2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayonida yo`qotishlarni qisqartirish usullari. Reja
Download 163.22 Kb. Pdf ko'rish
|
2-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH JARAYoNIDA YO`QOTISHLARNI QISQARTIRISH USULLARI. Reja: 2.1. Ishlab chiqarishda yo`qotishlar tasnifi va yapon atamasi. 2.2. Yo`qotishlarning turlari va tasnifi. Hozirgi kunda ko`pchilik ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida ko`zga ko`rinmas ayrim kamchiliklar o`z ta’sirini ko`rsatmay qo`ymaydi. Bu holat ishlab jarayonida yo`qotishlarni keltirib chiqarib tashkilot foydasiga ta’sirini keltirib chiqaradi. Yo`qotishlarni oldini olish uchun korxonanini har bir ishchi xodimi birga shaffovlik bilan ishlash kerak, shunda ish jarayonida xech qanday yo`qotishlar kelib chiqmaydi. Yo`qotishlar bu – istehmolchi haqqini to`lamaydigan barcha faoliyat (istehmolchi uchun ahamiyat kasb etmaydigan barcha faoliyat). Muda – bu yapon tilida, zahiralar sarfini ko`paytirib, ahamiyat kasb etmaydigan faoliyatga aytiladi. Muda (MUDA) «yo`qotish» - Mahsulot tan narxini oshishi, har qanday katta xarajatga qaramasdan unga bo`lgan talabni kamaytirmaydi. Mura (MURA) «bir tekisdamaslik» - Jarayon natijalari yoki ish usullari bir tekisda emasligi. Muri (MURI): «ortiqcha, kerakgidan ortiqcha narsa» - Insonni belgilangan mehyorlardan ortiq ishlashi bahzi bir salbiy holatlarga (qaltis harakatga) olib keladi. Tamkor ishlab chiqarishning asoslaridan yana biri yo`qotishlarni 8 turidir. Bu yo`qotishlarga faqat ishlab chiqarish liniyasi emas, balki mahsulotni qayta ishlashda, buyutma qabul qilishda va ish yuritishda bo`ladigan xolatlar kiradi. Yo`qotishlarni 8 turiga quyidagilar kiradi: 1. Ko`p ishlab chiqarish (ortiqcha ishlab chiqarish). 2. Tashish (etkazib berish, jo`natish). 3. Kutish. 4. Zaxiralar. 5. Nuqsonlar. 6. Ortiqcha ishlov berish. 7. Xarakatlar. 8. Ijodiy imkoniyatlarni yo`qotishlar. Download 163.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling