2-mavzu: islоmdagi mazhablar va yo’nalishlar. Reja: Islоmdagi оqim va yo’nalishlarning hоzirgi kundagi ko’rinishlari va ularning islоm birligiga tahdidi


Download 155.82 Kb.
bet16/26
Sana26.12.2022
Hajmi155.82 Kb.
#1067314
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
dinshunoslik 2 mavzu

Akromiylar. Respublikamiz hududida tashkil topib, hozirda faoliyati deyarli to’xtatilgan noan’anaviy ham islom ta’limotiga ham konstitusiyaviy davlatchilik asoslariga zid bo’lgan guruh «Akromiylar»dir.
Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi - 1963 yilda tug’ilgan Yo’ldoshev Akrom nomi bilan bog’liq. A. Yo’ldoshev Hizbut tahrirning etakchisi an-Nabahoniy g’oyalari asosida 12 darsga mo’ljallangan «Imonga yo’l» risolasini yozgan. Shu sababdan akromiylarni «Imonchilar» deb ham yuritiladi.
Akromiylar ham davlat tepasiga chiqish kabi g’arazli maqsadlarni ko’zlaydilar. Biroq, ular tahrirchilardan farqli o’laroq, xalifalik davlatini mahalliy sharoitdan kelib chiqib, avvalo Andijonda, so’ng Farg’ona vodiysida amalga oshirmoqchi bo’ldilar. Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar - «sirli», «moddiy», «uzviy», «maydon» va «oxirat». To’rtinchi va beshinchi bosqichlar tamomila islomlashtirish davri tugagach boshlanishi va ochiqdan-ochiq hokimiyat uchun kurash bosqichlari bo’lmog’i lozim edi.
Bu guruh a’zolari asosan hunarmandlardan iborat bo’lib, ular rasmiy ishxonalardan bo’shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shug’ullanganlar. Zarurat tug’ilganda «birodarlari»ga «jamoa banki»dan moddiy yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat «birodarlar» o’rtasida amalga oshirilgan.
2.1-MAVZU: ISLОM TA’LIMОTI ASОSLARI.
REJA:
1. Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar.
2. Imоn, shirk, kufr, qiyomat, jannat va do’zax tushunchalarining mazmun-mohiyati.
3. Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar.


Tayanch tushunchalar: Aqida. Kalоm ilmi. Mоturidiylik va ash’ariylik. Aqida ilmining maqsadi. Imоn. Allоhga, farishtalarga, kitоblarga, payg’ambarlariga, оxirat kuniga, yaxshilik va yomоnlik Allоhdan ekaniga imоn kеltirish. Shirk. Kufr. Qiyomat. Jannat va do’zax. Mo’’jiza va karоmat. Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar.


4.1 Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o’rganuvchi manbalar. Aqida (arab tilida “aqd” - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog’lash, bir-biriga bog`lash ma’nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog’atga yetgan kishi e’tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog’lab olib undan ajralishi mumkin bo’lmagan shar’iy e’tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog’liq. Agar aqidasi pok bo’lsa, yo’li to’g’ri bo’ladi, qilgan barcha amallari qabul bo’ladi va bandalik bilan sodir etgan ba’zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo’lmasa, buzuq bo’lsa, yo’li noto’g’ri bo’ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo’ladi. Aqida masalasi o’ta muhim bo’lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg’ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o’zi ko’rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo’lib kelgan.
Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi ko’rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo’nalishi ilohiyotda e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta:
1 – Allohning yagonaligiga ishonish;
2 – Farishtalarga ishonish;
3 – Muqaddas kitoblarga ishonish;
4 – Payg’ambarlarga ishonish;
5 – Oxiratga ishonish;
6 – Taqdirga ishonish;
7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish.



Download 155.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling