2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq


“Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/28
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#227141
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Bog'liq
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP

“Etika” fanining predmeti, mohiyati, uning asosiy belgilari va tuzilmasi. 

Bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq»,» Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nom 

bilan  atab  kelingan.  Ovro`poda  esa  «Etika»  nomi  bilan  mashhur,  biz  ham  yaqin-

yaqingacha  shu  atamani  qo`llar  edik.  Uni  birinchi  bo`lib  yunon  faylasufi  Arastu 

muomalaga  kiritgan,  Arastu  fanlarni  tasnif  qilarkan,  ularni  uch  guruhga  bo`ladi: 

nazariy,  amaliy  va  ijodiy.  Birinchi  guruhga  u  falsafa,  matematika  va  fizikani; 




ikkinchi  guruhga  -  etika  va  siyosatni;  uchinchi  guruhga  esa  -san'at, 

hunurmandchilik  va  amaliy  fanlarni  kiritadi.  Shunday  qilib,  qadimgi  yunonlar 

axloq  haqidagi  ta'limotni  fan  darajasiga  ko`targanlar  va  «Etika»  (ta  yethika)  deb 

ataganlar. 

Hozirgi  kunda  bu  fanni  ilmiy  va  zamonaviy  talablar  nuqtai  nazaridan 

«Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz. 

Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi 

axloqiy  munosabatlarini  o`rganadi.  «Axloq»  so`zi  arabchadan  olingan  bulib  bu 

«xulq;» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy 

tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob'ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida 

inson  fe'l-atvori  va  xatti-harakatining  eng  qamrovli  qismini  bildiradi.  Axloqni 

umumiy  tushuncha  sifatida  olib,  uni  doira  shaklida  aks  ettiradigan  bo`lsak 

doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq eng kamqamrovli 

qismini axloq egallaydi. 

Odob — inson haqida yoqimli taassurot o`ygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va 

insoniyat  hayotida  u  qadar  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lmaydigan,  milliy  urf-

odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi. 

Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat 

va  insoniyat  hayotiga  sezilarli  ta'sir  ko`rsatmaydigan  yoqimli  insoniy  xatti-

harakatlarning majmui. 

Axloq  esa  -  jamiyat,  zamon,  insoniyat  tarixi  uchun  namuna  bo`la  oladigan 

ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir. 

Albatta,  har  uchala  axloqiy  hodisa  va  ularning  ziddi  nisbiylikka  ega. 

Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan 

o`z  yakka  hukmronligi  yo`lida  millionlab  begunoh  insonlarni  o`limga  mahkum 

etgan  Lenin,  Stalin,  Xitler,  Pol  Pot  singari  shaxslar  orasida  farq  bor:  agar 

prokurorning  axloqsizligi  bir  millat  yoki  mamlakat  uchun  zarar  qilsa,  totalitar 

tuzum  hukmdorlari  xatti-harakatlari  umumbashariy  miqyosdagi  fojialarga  olib 

keladi. 

Etika faning predmeti, mohiyati uning asosiy belgilari va tuzilmasi 



Etika  yoxud  axloqshunoslik  eng  qadimgi  fanlardan  biri.  Uning  tarixi  bir 

necha  ming  yillik  vaqtni  o’z  ichiga  oladi.  Axloq  (arab.  хulqning  ko’pligi;  lot. 

moralis-  hulq-atvor)-ijtimoiy  ong  shakllaridan  biri.  Axloq-kishilarning  tarixan 

tarkib  topgan  xulq  -atvori,  yurish  turishi,  ijtimoiy  va  shaxsiy  hayotdagi  o’zaro, 

shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror, 

muayyan  norma  va  qoidalar  yig’indisi.  Аxloq-  butun  boshliq  jamiyat  a’zolari, 

millat,  хаlq,  shaxs  аmal  qiladigan  ijtimoiy  tartib-qoida  bo’lib,ushbu  tartib-

qoidalar yordamida inson hatti-harakati tartibga solinadi, ya’ni boshqariladi 


Axloq  –ijtimoiy  borliqning  ta’sirchan  omillaridan  biridir.  Davr  o’zgara 

borgan sari har qanday hodisa kabi axloq ham o’zgaradi, rivojlanib, 




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling