Fuqarolik jamiyati kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga
asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichidir. Bunday
jamiyat erkin uyushmalarning ko`pqirrali aloqasi bo`lib, davlat qonunlarini hurmat
qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga
asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o`zaro kelishuv, sabr-
toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari,
o`ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O`zbekiston milliy
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo
etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o`z-o`zini
boshqarish organlari qo`liga o`ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining vakolati
kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va
huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla
hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalqimizning
o`z-o`zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o`z-o`zini
boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro`yobga chiqarish maktabidir.
Urf –odat, rasm-rusm, an`ana va marosimlarning ma`naviyat bilan
o`zaro ta`siri shundaki, oqilona jamiyatning taraqqiyot darajasiga mos keladigan
an`ana va marosimlar ma`naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma`naviyat falsafasi uning tarkibi, mazmuni va mohiyatini tahlil qilishdan
tashqari, uning ijtimoiy hayotdagi o`rnini tahlil etishni ham taqozo qiladi.Jamiyat
taraqqiyotida ma`naviyatning o`rni naqadar muhimligini shundan ham bilib olsa
bo`ladiki, bu taraqqiyot o`zaro uzviy bog’liq ikki jarayon, ya`ni moddiy ishlab
chiqarish va ma`naviy boyliklar ishlab chiqarishning birligidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |