2-мavzu: Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari. Reja: 1-savol. Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati tushunchasi va uning asosiy yo‘nalishlari


-savol. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning vazifalari va prinsiplari hamda ularni ta’minlashning bugungi holati


Download 27.64 Kb.
bet5/5
Sana18.12.2022
Hajmi27.64 Kb.
#1031153
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 мавзу Жамоат тартибини сақлаш соҳасидаги давлат сиёсати

2-savol. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning vazifalari va prinsiplari hamda ularni ta’minlashning bugungi holati.
Harakatlar Strategiyasiga muvofiq ichki ishlar organlari tizimini isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan 13 ta qonun, Prezidentning 9 ta farmoni, 40 ta qarori va 3 ta farmoyishi, 115 ta Hukumat qarorlari, 167 ta idoralararo hujjatlarga muvofiq “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz poytaxt”, “Xavfsiz hudud”, “Odob va xavfsiz mahalla” konsepsiyalarining bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi mamlakatimizda aholining tinch va osoyishta hayotini va jamiyatda barqaror taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.
Ichki ishlar organlari tizimining barcha bo‘g‘inlari tashkiliy tuzilishi va vazifalarining optimallashtirilishi orqali xodimlarning 85 foiz quyi tizimga tushirilib, xalqqa yaqinlashtirilganligi, jamoat xavfsizligi yagona “mintaqa xususiyatlari”, “poytaxt tomoyili”,“xavfsiz ta’lim muassasasi” tamoyillari, “xavfsiz xonodon”, “xavfsiz hovli” tizimi,“fuqarobay”, “oilabay”, “mahallabay” ishlash tizimlari, “hudud metodikasi” asosida olib borilayotganligi mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatdan mutlaqo yangi tizimini shakllantirish imkonini bermoqda.
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida erishilayotgan natijalar halqaro miqyosda ham e’tirof etilayotganligi buning yaqqol isbotidir. Numbeo saytida e’lon qilingan 2021 yilgi xalqaro jinoyatchilik darajasi indeksida O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha 40-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston ushbu indeks bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng xavfsiz mamlakat bo‘ldi.Nufuzli "Gallupʼs America" jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra butunjahon qonun va tartib indeksiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoda xavfsizlik darajasi bo‘yicha yetakchi o‘nta mamlakatlar safidan o‘rin olib, 92 ball bilan 9-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonning xalqaro miqyosda mazkur reytinglarda munosib o‘rin egallashi milliy va xalqaro ekspertlar tomonidan Harakatlar strategiyasiga muvofiq so‘nggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, qonun ustuvorligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning natijasi deb baholanmoqda.
Mazkur islohotlar mamlakatda, ayniqsa poytaxt va viloyat markazlarida, tuman va shaharlarda har bir mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida sifat jihatdan mutlaqo yangi tizimni shakllantirish, tizimga zamonaviy ilg‘or tartib va mexanizmlarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, mas’ul davlat organlar organlari hamda davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son farmoni mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili vayangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida qat’iy davom ettirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni, yo‘nalishlarni va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishini belgilab berdi.
Mazkur farmonning o‘ziga xos ahamiyatli jihati, birinchidan, Milliy xavfsizlikning ajralmas va eng murakkab yo‘nalishi bo‘lgan jamoat xavfsizligi konsepsiyasi ilk marotaba, ikkinchidan, ushbu kopsepsiyani samarali amalga oshirishni ta’minlash maqsadida 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi, uchinchidan, uning 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” yagona hujjat bilan yaxlit holatda tasdiqlanganligidayaqqol namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari mazkur hujjatlarda belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga jamoat xavfsizligini ta’minlovchi davlat organlari birinchi rahbarlari shaxsan mas’ulligining, shuningdek Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi va uni ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarning bosqichma-bosqich amalga oshirish tartib hamda mexanizmlarining aniq belgilanganligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Harakatlar Strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlashning yaxlit tizimi shakllangan bo‘lib, uning tarkibida 2017 yil avgust oyida Milliy gvardiya mamlakat qurolli kuchlarning mustaqil qo‘shin turi sifatida tashkil etildi, 2020 yil 18 “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi, shuningdek 2018 yil 1 iyuldan ularning ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashdagi faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.
Shuni alohida qayd etish joizki, Prezidentimizning tashabbusibilan ilk bor qonun hujjatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda hamda istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishihuquqiy mustahkamlandi, shuningdek ulargajamoat tartibini saqlash sohasida sodir etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini berish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash vazifasi belgilandi.
Bundan tashqari mazkur farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamentiningasosiy vazifalari belgilandi.
Farmonning yana bir ahamiyatli jihatlari, bugungi tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda mamlakat va uning ma’muriy-hududiy birliklarida jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan va jalb etilgan barcha kuch va vositalarni faoliyatini muvofiqlashtirishga oid mutlaqo yangi usul, tartib va mexanizmlar joriy etilayotganligida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimiga kiritilayotgan yangi usul, tartib va mexanizmlarni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
birinchidan,hududlarning kriminogen vaziyati va aholi zichligidan kelib chiqqan holda tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etilmoqda;
ikkinchidan,tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilmoqda, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etilmoqda;
uchinchidan,ichki ishlar organlari konvoy faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimi joriy etilmoqda;
to‘rtinchidan,hududiy ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati tarkibida o‘z mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich otliq otryadlarni tashkil etish nazarda tutilmoqda;
beshinchidan,Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti rahbari:jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi joriy etilayotgan boshqaruv tizimini samarali yo‘lga qo‘yish hamda Departamentning asosiy vazifalari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish bo‘yicha shaxsan javobgar; shuningdek ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoat xavfsizligini ta’minlash tadbirlarining yagona muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi;
oltinchidan, Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti:mazkur farmon bilan tasdiqlangan Strategiya, “Yo‘l xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar dasturlarining amalga oshirilishi doirasidamuntazam monitoring olib borish, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijrosi bo‘yicha tegishli davlat organlariga taklif va tavsiyalar kiritish;erishilgan natijalar va aniq ko‘rsatkichlar aks ettirilgan batafsil axborotni doimiy ravishda keng jamoatchilikka yetkazib borish;har chorakda umumlashtirilgan hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi muhokamasiga taqdim qilish uchun mas’uldir;
yettinchidan,respublikada jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini umumiy muvofiqlashtirish vazifasi Jamoat xavfsizligi departamenti zimmasiga yuklatilmoqda hamda uning qoshida yagona idoralararo boshqaruv shtabi tashkil etilmoqda;
sakkizinchidan,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining o‘rinbosarlari – jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari tomonidan har chorakda jamoat xavfsizligi yuzasidan hisobot berish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda ko‘rilayotgan choralarning natijalarini tanqidiy muhokama qilib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish amaliyoti joriy etilmoqda;
to‘qqizinchidan,alohida sharoitlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mavjud kuch va vositalarni tezkor va yagona idoralararo boshqarish tartibi amaliyotga kiritilmoqda;
o‘ninchidan,ichki ishlar organlari profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholashning samaradorlik indikatorlarini o‘z ichiga oluvchi reyting tizimi joriy etilmoqda.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun va bu sohada mahalla huquq-tartibot mankani negizida jalb etilgan barcha kuch va vositalar faoliyatini tashkil etish hamda muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘lgan profilaktika inspektorlarining huquqiy maqomini oshirish, ular va oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish, xizmat majburiyatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish borasida bosqichma-bosqich salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Islohotlar natijasida har bir mahallaga profilaktika inspektori ajratilib, ularning soni 5,5 mingdan 10 ming nafargacha oshirildi. Inspektorlar o‘z hududida uzluksiz xizmatni tashkil etishi uchun ularga xizmat uylari qurib berildi, shaxsiy avtomashina xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. Bugungi profilaktika inspektorlari instituti aholining kunlik muammolari va ehtiyojlari bilan kunu tun ishlaydigan tizim sifatida shakllanmoqda, shuningdek mahallalarda oila va xotin-qizlar muammolari bo‘yicha ishlashda yaqindan ko‘mak beruvchi 362 nafar ayol inspektorlar, ta’lim muassasalarida 1100 nafar inspektor-psixolog, 360 nafar voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuni alohida qayd etish joizki, bugungi kunda hamprofilaktika inspektorlari instituti samarali ishlashiga to‘sqinlik qilayotgan, xususan malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, ularning vazifalarini maqbullashtirish va vakolatlarini kengaytirish, murojaatlar bilan ishlash, faoliyatiga zamonaviy axborot-texnologiyalarini joriy etish, ichki ishlar sohaviy xizmatlari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkolikni tashkil etish borasida tizimli kamchilik va muammolar mavjud.
Shuning uchun ham mazkur farmonda profilaktika inspektorlari institutini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi yangi talab, tartib va mexanizmlar belgilandi:
a) profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar maqbullashtirilib, ro‘yxat bo‘yicha 22ta vazifa, shundan 15 tasini bevosita, 7 tasini ishtiroki orqali ta’minlanadi;
b) ularni vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi;
v) 2024 yil 1 sentabrdan Toshkent shahari, 2025 yil 1 sentabrdan boshlab qolgan hududiy ichki ishlar organlari profilaktika katta inspektorilavozimlariga faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlar tayinlanadi;
g) profilaktika inspektorlari uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi sirtqi ta’limiga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining kamida yigirma besh foizi miqdorida qabul kvotasi ajratilmoqda;
d) faoliyatida yuqori natijalarga erishgan Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlaridan ikkitadan, qolgan hududiy ichki ishlar organlaridan bittadan profilaktika inspektori Departament boshlig‘i taqdimnomasiga asosan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining sirtqi ta’limiga imtihonlarsiz qabul qilinishi hamda bepul o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilmoqda;
ye) profilaktika inspektorlarining hududda, xususan shahar va qishloq sharoitida faoliyat olib borishi bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi modellar amaliyotga joriy etilmoqda.
Shuni alohida qayd etish joizki, farmonga muvofiq probatsiya inspektorlarining faoliyati hududiy profilaktika inspektorlari bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil etiladi, ularning zimmasiga profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagilarning shaxsini o‘rganish va ularni ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda profilaktika inspektorlariga amaliy-uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklanmoqda, shuningdek ichki ishlar vazirligining probatsiya tizimini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari hamda “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
Mazkur farmonning yana bir e’tiborli jihati shundaki, unda tegishli mas’ullarga ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning shaxsiy tarkib va uning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga doir barcha qonun va qonunosti hujjatlarning normalarini yagona normativ-huquqiy hujjatda aks ettirish hamda ijtimoiy himoya choralarini qo‘llashning aniq va to‘liq mexanizmlarini belgilash vazifasi yuklatildi.
O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi Konsepsiyasidamilliy xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblangan jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati, uning umumiy qoidadalarida esa “jamoat xavfsizligi”,“jamoat xavfsizligini ta’minlash” tushunchasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi milliy manfaatlar, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, faoliyatning asosiy tamoyili, shuningdek mazkur yo‘nalishda chora-tadbirlar hamkorlikda amalga oshirilishi belgilangan.
Konsepsiyada jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning vakolatlari ko‘rsatilgan.
Mazkur qonun hujjatida ilk marotaba jamoat xavfsizligi konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari, uni ta’minlashga tahdidlar, ularning holati va rivojlanish tendensiyalari, jamoat xavfsizligining ta’minlanganligi holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar asosida baholanishi, u manzilli va maqsadli dasturlar asosida, jamoat xavfsizligi tizimini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tizimli amalga oshirish orqali ta’minlanishi, shuningdek undan kutilayotgan natijalar aniq belgilangan.
Konsepsiyani amalga oshirishning pirovard natijasi jamoat xavfsizligini, aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini samarali tatbiq etish, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashning ishonchli va samarali mexanizmlarini joriy etish hisoblanadi.
Jamoat xavfsizligi Konsepsiyasini amalga oshirish mexanizlari 2022–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirishStrateliyasi hamda uni 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha“yo‘l xaritasi”da belgilangan. Mazkur hujjatlarga muvofiq jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga: huquqiy;uslubiy; ilmiy;tashkiliy asoslarini; shakl va usullarinirivojlantirish; shuningdekfaoliyatni raqamlashtirish yo‘nalishlarida tizimli chora-tadbirlarni bosqichma bosqich amalga oshirish orqali erishiladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, jahonda turli xil ko‘rinishda kuchayib borayotgan turli tahdid va xavf-xatarlar, muammo va ziddiyatlar, aholining tinch va osoyishta hayotiga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, konstitutsiyaviy tuzumga, qonun ustuvorligiga, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga, mamlakatning barqarar taraqqiyotiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar milliy xavfsizlik, uning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan jamoat xavfsizligi ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan barcha davlat organlari:


birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son farmoni, uning bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasijamoat xavfsizligi konsepsiyasi, 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi, shuningdek 2022-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” belgilangan vazifa va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlashi;
ikkinchidan, ularning mazmun-mohiyatini barcha shaxsiy tomonidan har tomonlama chuqur o‘rganishiga va talablarini o‘z faoliyatlarida amalga oshirilishidafidoiy, tashabbuskor, tashkilotchi bo‘lishiga, sohaga zamonaviy usul, mexanizm va texnologiyalarni joriy etishga, davlatning boshqa idoralari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilishga erishishlari;
uchinchidan,ularning mazmun-mohiyatini aholini barcha qatlamlari orasida oddiy va sodda, zamonaviy axborot-kommunikatsiyalardan keng foydalangan holda targ‘ib qilish, mas’ul davlat organining har bir xodimi hayotda jamoat xavfsizligini ta’minlashda bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur islohotlarning fidoiysi va jonkuyari sifatida jamiyat a’zolariga, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodga namuna bo‘lishi talab qilinadi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyati quyidagi asosiy tamoyillarga tayangan holda amalga oshiriladi:
qonuniylik;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish hamda ularni hurmat qilish;
ochiqlik va shaffoflik;
jamoat xavfsizligiga tajovuz qiluvchi tahdidlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarining ustuvorligi;
jamoat xavfsizligini ta’minlashda barcha vakolatli tuzilmalarning harakatlari izchilligi va birdamligi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishni, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining mamlakatda, uning ma’muriy-hududiy birliklarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Strategiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tizimlashtirish hamda mavjud huquqiy bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etish;
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va probatsiya faoliyatini uyg‘unlashtirish;
jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga jalb qilinadigan vazirlik va idoralar kuch va vositalarining birgalikdagi harakatlanish algoritmini ishlab chiqish va uni doimiy takomillashtirib borish;
jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga zamonaviy shakl va ish usullarini hamda ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
jamoat xavfsizligi tizimini raqamlashtirishni 90 foizga yetkazish orqali xizmat faoliyatida inson omilini minimallashtirish;
profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish.
Prezidentimiz ta’kilaganidek murakkab va qaltis vaziyatda barchamiz tinch va osoyishta hayotimizni asrash, milliy mustaqilligimizni mustahkamlash uchun yanada jipslashib, hushyor va ogoh bo‘lib, dadil va qat’iy harakat qilishimiz zarur.
Download 27.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling