2-mavzu: jahon media va axborot makonida raqobat muhiti. Reja: Bosma va ommaviy axborot vositalari. Aholining axborotga bo`lgan ehtiyoji
yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi
Download 182.06 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
1980 yilda tuzilgan CNN (The Cable News Network) kompaniyasi
bugungi kunda 24 soat davomida axborot uzatish bilan shug‘ullanadi. Hozirda CNN tarkibida yangilik tarqatish bilan shug‘ullanadigan 14 kabel va sputnik kanallari, 2 ta radiostansiya, 6 ta internet sayti va xorijiy mamlakatlardagi 37 ta byuro faoliyat ko‘rsatmoqda. CNN yangiliklari 38 ta kosmik yo‘ldosh signallari yordamida uzatiladi, uni 212 mamlakat va hududdagi 1,5 milliard odam bir vaqtning o‘zida ko‘rish imkoniga ega. 1991 yilning yanvarida aynan CNN yordamida Fors ko‘rfazida olib borilgan harbiy harakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleefirga olib berildi. 2001 yilning 11 sentyabridagi terrorchilik amaliyoti haqidagi telesyujetlar ham shu kompaniya harakati tufayli butun dunyoga voqea sodir etilgan joydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib turildi. Bi-bi-si eshittirishlar korporatsiyasiga (British Broadcasting Corporation, BBC) esa 20 dan ortiq telekanal va 14 ta radiokanal, bir qator saytlar va 40 yaqin jurnallar tegishlidir. VVS 40 dan ortiq tillarda eshittirishlar olib boradi. Reyter axborot agentligida dunyoning 91 mamlakatida 14 000 xodim, shu jumladan, 2300 jurnalist, fotomuxbir va videooperatorlar ishlaydi. Reyter agentligi dunyoning turli mamlakatlarida 197 ta byurosiga ega. Agentlik xabarlari bilan har kuni 1 milliard odam tanishadi. Ushbu misollar ham bugungi kunda OAV qamrov doirasining naqadar kengligini muayyan darajada tasavvur qilish imkonini beradi. Axborot inqilobining hosilasini juda katta axborotni qayta ishlash, xohlagan mamlakat kutubxonasida saqlanayotgan kitoblardan foydalanish imkoniyatining mavjudligida ham ko‘rish mumkin. Radio, televidenie, internet eng so‘nggi ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilish, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda. Britaniyaning Blueclaw marketing agentligi Yer yuzidagi hayotga nisbatan eng asosiy tahdidlar ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat How Will The World End resursida e'lon qilindi. Mazkur ro‘yxat 50 ta turli manba, jumladan, BMT statistikasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, NASA kabi tashkilotlar ma'lumotlari asosida tuzildi. Mualliflar to‘rtta asosiy tahdid – epidemiyalar, yadro urushi, tabiiy ofatlar va Yerga asteroid qulashini ajratib olishdi. Agentlik halokat keltiruvchi kasalliklar sifatida sil, mavsumiy gripp, vabo, Ebola virusi, meningit, Lassa isitmasi, o‘lat, Marburg virusini ajratib ko‘rsatishgan. Ular orasida eng xavflisi deb sil kasalligi e'tirof etildi. Yadroviy urush ehtimoli ham keyingi vaqtda eng yuqori darajadagi tahdidlardan biri deb topildi. Ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh eng ko‘p – 1030 marta, Rossiya esa 715 marta yadroviy qurol sinovini o‘tkazgan. Agentlikning hisob-kitobiga ko‘ra, insoniyatni butunlay yo‘q qilib yuborish uchun AQSh 5351 marta, Rossiya esa 4206 marta yadroviy portlashni amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Yerga asteroid qulashi ehtimoli juda kam, ammo NASA sayyoramizga yaqin yuz yil ichida yaqin keladigan asteroidlarni kuzatib kelmoqda. Ana shunday asteroidlardan biri diametri 3,9 kilometr bo‘lgan Florence asteroididir. Uning zarbasi 1,2 milliard kishining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Asosiy iqlimiy tahdid sifatida global isish ko‘rilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib sayyoradagi havo yana ikki darajaga ortadi. Internetda yoshlar axborot xavfsizligini ta’minlash uchun Jahon bo‘ylab jadal tusda o‘tayotgan axborot asrining globallashuv jarayoniga xos bo‘lgan g‘oyalar kurashi, axborot xuruji avj olgan bir davrda mamlakatimizda o‘sib kelayotgan avlod, yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash yanada dolzarb hamda muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Mazkur masalani hal etishda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamkakatimiz yoshlariga zamon talabiga mos ta’lim-tarbiya berish jarayoniga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimi va Internet tarmog‘i imkoniyatklarining tatbiq etilishi o‘zining samarani oshirish omili ekanligini allaqachon namoyon etmoqda. Jahonda shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan AKT tizimi va internet tarmog‘idan samarali foydalanish yoshlarda ijodiy tafakkurlarini rivojlantirib, o‘zligini namoyish etishlariga imkon berayotganligi ham yangi zamonaviy texnologiyalarning afzalliklaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur afzalliklardan foydalanib, yoshlarimiz o‘z intellektual salohiyatlari va qobiliyatlari, iste’dodlarini namoyon etishlari uchun shart- sharoitlar yaratib berilmoqda, ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishlari maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon talabiga muvofiq tashkil etilib, barcha zarur texnika vositalari bilan ta’minlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, olimlar, mutaxassislar, shifokorlar, pedagoglar va boshqalar tomonidan mazkur yangi texnologiyalar bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbir ta’sirga egaligi ham ta’kidlanmoqda. Ma’lumki, Internetdan foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini yoshlar tashkil etadi. Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib ketishi mumkinligiga ishonadi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, yoshlarga salbiy ta’sir etuvchi, yoshlar kamolotiga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlar va g‘oyalarga qarshi kurashishda ota-onalar ogohligi borasida alohida batavsil fikrlar bayon etilgan. Bugungi kunda Internet— inson hayotining ilk bosqichidanoq uning ajralmas qismiga aylanib qolgani bois, bolalarni uning xavfidan himoyalash masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi va mazkur muammo global miqyosda hal etilishi taqozo etiladi. Global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir qatorda, nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin. Ushbu qo‘llanma Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida tayyorlangan bo‘lib, asosan tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan. Maqsad — bolani Internetdan ajratib qo‘yish emas, balki uning kamol topishi uchun mukammal vositalar yaratish Download 182.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling