2-Mavzu: Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish qonuniyatlari va tamoyillari Reja


-rasm. Iqtisodiy rayon hosil qiluvchi omillar


Download 60.51 Kb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi60.51 Kb.
#1761850
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Ma\'ruza matni (1)

6-rasm. Iqtisodiy rayon hosil qiluvchi omillar
Har bir iqtisodiy rayonning o‘ziga xos rayon hosil qiluvchi omil va ishlab chiqarish tarmog‘i mavjud. Ba’zi rayonlar shakllanishida qazilma boyliklar, boshqasida-transport, geografik o‘rin, uchinchisida–malakali ishchi kuchi, to‘rtinchisida yirik shaharlar va ayniqsa poytaxt shahar omili muhim ahamiyatga yega bo‘ladi.
Iqtisodiy rayon hududiy mujassamlashuv va hududiy ixtisoslashuvning o‘zaro uyg‘unlashgan, ishlab chiqarishni joylashtirish va hududiy tashkil qilish, ushbu jarayon iqtisodiy samaradorligini oshiruvchi muhim omil yoki shakldir. Rivojlanganlik darajasi bilan iqtisodiy rivojlanishi, taraqqiyoti o‘rtasida farq mavjud. Uning birinchisi muayyan vaqt oralig‘ida amalga oshgan jarayonlarni natijasi sifatida talqin qilinsa, ikkinchisi hudud rivojlanishining muayyan bir yo‘nalishini tashkil yetadi.
Iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni uni ma’muriy-hududiy bo‘laklarga ajratish jarayoni bilan uzviy aloqador bo‘lsada, u insonlarning hohish–irodasidan qat’iy nazar ob’ektiv tarzda mavjud bo‘lgan kategoriyadir.
Siyosiy-ma’muriy birlik – qonun asosida davlat tomonidan ajratiladi, shuning uchun ham u sub’ektiv kategoriya hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida qishloq tumani iqtisodiy rayonlashtirishning yeng pastki quyi bug‘ini hisoblanadi.
Iqtisodiy rayonning yeng muhim belgisi - uning siyosiy-ma’muriy jihatdan rasmiylashtirilmaganligidadir.
Iqtisodiy rayonlashtirish davlatlarning konstitutsion asoslariga tayanadi. Bunda milliy davlatlarning mavjudligi va shakllari, ularga xos iqtisodiy shart - sharoitlar hisobga olinishi lozim.
Mahalliy tabiiy sharoitlarni iqtisodiy rayonlashtirish jarayonida hisobga olish zarur. Tabiiy sharoitlar iqtisodiy rayon xo‘jaligiga, uning ixtisoslashuviga sezilarli tarzda ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy rayon xo‘jaligini majmuali rivojlanganligi unda mavjud tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy rayon xo‘jaligini majmuali rivojlanishida mazkur rayon doirasida sanoatning kooperatsiyalashuvi, ya’ni ixtisoslashgan korxonalar o‘rtasida barqaror, doimiy ishlab chiqarish aloqalari tizimining mavjudligi juda muhim ahamiyat kasb yetadi.
Iqtisodiy rayonning yeng muhim belgisi uning iqtisodiy jihatdan bir butunligi, yaxlitligi bilan asoslangan. Iqtisodiy rayonlashtirish jarayonida rayon ichidagi va rayonlararo iqtisodiy munosabatlar, hududiy mehnat taqsimotini tadbiq yetish va baholash muhim o‘rin yegallaydi. O‘zbekistonni iqtisodiy rayonlarga ajratish tartibi ilk bor Z.M.Akramov tomonidan taklif yetilgan bo‘lib, unda 8 ta iqtisodiy rayonga ajratilgan. Keyinchalik, mustaqillik yillarida A.S.Soliev tomonidan mamlakat mintaqalari 6 ta iqtisodiy rayonga ajratildi.





  • Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni–Sirdaryo va Jizzax viloyatlari;




  • Farg‘ona iqtisodiy rayoni–Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari;




  • Zarafshon iqtisodiy rayoni–Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari;





  • Janubiy iqtisodiy rayon–Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridan tashkil topgan.

Ishlab chiqarish kuchlarini tashkil yetish va iqtisodiy rayonlashtirish masalalari ko‘plab olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o‘rganilgan. Jumladan, E.P.Gorbunov, G.M.Kalashnikova, V.V.Kistanov, N.N.Kolosovskiy, N.I.Larina, N.N.Nekrasov, A.Ye.Probst, D.Smit, R.French, P.Xoll, D.Endjel va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. O‘zbekistonda mazkur masalalar bo‘yicha
Z.A.Akramov, A.S.Soliev, M.Abdusalyamov, E.A.Ahmedov, T.M.Ahmedov, K.N.Bedrinsev, R.Ya.Dosumov, Sh.N.Zokirov, S.K.Ziyodullaev, Sh.B.Imomov,
Q.N.Abirqulov, T.J.Jumaevlar tomonidan o‘rganilgan.

Download 60.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling