2-mavzu: ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda tashkiliy xulq reja
Ishontirib asoslash uchun quyidagi usullarga murojaat qiladilar
Download 73.01 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Ishontirib asoslash uchun quyidagi usullarga murojaat qiladilar:
fundamental usul (dalil va raqamlar bilan tanishish nihoyatda ishontirarli); xulosalar chiqarish usuli (kerakli xulosaga keltiruvchi dalillarning uzluksiz ketma-ketligi); solishtirish usuli; «ha - ammo» usuli (muhokama qilishga imkon beradi); bo‘laklarga ajratish usuli (sherikning noaniq argumentlarini to‘g’ri, bahsli va xatolariga ajratish); «bumerang» usuli (sherikning o‘zinikiga zid bo‘lgan dalillarini ishlatish); mensimaslik usuli; so‘rab bilish usuli (suhbatdosh pozitsiyasini aniqlash uchun savollar berish); go‘yo qo‘llab-quvvatlayotganlik usuli (boshida sherik dalillariga rozi bo‘lib turib, uni xatto rivojlantirish, ammo oxirida engib bo‘lmaydigan kontrargumentlar keltirish). Opponentlardan o‘zini xavfsizlantirish uchun qo‘llaniladigan xiylalar ham mavjud: bo‘rttirish nayrangi, anekdot nayrangi, avtoritet nayrangi va hokazo. Partner omilkorligining etarli emasligini ko‘rsatuvchi usullar. Suhbat iloji boricha halol va ochiq bo‘lishi kerak, lekin albatta o‘ziga bezarar. Tinglashni bilish madaniyatning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Ammo biznesda tinglashni bilish madaniyatdan tashqari yutuq garovi hamdir. Haqiqiy tinglovchi kishi nutq so‘zlovchi uchun eng yaxshi maqtov nishonasidir. Diqqatli va hamnafas tinglovchining mavjudligi suhbatdoshda doimo hayrihoxlik va hamkorlikka moyillik kayfiyatini tug’diradi. Tinglash - o‘z o‘y va hayollaridan chalg’ish mahoratini va zo‘riqishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Psixologlarning isbotlariga ko‘ra tinglashni 10 % gacha odamlargina bilishar, suhbatdoshni tinglashga ichdan moyillikka intilishar, olinayotgan ma’lumotni ob’ektiv ravishda baholash uchun o‘z xis-tuyg’ularini tiya olishar ekan. Tinglashning faol va sust turlari mavjud. Sust tinglash deyarli butunlay gapga aralashmaslik bilan farqlanib turadi va faqat gapiruvchining emotsionalligi o‘zgargan taqdirda antikonflikt vosita sifatida foyda beradi. Faol tinglashga psixologlar turli savollar yordamida gapiruvchi so‘zlarini tushunish va aniqlashni kiritadilar. Suhbatdosh ixlosiga erishmoq uchun unga gaplarini aytib olishga imkon berish kerak, o‘zining samimiy qiziqayotganligini ko‘rsatib, unga yordam berish kerak. O‘rinli va kerakli savollar bering, ma’lumotlar oling. Xatto suhbatdoshni nohaqligini yaqqol ko‘rganingizda ham uning gapini bo‘lmaganingiz ma’qul. Yaxshisi chidam bilan uni tinglashga harakat qiling, hayrihoxlik ko‘rsating. Sizni qiziqtirgan narsa haqida uning o‘zi gap ochishiga imkon bering. Chunki, agar tashabbus partneringiz qo‘lida bo‘lsa va u o‘zini ahamiyatliroq deb xis qilsa, Sizga kerakli natijaga erishish osonroq bo‘ladi. O‘zingiz gapirayotgan vaqtda to‘xtab-to‘xtab, partneringizga o‘z fikrini aytishga imkon bering. Yaxshi tinglovchi quyidagi qoidalarga rioya qilishi kerak: 1. Hech qanday begona fikrlar bo‘lmasin. Fikrlash tezligi gapirish tezligidan 4 marta yuqoriroq bo‘lgani uchun bo‘sh vaqtingizni aynan eshitayotganlaringizni tanqidiy tahlil qilish va xulosalar chiqarishga sarflang. 2. Tinglayotgan vaqtingizda keyingi savolni o‘ylashga va ayniqsa aytilganlarga qarshi dalillar tayyorlashga harakat qilmang. 3. E’tiborni gap ketayotgan mavzuga mujassamlamoq kerak. Sherik fikri bilan tanishlik muzokara jarayonini ancha engillashtiradi. Sherikga o‘zini ko‘rsatishga imkon beriladi va bu uning e’tirozlarini anchagina yumshatishga olib keladi. Tinglovchi bo‘la turib, gapning asosiy mavzusidan yiroqlashish to‘g’ri emas. E’tiborni «yalang’och» dalillarga jalb qilmang, chunki hammasini birdaniga esda olib qolish mumkin emas; shuningdek suhbatdoshda emotsional portlash hosil qilishga yordam beruvchi va unda e’tirozga moyillik uyg’otuvchi so‘zlarni ishlatish kerak emas. Yaxshisi o‘zingizning ma’qullashingiz, tushunganligingiz, qiziqishingiz va boshqalar haqida o‘z fikringizni samimiy izxor qilganingiz tuzuk. Tinglayotib, ko‘proq jilmaying, bosh qimirlating, sherikning ko‘zlariga qarang. O‘zingiz hech nima gapirmaslikka harakat qiling: gap va izoxlar tushunishni qiyinlashtiradi. Tez-tez savollar bering va suhbatdoshingiz pozitsiyasini aniqlab oling. Gapirayotganning noaniqliklari yoki xatolarini topib aytish o‘rniga uni tushunishga intiling, uni oxirigacha tinglab ulgurmay baho berishdan o‘zingizni tiying, unga hayrihoxlik qiling. Diqqatli bo‘ling va suhbat mavzusini yo‘qotmang, agar suhbatdoshni yoqtirmayotgan bo‘lsangiz, o‘z xis-tuyg’ularingizni jilovlang, suhbatdosh gapini bo‘lmang, betoqatlik ishoralari qilmang, qanoatli bo‘ling. Yuqorida sanab chiqilgan qoidalarga rioya qilish sherikning Sizga nisbatan hayrihoxlik munosabatini ta’minlaydi va unda Sizga nisbatan biznesni yaxshi biladigan professional kishi degan taassurot hosil qiladi. Nazorat savollari 1. Tashkilotlardagi muomala qoidalari nimalardan iborat? 2. Tashkilotlarda qanday qilib qulay psihologik iqlim o‘rnatish mumkin? 3. Eslab qolish jarayonining qanday qonunlari mavjud? 4. O‘zi haqida yaxshi taasurotni qanday hosil qilish mumkin? 5. Savollar berish va ularga javob berish texnikasi qanday bo‘lishi kerak? 6. Suhbatdoshni qanday tinglash kerak? Download 73.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling