan, taqdim etilgan soliq imtiyozlari faqatgina ular sonini ko‘paytirishgagina xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun, kichik tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan amalda bo‘lgan soliq imtiyozlarining soni, hajmidan tashqari, ularning mazkur sub’yektlar faoliyati davomidagi samaradorlik ko‘rsatkichini ham tahlil qilib borish lozimdir.

Download 64.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling