2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/28
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#227141
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP

Chiroylilik-  narsalarning  tashqi  ko’rinishini,  holatini,  bajarilgan  ish  yoki 

qilingan  harakatdagi  o’zaro  hamohanglikni  ifodalovchi  tushuncha.  Chiroylilikni 

insonlarda yoqimli taasurot qoldiradi, ammo ayni bir paytda o’sha chiroyli bo’lgan 

narsa hodisa yoqimsiz holatlarni ham vujudga keltiradi. Masalan, “ Bangidevona” 

o’simligining  guli  oppoq,  chiroyli  bo’ladi.  Ammo,  gulining  hidi  yoqimsiz, 

tanasidan sassiq hid chiqadi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, chiroylilik narsa-

hodisaning  yoki  shakl  yoki  mazmunidagi  xususiyatni  aks  ettirishi  bilan  kishida 

yoqimli  taasurot  qoldiradi.  Shuning  uchun  ham  narsa-hodisalarning  faqat  shakl 

(tashqi)  yoki  faqat  mazmun  (ichki)  mohiyatiga  qarab  unga  go’zallik  iborasini 

ishlatish  o’rinli  emas.  Zero,  go’zallik  narsa-hodisalarning  faqat  bir  tomoningina 

aks  ettirmaydi,  aksincha  u  mazmun  bilan  shaklning  uyg’unligi,  mosligi, 

hamohangligi,  maqsadga  muvofiqligi  asosida shakllanadi.  Shu ma’noda  go’zallik 

ham obyektiv ham subyektiv xususiyatiga ega. Tabiat go’zalligi obyekt (inson) va 

subyekt  (o’simlik  va  hayvonot  dunyosi)ning  tartibi  va  uyg’unligiga  asoslanadi. 

Uyg’unlik va tartibning buzilishi esa tabiat va inson uchun zararli oqibatlarga olib 

kelishini bugungi kundagi ekologik muammolar orqali ko’rishimiz mumkin… 

Shaxsning  ijtimoiy  jarayonlar  bilan  bo’ladigan  munosabatlarida  go’zallik 

nisbiylik  xususiyatiga  ega  bo’ladi.  Bu  holat  ayniqsa,  go’zallikning  moddiy  va 

ma’naviy  qadriyatlar  tizimidagi  o’rnida  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Chunki, 

go’zallikni  har  qanday  tahlili  shaxs  va  jamiyat  munosabatlari  bilan  muqoyasa 

qilingandagina  uning  ijtimoiy-ma’naviy  xususiyatlari  yanada  oydinlashadi.  Shu 



bois  go’zallikning  ma’naviy  va  moddiy  qadriyatlar  tizimidagi  o’rniga  e’tibor 

qaratish maqsadga muvofiq. 

Ma’naviy  qadriyatlar  va  go’zallik.  Vatanimiz  o’z  mustaqilligini  qo’lga 

kiritgandan  so’ng  milliy-  ma’naviy  qadriyatlarga  yangicha  munosabat  bildirildi, 

xalqona,  ilg’or  an’analar 

shakllanadi

,  milliy  iftixorni  yuksaltirishga  keng 

jamoatchilik  fikri  jalb  qilindi.  Ana  shularning  natijasi  o’laroq,  mamlakatimizda 

amalga  oshirilgan  ezgu  ishlarning  ko’lami  kengaydi.  Endilikda  bunyodkorlik 

g’oyasi go’zallik tushunchasi bilan hamohang olib borilganligini, bilish, anglash va 

tasavvur  qilish  qiyin  emas.  Buni  o’zbek  san’tida  amalga  oshirilgan  ishlar  orqali 

yaqqol ko’rishimiz mumkin. 

Ma’lumki,  san’at  borliqni  to’g’ridan  to’g’ri  ko’chib  olib  tasvirlamaydi, 

aksincha  uni  badiiy  qiyofalar  vositasida  ifodalaydi.  Shunga  ko’ra,  san’at  asari 

insonni faqat voqelikdagi go’zalliklar bilan cheklanmaslikka, ayni paytda mavjud 

go’zalliklarni  ongli  tarzda  mushohada  qilishga,  baholashga  undaydi.  Rassomlik 

san’ati go’zallikni bizga shu tariqa namoyon etadi. Bu borada Ro’zi Choriyevning 

“Bolalik  xotiralari”,  “Zamondoshlarim”  portretlar  turkumi,  “Farg’ona  vodiysi” 

kabi rangtasvir asarlari fikrimizning yorqin ifodasidir. Shu bois uning kartinalarini 

o’zbek estradasining yulduzi Botir Zokirov”qo’shiq deb atash mumkin” degan edi. 

Uning  “Beshik”  deb  nomlangan  kartinasida  qizil  gilamda  o’tirgan  ona  beshik 

ustiga  engashgan,  gilamning  milliy  naqshlari,  qadimiy  o’zbek  beshigi,  ona 

ko’ylagining yorqin rangi, uning orqasiga tashlangan uzun soch o’rimi- bularning 

barchasi o’zbek xalq qo’shig’i- “Qora sochim” ni yodga soladi. Rassomning “Anor 

pishganda”  kartinasi  ham  hayrat,  quvonchga  to’la  yoshlik  qo’shig’iday  taassurot 

qoldiradi. 




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling