2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq


Estetika  fani  falsafiy  bilimlar  tizimida  o’ziga  xos  o’rni  egallaydi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#227141
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP

Estetika  fani  falsafiy  bilimlar  tizimida  o’ziga  xos  o’rni  egallaydi.  U,  eng 

avvalo,  falsafiy  bo’lib,  uning  nazariy  va  uslubiy  asoslarini  falsafiy  tafakkur  

nazariyasi va tarixi tashkil etadi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o’zlashtirish 

jarayonlarini  o’rganishda  xolislik,  tarixiy  yondoshish,  bilish  jarayonida  amaliy 

tajribaning  ahamiyati  kabi  uslubiy  asosni  qo’llash  ijobiy  natijalarga  olib  kelishi 

mumkin. 


Estetika  fani  mustaqil  bilim  sohasini  tashkil  etgan  holda  u  falsafaning 

rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. 

Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida 

badiiy  bilish  ham  muhim  o’rin  tutadi.  Bilish  nazariyasi,  badiiy  madaniyat 

qadriyatlari,  voqelikka  estetik  munosabat,  estetik  tushunchalar,  ayniqsa  ijtimoiy 

ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr – mulohazalar ham qup jihatdan san’at 

bilan bog’liqdir. 

Estetika fani mazmunan sotsiologiya bilan aloqadordir. Estetika sotsiologiya 

fani bilan uch tarkibiy qism orqali bog’lanadi:  

Ijtimoiy voqea va xodisalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan 

umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy  – nazariy asosi b°lib xizmat 

qiladi. 


Sotsiologiya ijtimoiy voqea - hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil 

sohalari (siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va ko`rinishlari)ni qamrab olgan 

holda  estetika  va  badiiy  ijod  jarayonlarining  ayrim  tomonlari  bilan  uzviy 

bog’liqlikda namoyon bo`ladi. 

 Aniq  sotsiologik  tadqiqotlar  orqali  olinadigan  dastlabki  ijtimoiy  axborotlar, 

ma’lumotlar  estetik  va  badiiy  faoliyat  jarayonlarini  ham  qamrab  oladi.  Shunday 

qilib,  estetika  sotsiologiyaning  barcha  bilim  darajalari    bilan  u  yoki  bu 

ko’rinishlarda  o’zaro  aloqadorlikda  bo’lib,  bu  aloqadorlik  xilma  –  xil 




yo`nalishlarda  namoyon  bo’ladi.  Masalan,  estetika  umusotsiologik  nazariyaga 

tayangan  holda  o’zining  g’oyaviy  –  mafkuraviy,  ijtimoiy  –  siyosiy,  ma’naviy  – 

axloqiy  yo`nalishlari  va  maqsadlarini  shakllantiradi.  Sotsiologiya  san’at  bilan 

jamiyat o’rtasidagi turli – tuman aloqalarni tadqiq etadi. 

Estetika  fani  ruxiyatshunoslik  (psixologiya)  fani  bilan  ham  chambarchas 

bog’liq. Voqelikka estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik 

his – tuyg’u, badiiy ijod yoki badiiy idrok qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat 

mezoni bilan o’lchanadi. Chunki estetika u yoki bu darajada insonning ruhiy, xis – 

tuyg’u holatini ifodalaydi. 

Ruhiyatshunoslik  (psixologiya)  fani  estetik  munosabatlarning  barcha 

tomonlarini,  jumladan,  badiiy  ijod  va  idrok  jarayonlarini  amaliy  va  nazariy 

jihatdan  tadqiq  etadi.  Ayni  paytda  estetika  fani  inson  ruhiy  hayotining  eng 

murakkab  va  nozik  tomonlarini  qamrab  oladi.  Estetikaning  tarkibiy  qismlarini 

ruxiyatshunoslik fanining erishgan yutuqlari va xulosalarida keng foydalanmasdan 

turib tasavvur etib bo’lmaydi. 

Estetika  fanining  hozirgi  davrga  xos  xususiyatlaridan  biri  shuki,  bu  soxaga 

kibernetika,  matematika  kabi  fanlarning  usul  va  vositalari  ham  izchil  kirib 

kelmoqda. 

Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang’ich nazariy va uslubiy 

asos  bo’lib  xizmat  qildi.  Estetikasiz  san’atshunoslik  bo’lolmaydi,  ya’ni  u  ayrim 

voqea hodisalar sharhi bilan shug’ullanishiga majbur bo`lib qoladi. Shuni alohida 

e’tiborga  olish  kerakki,  estetika  xususiy  san’atshunoslikning  umumiy 

qonuniyatlari,  eng  avvalo,  nafosat  tabiati  va  estetik  timsol  qonuniyatlarini  o’zida 

namoyon qiladi. 

Estetika amaliyoti adabiy – badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo’ladi. Badiiy 

tanqid  bilan  estetik  nazariya  o’rtasida  azaldan  uzviy  bog’liqlik  mavjud.  Bu 

bog’liqlikni  «tanqid  –  bu  harakatdagi  estetikadir»  degan  ibora  mazmunida  ham 

ko`ramiz. 

Adabiy  –  badiiy  tanqid  –  bu  estetika  fani  bilan  san’at  amaliyoti  o`rtasidagi 

o`zaro bog’liqligi ramzidir. 

Estetik  nazariya  san’atkor  dunyoqarashi  shakllantirishda  muhim  omil 

hisoblanadi.  Estetika  fani  san’atdan  baxramand  bo’luvchilar  –  tomoshabin, 

kitobxon,  tinglovchi  uchun  ham  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Estetika  fani  san’at 

haqida  faqat  bilimlar  beribgina  qolmay,  kishilarda  badiiy  ijodga  nisbatan  xurmat 

uyg’otadi.  Eng  avvalo  aqliy  va  jismoniy  kuch  talab  qiladigan  soha  ekanligidan 

boxabar qiladi. 

Estetik  nazariya  jamiyat  hayotining  barcha  sohalariga  kirib  boradi  va  ularni 

ma’naviy boyitadi, ijtimoiy – ma’naviy ishlab chiqarishning muhim omili sifatida 

odamlar  estetik  madaniyatini  shakllantiradi.  U  boshqa  fan  sohalari  kabi  bevosita 



ishlab  chiqarishda  qatnashadi.  Ayni  paytda  u  jamiyat  estetik  ongining  tarkibiy 

qismiga aylanadi, jamiyat umumiy taraqqiyotiga munosib hissa qo’shadi. 

Har  bir  fan  o`z  tadqiqot  obyekti  doirasidagi  vazifalarni  ma`lum  bir 

tushunchalar  kategoriyalar  va  tamoyillar  orqali  bayon  qilgani  kabi  estetika  fani 

ham  o`z  tadqiqot  doirasida  ma`lum  bir  kategoriyalarga  egadir.  Jumladan, 

nafosatshunoslik  fanining  eng  asosiy  kategoriyalaridan  biri  “Go`zallik” 

tushunchasi bo`lib, “G’o’zallik”ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr 

mavjud  emas.  Biroq,  go’zallikning 

idrok  etilishi

,  tabiatda  namoyon  bo’lishi, 

san’atda aks etishi hamda uning jamiyat  rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, 

ilgari  surilgan  g’oyalar,  yaratilgan  ta’limotlar  o’zining  salmog’i  bilan 

ahamiyatlidir.  Inson  va  uning  ruhiy-jismoniy,  axloqiy-estetik  faoliyati,  tabiat  va 

undagi  hodisalar,  jamiyat  va  unda  ro’y  beryotgan  ijtimoiy-ma’naviy,  siyosiy-

iqtisodiy  jarayonlar  go’zalikka  yondoshuvning  tarixan  tarkib  topgan  asosiy 

obyektlaridir. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  zarurki,  go’zallik  haqidagi  qarashlar  va  nazariyalar 

markaziga  “Go’zallik  nima?”  degan  savol  qo’yiladi-yu,  ammo  ularning 

aksariyatida “Nima go’zal?”degan javobini ko’ramiz. Shuning uchun ham odatda, 

go’zallik  ikki  omil  asosida  yuzaga  keladi.  Bular:  inson  tafakkuri  va  mehnatining 

mahsuli  natijasida  yaratiladigan  go’zallik;  inson  tafakkuridan  tashqarida,  insonga 

bog’liq  bo’lmagan  holda  yuzaga  keladigan  go’zallik.  Birinchisida  aql,  ruh  va 

hissiyot ustuvor bo’lsa ikkinchisida makon va zamon salmoqli o’rinni egallaydi. 

Nafosat  falsafasi  go’zallikni  bilishning  mahsuli  deb  biladi.  Chunki, 

voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go’zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik 

va  realligi  bilan  belgilanadi.  Zero,  inson  nazari  tushgan  go’zallikkina  qadriyatga 

aylanadi.  Bundan  tashqari,  inson  go’zallik  haqidagi  dastlabki  ma’lumotni  5ta 

sezgining eng rivojlangan turi bo’lmish ko’rish sezgisi orqali o’zlashtiradi, undan 

so’ng eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go’zallik anglanadi 

hamda  his  etiladi.  Masalan,xarid  qilmoqchi  bo’lgan  kiyimingizni,  iste’mol 

qilmoqchi  bo’lgan  taomni,  turmushingiz  uchun  zarur  bo’lgan  jihozni  avvalo 

ko’rasiz,  o’rganasiz,  tomosha  qilasiz,  so’ngra 

sifatiga

,  qulayligiga  ishonch  hosil 

qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz… Yarashmagan kiyimni kiyish 

naqadar kulgili va hunukligini tasavvur qilish qiyin emas. Shunday ekan, go’zallik 

xususiyatlarining  namoyon  bo’lishida  sezgilarning  alohida  ahamiyatga  ega 

ekanligini  e’tibordan  chetda  qoldirmaslik  zarur.  Shuningdek,  go’zallik  haqidagi 

qarashlar  tahlili  shundan  dalolat  beradiki,  mazkur  besh  sezgi  ham  go’zallikni 

to’laqonli aks ettirish uchun yetarli emas. 

Go’zallikning  namoyon  bo’lishi,  shakllanishi  va  his  etishida  muayyan 

unsurlar  mezoniy  vazifasini  o’taydi.  Bular-  me’yor,  maqsadga  muvofiqlik, 

tartiblilik, uyg’unlik, hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, muyanosiblik, tenglik 



va  hokazo.  Mazkur  tushunchalar  narsa-hodisalardan  bevosita  yoki  bilvosita 

ishtirok  etib,  undagi  go’zallikni  namoyon  ettiradi.  Masalan,  bahor  faslining 

go’zalligi  tabiatning  uyg’onishi,  ko’klamning  yuz  ochishi  bilan,  qish  fasli  esa 

oppoq  qor  bilan  o’ziga  xos  go’zallikni  moslik  va  mutanosiblik  unsuri  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Go’zallik sifatlari tug’yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo’jizaviylik singari 

tushunchalar  orqali  izohlanadi.  Go’zallikning 

xususiyatlari  esa  qulaylik

manfaatdorlik,  yoqimlilik,  chiroylilik  tushunchalari  bilan  belgilanadi.  Unsurlar, 



sifatlat  va  xususiyatlar  uyg’un  bo’lgan  narsa-hodisalargina  chinakam  go’zallikni 

aks  ettirishi  mumkin.  Zero,  chiroyli  narsaning  sifatli  bizning  manfaatimiz  uchun 

hamohang  bo’lmasa  yoki  bizning  maqsadlarimizga  mos  kelmasa  u  har  qancha 

maftunkor bo’lmasin go’zallik sifatida baholanmaydi. 

Shu o’rinda go’zallik tushunchasi “chiroyli”, “ko’rkam”,“nafis”, “jozibador”, 

“maftunkor”,  “latofatli”  kabi  tushunchalarga  nisbatan  kengqamrovli  va  ustuvor 

ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go’zallik bilan kundalik turmushimizda 

tez-tez  tilga  olinadigan  “chiroylilik”  tushunchasi  orasida  muayyan  tafovutlar 

mavjud. 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling