2-mavzu: ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda tashkiliy xulq reja


Download 73.01 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi73.01 Kb.
#1574667
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

4. Ko‘proq xushomadli, ya’ni suhbatdoshning ijobiy sifatlarini biroz bo‘rttirib izxor etuvchi so‘zlarni aytish. Shu bilan birga, xushomad quyidagi talablarga javob berishi kerak:
 sifatni bir vaqtning o‘zida ham ijobiy, ham salbiy baholash mumkin bo‘lgan
ikki xil ma’noli so‘zlarsiz, kishining faqat yaxshi sifatlarini aks etdirish;
 ijobiy sifat maqtovga aylanmasdan faqat biroz bo‘rttirishga ega bo‘lishi kerak
xolos;
 odam qutulmoqchi bo‘lgan sifatlariga oid xushomadlar qilmaslik;
 xushomadgo‘ylikni o‘rgatish va maslaxatlar bermaslik kerak;


5. Yaxshi tinglovchi bo‘lishga intilish. Muloqotga to‘siq hosil qiluvchi sharoitlar tug’dirmaslik. Buning uchun:
 suhbatdosh uchun ochiq bo‘lish, uni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish;
 hamma ma’lumotlarni oxirigacha tinglash;
 samimiy va e’tiborli bo‘lish;
 o‘zaro munosabatda faol va tabiiy ishtirok etish;
 suhbatdoshning nutqqa oid bo‘lmagan xulqini kuzatish;
 o‘z fikrini ochiq va tushunarli izxor etish;
 mas’uliyatli bo‘lish.
Ideal variant bu so‘zlashuv vaqtida hamjihatlik va hamkorlik bo‘lib, bunda kishilarning xis-tuyg’u, fikr va qiziqishlari o‘zaro monand bo‘ladi. Agar kishilar bilan muomalada o‘xshashliklar va o‘zaro qiziqtiruvchi masalalarda e’tibor mujassamlantirilsa, hamjihatlikka erishish ancha oson bo‘ladi. Rapport hosil qilishning
eng unumli vositasi - bu peysing, ya’ni boshqa odamning ko‘zgudagi aksi bo‘lish,
masalan, u ko‘rayotgan, eshitayotgan, xis qilayotgan narsalar unga to‘g’ri va odil bo‘lib tuyuladigan vaziyatni hosil qilish. O‘zaro yoqtirish bor joyda, ya’ni rapport mavjud bo‘lsa, peysing mutlaqo beixtiyor o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi. Ammo peysingni ixtiyoriy ravishda tatbiq etish mumkin, ya’ni rapportga erishishning o‘ziga xos usuli.
Kishilarning ko‘zgu aksini turli usullarda hosil qilish mumkin:
 birinchi usul - tana tilida (tana vaziyati, oyoq holati, imo-ishoralar);
 ikkinchi usul - nutq orqali (tovush tembri, nutq sur’ati, so‘zlar majmui, ohang);
 uchinchi usul - xis-tuyg’u orqali (chidab turishlik, xurmat,manfaatdorlik).
Ko‘p mojarolarning sababi nutqning turlicha sur’ati, bohabarlik darajasi va hokazo.
Yaxshi taassurot hosil qilish uchun kishining atrofdagilardan oladigan diqqat-e’tibor belgilari juda muhim. G’arb psixologiyasida barcha diqqat-e’tibor belgilari uchun strouks (inglizchadan «silab turish») iborasi qo‘llaniladi. Stroukslarni bir necha toifaga ajratish mumkin: ijobiy-salbiy, fizik- psixologik, sababli - bexosdan. Ijobiy belgilar bizga shodlik bag’ishlasa, salbiylari achinish keltiradi, lekin eng
yomoni «nol»li e’tibor belgilaridir. Ruhiy kasalliklarning ko‘p xillari insonning kerakmasligidan (u bilan hisoblashmaslikdan, uning hisobida salbiy va «nol»li e’tibor belgilarining ko‘pligidan) kelib chiqadi. Ba’zan Sizning suhbatdoshingizga
ko‘rsatayotgan iltifotlaringiz, uning tomonidan salbiy qarshi olinadi. Bunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling.
1. Agar odam ijobiy e’tibor belgilariga salbiy reaksiya ko‘rsatsa, unda u ularni yanada ko‘proq olgisi kelayapti.
2. Siz tomoningizdan ko‘rsatilayotgan iltifot Sizning fe’lingizga yoki muayyan vaziyatga mos tushishi kerak. A’lo darajada maqtab aytiladigan so‘zlarning xaddan
tashqari ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Tabiiy va samimiy bo‘ling.
3. Sizning tomoningizdan yaxshi strouks (qo‘l siquvlar, maqtovlar va hokazo) - bu e’tibor: ko‘z bilan ko‘rishish, tananing to‘g’ri holati, suhbatdosh ismini atash va hokazo.
4. Kishining Siz ko‘rsatgan iltifotlarga munosabati Sizning unga bo‘lgan haqiqiy munosabatingiz bilan belgilanadi. Maqtov doim sezilarlidir va xatto maqtovlar bilan o‘zingizning salbiy munosabatingizni yashira olgan bo‘lsangiz ham, Siz uni butunlay alday olmaysiz, chunki tana tili doim haq.
5. Siz tomoningizdan boshqa kishiga ko‘rsatilgan iltifot yuz karra ko‘payib qaytadi.
6. Iltifot ko‘rsatayotib, dakki iboralar, qolip va shablonlardan o‘zingizni olib qoching. O‘z o‘zingiz bo‘ling, chunki yasama harakatlar Sizni yaxshi biluvchi odamlarga ko‘rinib turadi.
7. Sababsiz mulozamatlarga alohida e’tibor bering. Kutilmagan shodlik va e’tiborni samimiyroq va chin yurakdan ifoda etishni o‘rganing.
8. Agar Siz ko‘rsatgan iltifotlaringizga darrov ijobiy javob ola olmagan
bo‘lsangiz, hafa bo‘lmang. Ularni suhbatdoshingiz uchun muhim bo‘lgan sohalarda kursatavering.
9. Atrofdagilarga Siz ko‘rsatayotgan ijobiy e’tibor belgilari ko‘p bo‘lsa, Sizning tanqidlaringiz ham engil qabul qilinadi, ya’ni ta’na sifatida emas, maslahat, konstruktiv taklif sifatida.
Ba’zan bizning biznesmenlar g’arbiy sheriklarda yaxshi taassurot qoldiraman deb xatolarga yo‘l qo‘yadilar.
1. Birinchi uchrashuvdayoq o‘zlarini juda bilag’on qilib ko‘rsatadilar. Buning o‘rniga xotirjamlik, ishbilarmonlik va hurmatli muomala bo‘lishi kerak.
2. Ba’zan muhim majlislar begona tanishlar tomonidan bo‘linib qoladi. Bunday hollarni sezmaslikka olish yaramaydi, shu bilan birga uzoq vaqt ishdan chalg’ish ham mumkin emas.
3. Muloqotda bosiq bo‘ling. Mavjud muammoni chetlab o‘tib, keyin o‘z
so‘zining ustidan chiqa olmaslikdan ko‘ra, bu muammoni sherik bilan bo‘lashib olib hal qilish yaxshiroq.
4. Tezlik bilan foyda ko‘rishga mo‘ljallangan maqsad-e’tiborni chetlab o‘ting, uzoq muddatli sheriklikka intiling.
5. Muzokaralar davomida xatto qandaydir muammolar paydo bo‘lgan bo‘lsa ham sertakalluflik atmosferasi xukm surishi kerak. Alternativa (boshqa imkoniyat) taklif qilmasdan, uzil-kesil «yo‘q» demang. Muammoning echimi doim topiladi. Sizning kerakli echimni topish uchun tasavvuringiz etarli ekanligini ko‘rsating.
6. Barqarorlik - nodir sifat. Agar fikrlashib, qandaydir qarorga kelgan bo‘lsangiz, bu masalaga boshqa qaytmang. Agar Sizga o‘ylab ko‘rish uchun vaqt kerak bo‘lsa, yaxshisi qaror chiqarish muddatini keyinga suring.

Download 73.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling