2-мavzu: Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari. Reja: 1-savol. Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati tushunchasi va uning asosiy yo‘nalishlari
Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlili (2017-2021 yillarda amalga oshirilgan islohotlar tahlili asosida)
Download 27.64 Kb.
|
2 мавзу Жамоат тартибини сақлаш соҳасидаги давлат сиёсати
Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlili (2017-2021 yillarda amalga oshirilgan islohotlar tahlili asosida):
1. Ichki ishlar organlarini tubdan isloh etish va faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha huquqiy baza shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasining 25 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 ta farmoni va farmoyishi, 66 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 156 ta qarori, 205 ta idoralararo hujjatlar qabul qilingan. 2. Ichki ishlar organlarining tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish va xalqqa yaqinlashtirish. IIV markaziy apparati va joylarda 10 250 ta lavozimlar qisqartirilib, jami 85 foiz shaxsiy tarkib quyi tizimga tushirilgan. Ichki ishlar organlari rahbarlarining huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish yuzasidan vakillik organlari oldida hisobdorligi belgilangan. 3. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amaliyotga tatbiq etish. Har bir mahallaga bittadan profilaktika inspektori ajratilib, ularning soni 72,9 foizga (5 867 dan 10 159 ga) ko‘paytirilgan. Jinoyat sodir etilmagan mahallalar soni 3,5 baravarga ko‘paygan (13,8 foizdan 50 foizgacha). 4. Ichki ishlar organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini ortiqcha sarsongarchiliksiz va qulay sharoitda taqdim etish ko‘lamini kengaytirish. Aholini ko‘p yillar mobaynida qiynab kelgan propiska qilish, olti yilgacha bo‘lgan avtomashinalarni bir yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish talablari bekor qilingan. 12 ta ommabop xizmatlar (shu jumladan, ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, haydovchilik guvohnomalarni olish kabi) Davlat xizmatlari agentligi orqali, shundan 9 tasini interaktiv usulda taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 5. Jamoat xavfsizligini “inson omili”ni istisno etgan holda ta’minlash tizimini yaratish. Viloyatlarda jinoyatlar bo‘yicha xabarlarni qayd qilishning “102” avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan 6. Mahkumlarni insonparvarlik tamoyiliga asoslangan ahloqan tuzatish tizimini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari ko‘lamini kengaytirish. Aholi orasida salbiy nom qozongan “Jasliq” koloniyasi, “Toshturma” kabi 4 ta koloniyalar tugatilgan. Insonparvarlik tamoyiliga tayanib, mahkumlar bilan muomala qilishning Mandela qoidalari milliy qonunchilikka to‘liq implementatsiya qilingan. Mahkumlarga saylash, ijtimoiy sug‘urta, pensiya, sifatli kasbiy bilim va tibbiy yordam olish, advokat va Ombudsman bilan moneliksiz uchrashish, shuningdek, mahkuma ayollarga voyaga yetmagan farzandi bilan hech qanday cheklovsiz uchrashish huquqi berilgan, telefon so‘zlashuvi, yo‘qlov va uchrashuvlar soni 2 baravarga oshirilgan. 7. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan va harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar bilan yangicha ishlash tizimini yaratish. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etish tizimi sifatida Probatsiya xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan shaxslarni elektron braslet (sinov tariqasida) orqali nazorat qilish tartibi joriy etilgan. “Ma’muriy qamoq” jazosi tayinlangan shaxslarni alohida saqlash uchun 14 ta maxsus qabulxonalar hamda “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar uchun 12 ta vaqtincha saqlash hibsxonalari qurilgan. 8. Zamon talabidan kelib chiqib, jinoyatlar va huquqbuzarliklar sodir etilishining yangi usullariga qarshi kurashish nuqtai-nazaridan Xavfsiz turizmni ta’minlash, kibermakondagi jinoyatlarga qarshi kurashish, firibgarlik va yo‘l-transport hodisalarini tergov qilishga ixtisoslashgan bo‘linmalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Toshkent shahar, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tashkil etilgan. Transport infratuzilmasida xavfsizlikni ta’minlash uchun “Situatsion markaz” barpo etilib, unga 880 ta (aeroport, temir yo‘l vokzallari va metro) videokameralar integratsiya qilingan. Shahrisabz, Samarqand shaharlari hamda Bo‘stonliq tumanidagi turistlar xavfsizligini ta’minlash uchun “Vaziyatlar markaz”lari barpo etilib, ularga jami 1 248 ta videokameralar integratsiya qilingan. 9. Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish. 5 ta elektron tizimlar (“UzGeo”, “SmartEye”, “CityMain”, “E-jarima” va “KvLite”) amaliyotga tatbiq etilib, raqamlashtirish darajasi 78 foizga yetkazilgan. 10. Kriminogen jihatdan nisbatan og‘ir hududlarda jinoyatchilikni “jilovlash” bo‘yicha o‘ziga xos modellarni joriy etish. Toshkent shahar, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining tashkiliy tuzilmasi maqbullashtirilib, poytaxt hududida 12 ta ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalari (tarkibida 53 ta bo‘lim), Toshkent viloyatida 4 ta, Farg‘onada 2 ta mintaqaviy markazlar tashkil etilgan. Toshkent shahrida Otliq otryadi tashkil etilgan (50 bosh), har kuni 11 ta otliq va 8 ta velo-skuter patrullik yo‘nalishlari tashkil etilgan. Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limi negizida tajriba tariqasida shoshilinch xizmatlarni boshqarish markazi, Farg‘ona viloyati, Shayxontohur, Olmazor, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Parkent tumanlari, Farg‘ona, Qo‘qon, Chirchiq va Angren shaharlarida “Vaziyatlar markazlari” tashkil etilgan. 11. Ichki ishlar organlarining boshqa davlatlar bilan politsiya hamkorligini yo‘lga qo‘yish. Bugungi kunda 78 ta davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 7 ta Muvofiqlashtiruvchi kengashlar tuzilgan, 29 ta davlatlar bilan ikki tomonlama, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegaraoldi hududlarda hamkorlik qilish platformalari yaratilgan. 12. Jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy xavfli jinoyatlarni fosh etish va oldini olish borasidagi yoshdashuvni tubdan o‘zgartirish. Bu borada, ishlar organlarida kriminogen vaziyatni tahlil qilish va jinoyatchilik dinamikasini prognoz qilishning mutlaqo yangi mexanizmi yaratilgan. Har bir ichki ishlar organi rahbari va mas’ul xodimlarining kundalik xizmat faoliyatida raqam va foizlar orqasidan quvish emas, balki fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish birinchi navbatdagi vazifaga aylangan. Download 27.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling