2-mavzu: jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji
Download 182.06 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
«MySpace» bu nima? Kiberxavfsizlik bo‘yicha mustaqil ekspert Tomas Uayt
MySpace ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari akkauntlarining 427 milliondan ortiq paroldan iborat ma'lumotlar bazasini chop etdi. Ma'lumotlar hajmi 14 GBdan ortiqni tashkil qiladi. Tadqiqotchi foydalanuvchilarga ularning profillari o‘tgan yili xakerlar hujumidan zarar ko‘rganmi yoki yo‘q - tekshirishni taklif qiladi. 2016 yilning may oyida yovuz niyatli kishilar ma'lumotlar bazasini internetning qora bozorida sotishga qaror qilishgan, shundan so‘ng MySpace ma'muriyati barcha parollarni tashladi. Manbaga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq akkauntlarining ma'lumotlari hech qanday qiziqish uyg‘otmaydi, biroq foydalanuvchi barcha saytlarga nisbatan bitta parolni qo‘llagan bo‘lsa, bu ma'lumot tovlamachilarga boshqa servislarga ham kirish imkonini beradi. «MySpace» ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilarining 12 yillik (2003—2015- yillar) ma’lumotlarini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda «Xaytek» yozmoqda. Ijtimoiy tarmoq 2015-yilgacha joylangan barcha audio, video va fotofayllaridan ayrildi. Taxminlarga ko‘ra, 14 million nafardan ortiq musiqachining 12 yil davomida joylangan 50 milliondan ziyod treklari yo‘qolgan. Bloger hamda «Kickstarter» sobiq texnik direktori Endi Bayo shuncha ulkan ma’lumotlar bazasi «tasodifan yo‘qolib qolishi» mumkinligiga shubha bilan qaramoqda. «MySpace» — musiqa ayirboshlashga ixtisoslashgan ommaviy ijtimoiy tarmoq. Shu tarmoq «Arctic Monkeys» guruhini va qo‘shiqchi Adelni jahonga tanitgan. «MySpace» 2006-yili AQShda hatto «Google»dan ham mashhur edi, biroq hozir Okeanortida «kuchli mingtalik»ka ham kirmaydi. Yoshlar o’z qarashlarini bayon etishda yoki fikr-mulohazalarini tasdiqlashda mediadan foydalanadi. Medialar fuqarolik jamiyati xususidagi bahsmunozaralar uchun faol maydoncha vazifasini o’taydi. Ular “partisipatsiya” xodisasini, ya’ni shaxslar va hamjamiyatlarning, deylik, ijtimoiy tarmoqlar orqali, turli fuqarolik aksiyalari va munozaralarida birgalikda ishtirok etishini yuzaga keltiradi. An’anaviy medialarda odatda kattalarning fikri ustunlik qiladi, shu bois yoshlar virtual makonda o’z qarashlarini bayon etishni afzal biladi. O’zini jamiyatning faol a’zosi deb his etish yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yordam beradi. YOsh jurnalist muayyan mediaresurs ustida ishlar ekan, o’z auditoriyasida faol ijtimoiy pozitsiyani shakllantirishga, shu orqali fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini tushunishi zarur. Xabardorligi yuqori bo’lgan insonlar qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida ishtirok etishga yaxshiroq tayyor bo’ladi. Bola huquqlari to’g’risidagi xalqaro Konvensiya bolalar va yoshlarning turli kanallar orqali o’z qarashlarini bayon etish, axborot izlash va olish huquqlarini kafolatlaydi. Shu bilan birga, ularning yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan xabardorligini oshirish, bunda jumladan, mediakontent imkoniyatlaridan foydalanish, ularga qarorlar qabul qilish hamda o’zlari ma’qullamaydigan fikrlarni inkor etishga yordam beradigan axborotni qayerdan va qanday olishni ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Medialar shuningdek, yoshlarga muhim bo’lgan axborotlarni izlab topishda hamda fuqarolar bahs-munozaralarida qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratishda yordam berishi kerak. O’z fikrini aniq bayon etish, uni asoslab bera olish, voqea va hodisalarni turli nuqtai nazardan ko’rib chiqish malakasi –media savodxonligining muhim tarkibiy qismi bo’lib, undan OAVning turli kanallari uchun maqola tayyorlashda, videomaterialni e’lon qilishda, muhim masalalar yuzasidan ijtimoiy reklama tayyorlashda yoki bahs-munozaralarni tashkil etishda foydalanish mumkin. Masalan, o’quvchilar o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan muammo yuzasidan ijtimoiy mediakampaniyaga qo’shilishi, kampaniya qanday kechayotganini kuzatib borishi mumkin. Bir vaqtning o’zida ular opponentlar uchun ma’qul bo’ladigan shaklda o’z nuqtai nazarini shakllantirishni ham o’rganib boradi. O’z fikrini bayon etish erkinligini cheklashga, faqat boshqa odamlarga ham o’z qarashlarini bildirish imkonini berish zarurati tug’ilgandagina yo’l qo’yiladi. Haqorat qilish, sha’nga tegish, nafrat kabilarni taqiqlovchi qonunlar ko’rinishidagi bunday cheklovlar turli suiste’mol qilish holatlarining oldini olish uchun juda zarur. Ular uchun “mashhur bo’lib ketish” o’zini namoyon etish, hamda shu orqali tor yoki keng doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda foydalanuvchilar qo’llab- quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo’lishdan iboratdir. YOshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ayni damda o’zidan olisda bo’lgan yaqinlari bilan muloqotda bo’lib turadi, yangi do’stlar orttiradi. Ular Internetda turli ijtimoiy rollarda o’zlarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega. Uyatchan va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo’lib ketishi ham mumkin. Ammo interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’la olish mumkin emas. Shuning uchun yoshlarning real hayotda ham do’stlari bo’lishi juda muhim. Ko’plab yoshlar tarmoqdagi do’stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi. 1. Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi. Kommunikatsiyaning mobilligi deganda “ko’p kanallilik” tushuniladi. Yoshlar vaziyat va o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli-tuman media qurilma va kontentlardan foydalanadi. 2. Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko’rishadi. Foydalanuvchilar ko’plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: qaysi videoklipni ko’rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va h.k. Yoshlar turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi. Natijada esa parchalanish (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning buzilishi ehtimoli yuzaga keladi. 3. Yoshlar mediakontentni do’stlariga tavsiya etadi. Ijtimoiy mediada har kim axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro’ yetakchisiga aylanishi mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda oson, chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi. 4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi. Bir vaqtning o’zida medianing bir necha turi qo’llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning o’zida radio tinglashi, jurnal o’qishi va Facebookda do’stlari bilan muloqot qilishi mumkin. 5. Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo’ladi. Deyarli barcha o’smirlarning qo’lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3pleyer bo’ladi. Mobil Internet ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib bermoqda. Makondagi joylashuvni o’rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga yaqqol misol bo’la oladi. Download 182.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling