2-мavzu: Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari. Reja: 1-savol. Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati tushunchasi va uning asosiy yo‘nalishlari


Yongʻin xavfsizligi xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazildi


Download 27.64 Kb.
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi27.64 Kb.
#1031153
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 мавзу Жамоат тартибини сақлаш соҳасидаги давлат сиёсати

Yongʻin xavfsizligi xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Shunga koʻra, ushbu vazirlik zimmasiga yongʻin xavfsizligini taʻminlash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatildi (yongʻin xavfsizligini taʻminlash sohasida davlat siyosatini yuritish, yongʻinlarning samarali profilaktikasi va oldini olishni taʻminlash, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etish boʻyicha davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish, yongʻinlarni oʻchirishni, yongʻin sodir boʻlgan hududdagi insonlarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qutqarishni tashkil etish, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan asrash).
Jamoat xavfsizligini taʻminlash sohasidagi turdosh sohaviy xizmatlar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida:
– Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasini oʻz ichiga oladigan Tezkor-qidiruv departamenti;
– Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini oʻz ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti;
– Transportda xavfsizlikni taʻminlash bosh boshqarmasi, Xavfsiz turizmni taʻminlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini oʻz ichiga oladigan Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni taʻminlash departamenti tashkil etildi.
Milliy gvardiya boʻlinmalariga jamoat tartibini saqlash boʻyicha ayrim vakolatlarni amalga oshirish yuklatildi.
Uchinchi, jamoat xavfsizligi sohasi boʻyicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimi rivojlantirildi.
Xususan, jamoat xavfsizligini taʻminlash sohasining jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligi, pasport tizimi, qoʻriqlash faoliyati yoʻnalishlarida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida, huquqbuzarliklar profilaktikasi, tezkor-qidiruv, tergov, ekspert-kriminalistika faoliyati yoʻnalishlarida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida, huquqbuzarliklar profilaktikasi yoʻnalishi boʻyicha Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialidaoliy maʻlumotli kadrlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.
Toʻrtinchi, jamoat xavfsizligini taʻminlash sohasida vakolatli davlat organlarining asosiy kuch va vositalari bevosita joylarga yoʻnaltirildi. Shuningdek, tinchlik va osoyishtalikni taʻminlash borasida aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratildi.
Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining 85 foizi (ilgari 54 %)ni bevosita aholi uchun qulay joylarda xizmat qilishi taʻminlandi. Buning uchun tuman-shahar ichki ishlar organlari tarkibida qoʻshimcha 261 ta yangi (ilgari 108 ta) ichki ishlar boʻlimlari (GOM) tashkil etildi.
Aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan koʻrsatilayotgan 12 ta davlat xizmatlari interaktiv usulga oʻtkazildi.
Beshinchi, asosiy eʻtiborni jinoyatchilikka qarshi kurashish natijasida erishilgan yutuqlarga hamda aholining ishonchi va roziligiga qaratgan holda, jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini baholashda oʻtgan davr bilan solishtirish va foizli taqqoslash, yaʻni raqam va foizlar orqasidan quvish amaliyotidan voz kechildi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini taʻminlash birinchi navbatdagi vazifaga aylandi.
Shu bilan birga, jinoyatchilik statistikasini yuritishda xalqaro amaliyotda umumeʻtirof etilgan ijobiy tajribani hisobga olgan holda, sodir etilgan jinoyatlarni 100 ming aholiga nisbatan hisoblash amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Tahlillarga koʻra, respublikamizda 100 ming aholiga nisbatan 2017-yilda 229,4 ta, 2018-yilda 148,7 ta, 2019-yilda 135,9 ta, 2020-yilda 182,4 ta jinoyat toʻgʻri kelgan.
Kriminogen vaziyatni xolisona tahlil qilish, jinoyatni hisobga olishdan yashirish holatlariga barham berish maqsadida, xodimlarning tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlarni ijobiy natija sifatida baholash amaliyoti joriy etildi, yaʻni “aniqlanadigan jinoyatlar” atamasi huquqiy muomalaga kiritildi.
Natijada jami jinoyatlarning 2017-yilda 20,9 % (73 692 tadan 15 454 tasi), 2018-yilda 30,4 % (49 011/14 913), 2019-yilda 33,1 % (46 089/15 265), 2020-yilda 33,8 % (62 081/20 994)ni aniqlanadigan jinoyatlar tashkil etgan.
Oltinchi, jinoyatlarning oqibatlariga qarshi kurashish bilan cheklanish amaliyotidan voz kechilib, asosiy eʻtibor ularning barvaqt oldini olishga va jinoyatlar sodir etilishiga taʻsir koʻrsatayotgan omillarni bartaraf etishga qaratildi.
Davlat Rahbari Shavkat Mirziyoyev taʻkidlaganidek, “mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida davlat, jamiyat va shaxs xavfsizligini taʻminlash tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Buning uchun eng quyi tizim – profilaktika inspektorlari tizimi zamonaviy tuzilma sifatida shakllantirildi” .
Mamlakatda har bir mahallaga kamida bir nafardan profilaktika inspektori ajratilib, ularning soni 10 181 nafargacha (ilgari 5 867) yetkazildi. Hozirgi vaqtda bir nafar profilaktika inspektori oʻrtacha 3,5 ming aholiga (ilgari 5,5 ming) xizmat koʻrsatmoqda.
Natijada respublikadagi mahallalarning 2017-yilda 13,5 % (8 973 tadan 1 215 tasi), 2018-yilda 25,5 % (9 022/2 301), 2019-yilda 33,7 % (9 116/3 074), 2020-yilda 48,9 % (9 168/4 488)da umuman jinoyat sodir etilmasligiga erishildi.
Yettinchi, jamoat xavfsizligini taʻminlashga vakolatli davlat organlarining faoliyatida “inson omili”ni istisno etish, byurokratik jarayonlarni qisqartirish, oshkoralikni taʻminlash, sodda qilib aytganda, tizimni toʻliq raqamlashtirish boʻyicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, ichki ishlar organlarining 96 foizi optik-tolali aloqa tizimiga ulandi, 89 foizi esa zamonaviy kompyuterlar bilan taʻminlandi.
Bugungi kunda ichki ishlar tizimida 32 ta axborot-maʻlumotlar bazalari joriy etilgan boʻlib, hujjat almashinuvi 63 foizgacha elektron shaklga oʻtkazilishiga erishildi.



Download 27.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling