Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:
Jamoat xavfsizligini taʻminlash sohasida erishilgan asosiy natijalar sifatida quyidagilarni eʻtirof etish joiz hisoblanadi.
Birinchi, jamoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish boʻyicha zarur normativ-huquqiy baza shakllandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʻlumotlari milliy bazasi axborot tizimi (lex.uz) tahliliga koʻra, “jamoat xavfsizligi” tushunchasi jami 850 ta, jumladan 1990-2016-yillarda 395 ta (yiliga oʻrtacha 15 ta),
2017-2021-yillarda 455 ta (yiliga oʻrtacha 91 ta) normativ-huquqiy hujjatlarda qoʻllanilgan.
Ikkinchi, jamoat xavfsizligi tizimining institutsional mexanizmlari takomillashtirildi.
Jumladan, jamoat xavfsizligini taʻminlash sohasida bazaviy oliy harbiy taʻlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi – Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tashkil etildi.
Ushbu sohada ixtisoslashtirilgan ilmiy tashkilotlar – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutifaoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarni xulq-atvorini nazorat qilish, ularni ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etishini oldini olishga yoʻnaltirilgan ichki ishlar organlarining yangi sohaviy xizmati – probatsiya boʻlinmalaritashkil etildi.
Turizm namoyishi obektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat xavfsizligini taʻminlash, turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va bartaraf etishga yoʻnaltirilgan ichki ishlar organlarining yangi sohaviy xizmati – xavfsiz turizmni taʻminlash boʻlinmalarifaoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Axborot makoni va kibermakonda xavfsizlikka boʻlayotgan tahdidlarni aniqlash va bartaraf etish ishlarini samarali amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Kiberxavfsizlik markazi tashkil etildi.
Davlat obektlari, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlashni tashkil etish, shuningdek, davlat qoʻriqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi zimmasiga yuklatildi. Shunga muvofiq, ichki ishlar organlarining qoʻriqlash xizmati milliy gvardiya tarkibiga oʻtkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |