2-mavzu. Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatning global muammolari va jamiyatni rivojlantirish istiqbollari. Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati. Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/28
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#227141
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
tezXuZt5HdhSlLX4N4qkYUxs0xTUTCwP

Kulgililik. Estetik  tafakkur  tarixida  kulgililik  bir  qadar  keng  o’rganilgan. 

Jumladan,  Aflotun  ojiz  va  layoqatsizlarni  kulgili  odamlar,  deydi.  Nodonlik  esa 

insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari 

haqida  Aflotun  biror-bir  fikrni  aytgan  emas.  Quldorlik  tuzumi  zodagonlarining 

namoyondasi  bo’lgan  Aflotun  uchun  kulgililikning  demokratik  mohiyati  begona 

edi. 


Aristotel  fikricha

,  kulgi  ayrim  xatoliklar  hamda  kishilarga  ozor 

yetkazmaydigan  va  zarar  keltirmaydigan  xunuklikni  keltirib  chiqadi.  Insondagi 

jahldorlik,  sustkashlik,  qizg’onchiqlik,  subutsizlik,  izzattalablik,  shuhratparaslik 

kabi  illatlar  kulgilik  uchun  obyekt  bo’ladi.  Aristotel  fikricha,  kulgi-axloq 

hududlarini  bezarar  buzishdir.  Aristotel  estetikasida  kulgi  inkor  etilib, 

komediyaning  xarakteri  nazariy  jihatdan  asoslsnadi.  Aristotel  fikriga  ko’ra,  har 

qanday ozod inson hazil bilan ro’baro kelishi mumkin. Bu holatda kulgi insonning 

shaxsiy ihtiyojini qondiradi. Qiziqchi esa- boshqalarning ermagi, ovunchog’idir. 

I.Kant  kulgililikning  tabiatini  latifa  misolida  ochib  berishga  harakat  qiladi, 

F.Shiller  esa  hajviyani  voqelik  bilan  ideal  orasidagi  qarama-qarshilik  orqali 

ko’rsatib  o’tadi.  G.Gegel  kulgililikning  sohasini  zohiriy  ishonch  va  botiniy 

to’laqonli bo’maganlik orasidagi qarama-qarshilik orqali ifodalaydi. 

Kulgi  –insoniy  voqlik.  Inson  o’zining  aqli  yordamida  kuladi.  U,  albatta, 

o’zining axmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning mazmunsiz 

kulgisi  hisoblsnsdi.  Kulgidagi  lazzatning  manbaida  masxara,  istehzo  kabi 

ob’ektlarning ustidan afzallik tuyg’usi yotadi. 

Hazil-mutoyibaKulgililikda  hazilning  o’rni  biqiyos.  Hazil  insonlarni 

fikrlashga, so’zlarni o’rinli qo’llashga, qiziqarli iboralar bilan fikrni bayon etishga 

undaydai.Hazilning  qo’pol  ko’rinishi  masxara  hisoblanadi.  Kinoya,  piching, 

kesatiq so’zni hazil orqali ifodalashda muhim vositalardir. 

Kulgililikning  barcha  shakllari  ular  qanchalik  erkin  namoyon  bo’lish 

imkoniyatlariga  ega  bo’lib  borsalar,shunchalik  ko’p  ahamiyat  kasb  etadilar. 

Umuman olganda, estetikaning tushunchalari doimiy hamkorlikda mustahkamlanib 

boradi.  Ayniqsa  bu  jarayonda  go’zallik  kategoriyasi  bog’lovchilik  vazifasini 

bajaradi.  Shuning  uchun  fojiaviylikda,  ulug’vorlikda,  xunuklikda  ham  go’zallik 

unsurlarining uchrashi bejis emas. 




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling