2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#227141
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP

Go’zallikka  qarama  –  qarshi  bo’lgan  xunuklikni  go’zallikning  aksi  deb 

yurutamiz.  Biroq,  bunday  yondashuvda  qisman  noaniqlik  bor.  Chunki  uyqash  va 

bir  –  biriga  yaqin,  yoki  bir  –  birining  aksi  bo’lagan  tushunchalardagi  unsurlar  u 

yoki bu ko’rinishda har ikkala tushunchada ham ishtirok etishi mumkin. 

Gohida  shakl  va  mazmun  go’zalligi bir  –  birini  dialektik  tarzda  inkor  etadi. 

Shunday bo’lsa – da, buning ijobiy tomonlari ham mavjud. Chunki, mazmun o’z 

vaqtida shaklining kamchiligini ko’rsatib, uning go’zallashuviga turtki berib turadi, 

yoki aksincha: ko’rinishi chiroyli bo’lgan insonlarning hammasi ham ma’naviyati 

boy  bo’lmaganidek,  yuksak  fazilat  sohiblarining  barchasi  ham  husn  va  chiroyda 

barkamol  emasdir.  Xunuklik  bir  paytning  o’zida  ham  go’zallikning,  ham 

nafosatdan  lazzatlanishning  ziddidir.  Chunki,  xunuklik  lazzatlanish  tuyg’usi 

bo’lgan jarayonda uzoqroq bo’lgan 

joyda vujudga keladi

; u insonga hayrat baxsh 

etishdan, uning vujudini forig’lashdan mahrum. 



Ulug’vorlik- Ingliz  nafosatshunosi  E.  Byork  go’zallikni  ulig’vorlik  bilan 

qiyoslaydi va ularni alohida tushunchalar sifatida tadqiq etadi. I. Kant esa go’zallik 




va  ulug’vorlikni  uyg’unlikda  rivojlanuvchi  tushunchalar  deb  hisoblaydi.  Ulardan 

farqli  o’laroq,  Xegel,  ulug’vorlikni  go’zallikning  bir  ko’rinishi,  ulug’vorlik  – 

zihiriy go’zallikning botiniy go’zallikka aylanishi , deb tushuntiradi. 

Insonning narsa hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va 

ulardan  yuksak  hayratlanish  tuyg’usini  hosil  qiluvchi  estetik  hissiyot  majmuidir. 

Ulug’vorlikning  ko’lami  go’zallik  ko’lami  kabi  cheksizdir.  Ulug’vorlik  o’zida 

hajm,  miqdor,  ko’lam,  va  buyuklikni  mujassam  etadi.  Shiller  ulug’vorlik 

tushunchasini dramatiklashtiradi: u qayg’u va qo’rquvni yengish insonni qanchalik 

ulug’lashi  va  chiroy  baxsh  etishini  ko’rsatib  beradi.  Bu  yerda  u  “  axloqiy 

xavfsizlik”  tushunchasini  kiritdi.  Qurquv  va  dahshatga  qarshi  borish  uchun  ham 

xavfdan holi bo’lish lozim. Jismoniy xavfsizlik bevosita insonning o’ziga tegishli 

bo’lib, insondagi qatiq ishonch bois xotirjam, xavfsiz. Biroq, dahshatli yo’qotishlar 

va  mudhish  qotilliklar  qarshisida  insonning  xotirjamligi  yo’qoladi.  Agar  xavf 

insonning o’zigagina yaqinlashsa – yu, u o’zini xotirjam his etsa, demakki, uning 

vijdoni xavfdan xoli; unga hech qanday xavf tahdid solmaydi. Shu bois Shiller “ 

axloqiy  xavfsizlik”ni  din,  e’tiqod  va  abadiylik  bilan  bog’laydi.  “  Axloqiy 

xavfsizlik”  ning  zaminiy  xususiyatini  hayot  va  o’lim  masalalari  bilan  izohlash 

mumkin. Ulug’vorlik muhokamasi yuksak darajada madaniyatni talab qiladiki, bu 

muhokama go’zallik muhokamasidan ustuvorroqdir. 

Tabiatdagi  ulug’vorlik cheksiz  osmon,  purviqor  tog’lar,  yuksak  cho’qillar, 

moviy  dengizlar,  ming  yillik  chinorlar,  shuningdek,  vulqon  va  chaqmoq  singari 

tabiat  hodisalarida  namoyon  bo’ladi.  Ular  uzoqdan  kishilarda  hech  qanday 

hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq, ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni 

hayajon,  jo’shqinlik  egallay  boshlaydi,  ularni  butunligicha  ko’z  bilan  qamrab 

ololmaslik  darajasiga  yetganda  esa  bu  hayajon  yanada  ortadi.  Tabiatdagi 

ulug’vorlik  matematik  va  dinamik  xisusiyatga  ega. 

Matematik  xususiyatda  hajm

dinamik xususiyatda kuch ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat 



ham  insonda  kuchli  hayrat  va  hayratlanish  tuyg’ularini  paydo  qiladi.  Tog’lar 

insonni  yuksak  fikrlashga,  buyuk  g’oyalarga  undaydi:  Everestga  O’zbekiston 

bayrog’ini tikib qaytishgan alpinistlarimizning taassurotlari nihoyatda hayajonlidir. 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling