2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq
Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri. Pedogogik faoliyat
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP
Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri. Pedogogik faoliyat
estetik didni shakllantirishning muhim omili.
«Estetika» atamasi yunoncha «estezis» ya’ni hissiyot, sezish, hayajon, qo’zg’olish ma’nolariga ega bo’lgan so’zdan olingan. (Bu tor tushuncha). Aslini olganda estetika fani bir tomondan insonning atrof muhit, voqelikka, go’zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidagi faoliyatini namoyon etadi. Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ijtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-g’oviy, siyosiy-ma’naviy intilishlari ham tobora tiniqlashib boradi. Shunday qilib, estetika fani voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg’u, sezgini idrok qilish vositalari orqali o’rganadigan fandir.
Estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o’zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o’rganadi. Borliqni estetik o’zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shuning uchun estetika fani san’atning ilmiy-uslubiy metodlarini zamini boy xizmat qiladi. Estetika fanining o’ziga xos xusiyati shundan iboratki, bu fan inson tevarak atrofidagi moddiy va ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi go’zallik olamini san’at barcha turlari vositasida chuqur o’rganishlariga da’vat etadi. San’at esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir. Estetika fani – badiiy ongning vujudga kelishini va uning ziddiyatli rivojlanishini, shuningdek, inson estetika faoliyatining oliy shakli – san’atning mohiyatini ochib beradi. Estetika fani predmeti, uning muammolari va vazifalari o’zgarib boradi. Buninrg sababi ijtimoiy ziddiyatlarning mavjudligi, san’at, fan, falsafaning rivojlanishi, texnikaning taraqqiyoti va boshqalar ta’sir qildi. Bundan tashqari san’atning yangi tur va janrlarining vujudga kelishi, eskilarning o’zgarishi, kishilarning sub’yektiv qobiliyatlari, estetik kechinmalari, didlari va ideallarining doimo o’zgarib turishi estetika predmetining o’zgarib turishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Estetika so’zi dastlab fanning nomi sifatida 1775 yilda nemis faylasufi A. Baumgartin tomonidan «Poetik asarning ba’zi bir masalalari to’g’risida falsafiy mulohazalar» degan asarida ishlatilgan. Bir oz Baumgertenni estetika fanining asoschisi deb hisoblash noto’g’ri bo’lar edi, chunki estetika nazariyalari antik davrdayoq paydo bo’lgan edi. Keyinroq estetik fikr o’rta asrlarda Renessans davrida kengroq tarqaldi, rivojlandi. XVIII asrga kelib estetika falsafiy xarakterdagi mustaqil fan sifatida ish ko’rdi. Nemis faylasuflari I.Kant, V. Gegel estetika faniga «Estetik» degan tushunchani kiritdilar. Bu yangi tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon hamma estetik tushunchalar, masalan, «go`zal», «chiroyli», «olijanob», «fojiali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did» va boshqalar «estetik» degan umumiy asosga ega bo`ldilar. Bularning har biri o’z navbatida estetik kategoriyalar sifatida namoyon bo`ldi. «Estetik» kategoriyayalarning asoslanishi estetikadagi muhim kashfiyotlardan biri bo’ldi. Bu kategoriya fan sohasini ancha kengaytirdi, uni voqelikdagi estetik hodisalar bilan bog’ladilar, uning vazifa va maqsadlarini kionkretlashtirdi. XVIII – XIX asrga kelib Belinskiy, Chernishevskiy estetika fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Estetika fanining predmeti olamni «go’zallik qonunlari asosida» shakllantiruvchi inson mehnatini o’z ichiga oladi. Lekin inson olamini «go’zallik qonunlari asosida» shakllantirishdan, o’zgartirishdan oldin, u mehnat qurollarini yaratish lozim edi, Mehnat µurollari tufayligina odam tabiatni «go’zallik qonunlari» asosida o’zgartira boradi. Bundan tashqari inson tabiatni go’zallik qonunlari asosida o’zgartirishi uchun faol harakat qilishi ham lozim. Biz tabaiat ob’yektlarini «go’zallik qonunlari asosida» o’zgartirishda quyidagi uch jarayon protsessini ko’ramiz. 1). Inson tomonidan mehnat qurollarini tayyorlash jarayoni; 2). Mehnat qurollarining inson a’zolari bilan qo’shilib ketish jarayoni (bu jarayon inson tafakkuri ishining ham o’z ichiga oladi); 3). Mehnat qurollarining san’at asoslari yaratish maqsadida tabiatga ta’sir qilish jarayoni; San’at asarlari paydo bo’lishi bilan yangi jarayon – san’at asarlarini «iste’mol» qiluvchilarga ta’sir qilish jarayoni boshlanadi, bu jarayon san’at asarini yaratgan san’atkorning o’zini ham ichiga oladi. San’at asarlarining insonga ta’sir qilish jarayoni – estetikaning tekshirish ob’yektidir. San’at asarlarining «iste’molchilar»ga ta’siri jarayonida kishilarda estetik tuyg’u, estetik extiyoj, estetik did shakllanadi va natijada estetik ideal vujudga keladi. Bu ideal esa san’at asarini yaratishga undaydi. Estetik extiyojlar, estetik tuyg’ular, badiiy zidlar, shuningdek san’at asarlari to’satdan paydo bo’lmasdan moddiy ishlab chiqarish rivoji ancha yuqori bosqichga ko’tarilgandan keyingina paydo bo’ladi. Shunday qilib estetika inson tomonidan ob’yektiv voqelikni badiiy o’zlashtirishning eng umumiy qonunlari to’g’risidagi san’atning voqelikka munosabati uning mohiyati, rivojlanish qonunlari va ijtimoiy o’zgartuvchilik roli to’g’risidagi fandir. Estetikaning asosiy masalasi – estetik ong voqelikka qanday munosabatda bo’ladi, jamiyatini iqtisodiy bazisi qanday qilib estetik ongning barcha tur va ko’rinishlarini belgilaydi degan masalani hal qilishdan iborat. Estetika o’z taraqqiyotida boshqa fanlarning yutuqlariga ta yayanadi va o’z navbatida ijtimoiy ong va ijtimoiy amaliyotning o’ziga yaxshi shakllariga faol ta’sir ko’rsatadi, ularni boyitadi. Hozirgi davrda estetika ijtimoiy hayotning barcha sohalariga jumladan moddiy ishlab chiqarishga ijtimoiy texnikaviy ijodga va turmushga kirib bormoqda. Bu hol estetika fanining g’oyaviy – tarbiyaviy roli kun sayin oshib borishini taqozo qiladi va uning oldiga muhim nazariy va amaliy masalalarni xal qilish vazifasini qo’yadi.
Go’zallikka intilish tabiiy ehtiyojdir. Bu ehtiyoj tarbiya vositasida namoyon bo’ladi. Go’zallik qurshovida yashagan inson bilan xunuklik muhitida o’sgan odam o’rtasida katta farq bor. Go’zallik tarbiyasi insonni ma’naviy jihatdan kamolotga yetaklaydi, estetik his-tuyg’ularni taraqqiy ettiradi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling