2-mavzu: islоmdagi mazhablar va yo’nalishlar. Reja: Islоmdagi оqim va yo’nalishlarning hоzirgi kundagi ko’rinishlari va ularning islоm birligiga tahdidi


Download 155.82 Kb.
bet10/26
Sana26.12.2022
Hajmi155.82 Kb.
#1067314
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
dinshunoslik 2 mavzu

Nima qilmoq kerak ? Ushbu va bu yerda aytilmagan yana boshqa omillarni e’tiborga olgan holda fiqh ilmini o`rganish, o`tgan buyuk faqihlarimiz qoldirgan ulkan ilmiy merosdan unumli foydalanish va musulmonlar ommasiga bu ilmni zamon ruhiga mos ravishda etkazishni ilmiy va to`g`ri ravishda yo`lga qo`ymoq zarur. Ana shunda fiqh haqidagi ixtiloflar ham barham topishi uchun katta bir qadam qo`yilgan bo`ladi, inshaalloh.
Umuman olganda esa musulmonlar iloji boricha diniy savodlarini o`stirish ustida ishlamoqlari lozim. Ahli ilmlar esa ilmni puxta egallash payida bo`lishlari, kishilarni ixtilofga solish o`rniga ularni ixtilofdan chiqarish haqida qayg`urishlari lozim. Agar ba’zi bir masalada turli fikrda bo`lib qolsalar, uni darrov xalq ommasi ichiga olib chiqmasdan, avval o`zlari ilmiy majlislarda hal qilib olib, bir fikrga kelganlaridan keyingina ko`pchilikka e’lon qilishlari lozim. Qisqasini aytadigan bo`lsak, hammamiz bir tan, bir jon bo`lib, ixtilofga qarshi kurashmog`imiz zarur. Ixtilofga olib boradigan har bir yo`lni, so`qmoqni yaxshilab to`smog`imiz lozim.
Har bir musulmon banda Alloh taoloning:
«Albatta, mo`’minlar birodardirlar. Bas ikki birodaringiz orasini isloh qiling», degan oyatiga doimiy ravishda og`ishmay amal qilmog`i kerak. Hamma din qardoshlari bilan birodarlik aloqalarini borgan sari mustah-kamlab bormog`i lozim va lobuddir. Shuningdek, har bir musulmon banda ikki birodari orasiga ixtilof tushib qolganini bilishi bilan darhol ularning orasini isloh qilishga o`tmog`i darkor.
Aziz dindoshlar! Bizlar o`zaro ixtiloflarimiz barcha muvafaqiyatsizliklarimiz manbai ekanini tushunib etmog`imiz lozim.


5.4 Mazhablar оrasidagi farqlar va mazhabsizlik. Alloh Subhanahu va Taolo O`zining abadiy dasturi, Qur’oni Karimda biz musulmon bandalariga xitob qilib: «O`zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadi» degani bejiz emas. Ha, Ulug` Alloh to`g`ri aytadi, ixtilof musulmonlarni tushkunlikka uchratadi, kuch-quvvatlarini ketkazadi. Agar tushkunlikka uchramaylik, kuch-quvvatimiz ketmasin, desak ixtilof qilmaylik.
Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Siz bilan biz ummatlariga xitob qilib: «Ixtilof qilmanglar. Albatta, sizdan avvalgilar ixtilof qildilar va halok bo`ldilar», deganlar. Agar o`tgan ummatlarga o`xshab halokatga duchor bo`lmaylik, desak ixtilof qilmaylik.
Bir-birimiz ila ixtilof qilish uchun sarf qilayotgan aql-zakovat, ilm-ma’rifat, kuch-quvvat hamda vaqtu imkoniyatlarimizni boshqalarni dinimizga, ibodatga da’vat qilishga sarflaylik.
Ushbu kamtarona satrlarga nuqta qo`yishdan oldin, tarix davomida Allohning inoyati ila ko`plab qiyinchiliklarni sharaf bilan engib chiqqan musulmonlar bu safargi qiyinchiliklarni ham enga olishlariga ishonchimiz komil ekanini ta’kidlamoqchiman.
Alloh biz bilan! Alloh musulmonlar jamoasi bilan! Va oxirgi duoimiz, olamlarning Robbisi Allohga hamd bo`lsin, demoqdir.
Buyuk mujtahidlar (tabaa tobiinlar) davri. Bu davrda Abu Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-Shofi‘iy, Ahmad ibn Hanbal, al-Avzo‘iy, Dovud az-Zohiriy kabi buyuk faqihlar etishib chiqqanlar. Ularning hayoti, faoliyati, ijodi xususida ko’plab ilmiy ishlar olib borilganiga qaramasdan, etarli emas.
Bu davrda ikki: «ashob ar-ra’y» (fikr tarafdorlari) va «ashob al-hadis» (hadisga ergashuvchilar) oqimlari vujudga keldi.
«Ashob ar-ra’y» oqimiga Iroqda Kufa maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga avvalo ahli sunna va-l-jamo‘aning buyuk imomi Abu Hanifa (80-150G’699-767) poydevor qo’ydi. Muhim fiqh ilmiy akademiyasini shakllantira olgan Abu Hanifa ilmiy masalalarda ko’pincha «ra’y»ga suyanar edi. Shunga ko’ra «ra’y» hanafiy mazhabining shakllanishi va harakatlanishining asosiy xususiyatini tashkil etadi. Hadis to’plashda, qiyos va istihsonni keng yoyishda, Islom dini aqidalarini ma’lum bir tartibga solishda va shu bilan birga shariat hukmlari va qonunlarini ustuvor dalillar asosida ilmiy tarzda ta’lim berish uslubini ishlab chiqishda Abu Hanifa katta xizmat qilgan. Hanafiy mazhabining asosiy manbalari quyidagichadir:
Al-Qur’on; As-Sunna; Al-Ijmo‘; Al-Qiyos; Al-Istihson;

Download 155.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling