2-Mavzu. Kesishuvchi kuchlar tizimi. Kesishuvchi kuchlarni geometrik usulda qo'shish. Kesishuvchi kuchlar tizimi teng ta'sir etuvchisini analitik usulda aniqlash. Kesishuvchi kuchlar tizimi muvozanati shartlarining geometrik va analitik usulda
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesishuvchi kuchlarni analitik usulda qo‘shish va ularning analitik muvozanat sharti
- Uch kuch muvozanatiga doyir teorema. Teorema.
2-Mavzu. Kesishuvchi kuchlar tizimi. Kesishuvchi kuchlarni geometrik usulda qo'shish. Kesishuvchi kuchlar tizimi teng ta'sir etuvchisini analitik usulda aniqlash. Kesishuvchi kuchlar tizimi muvozanati shartlarining geometrik va analitik usulda ifodalanishi. Uch kuchning muvozanatiga oid teorema. Kesishuvchi kuchlar tizimi. Kesishuvchi kuchlar sistemasini geometrik qo‘shish Ta’sir chiziqlari fazo (tekislik)da bir nuqtada tutashuvchi kuchlar to‘plami fazo (tekislik)dagi kesishuvchi kuchlar sistemasi deb ataladi. Kesishuvchi kuchlarni geometrik qo‘shishda parallelogramm yoki uchburchak usuli ketma-ket qolaniladi (27-rasm, a, b, d). 27-rasm, a da ko‘rinib turibdiki: 27-rasm, b dan ko‘ramizki, kesishuvchi kuchlar sistem asining teng ta ’sir etuvchisi mazkur kuchlar geom etrik yig‘indisiga teng b o ‘lib, u shu kuchlardan tuzilgan ko‘pburchak yopuvchisidan iborat.Bunday kuchlar muvozanatlashganda kuch ko‘pburchagi yopiq bo‘ladi, ya’ni F n kuchning uchi F 1 kuch boshi bilan ustma -ust tushadi ( 27-rasm, d): Kuchning o‘qdagi va tekislikdagi proyeksiyasi Faraz qilaylik, F kuch bilan lo‘q bir tekislikda yotsin. Bu holda kuchning boshi A va oxiri В nuqtalaridan lo‘qqa tushirilgan proyeksiyalar A 1 va B l , orasidagi kesmaning mos ishorali uzunligi kuchning lo‘qdagi proyeksiyasi deyiladi (28-rasm). Agar A 1 nuqtadan B 1 nuqtaga ko‘chish l o ‘qning musbat yo‘nalishi bilan ustma-ust tushsa, kuchning o‘qdagi proyeksiyasi musbat, aks holda manfiy qiymatlarga ega bo‘ladi (28-rasm, a, b). F kuchning lo‘qidagi proyeksiyasini F l bilan belgilasak: (2.1) (2.2) (2.2) ni (2.1) ga qo‘llasak: (2.3) (6.3) dan ko‘ramizki, kuchning biror o‘qdagi proyeksiyasi kuchning miqdori hamda kuchning shu o ‘q musbat yo‘nalishi bilan hosil qilgan burchak kosinusining ko‘paytmasiga teng. Demak, kuch o‘qning musbat yo‘nalishi bilan o ‘tkir burchak hosil qilsa, uning proyeksiyasi musbat; agar o‘tmas burchak tashkil etsa, manfiy bo‘ladi. Faraz qilaylik, F kuch x (yoki y). o ‘q bilan bir tekislikda yotmasin. Bu holda F kuchni avval O xy tekisligiga proyeksiyalaymiz. Buning uchun F kuchning boshi A va oxiridagi В nuqtadan O xy tekislikka perpendikular AA 1 va BB 1 chiziqlarni o‘tkazamiz. U holda A 1 B 1 =F xy vektori mazkur kuchning O xy tekislikdagi proyeksiyasi deb ataladi (29-rasm). Agar F kuchning Oxytekkisligi bilan tashkil qilgan burchagi θ ga tang bo‘lasa, 29-rasmdan quyidagicha aniqlanadi: F xy = Fcosθ (2.4) Agr F xy ma’lum bo‘lsa, u holda F kuchning O x , O y , O z o‘qlaridagi proyeksiyalari quyidagicha aniqlanadi: (2.5) Kesishuvchi kuchlarni analitik usulda qo‘shish va ularning analitik muvozanat sharti Faraz qilaylik, jismga О nuqtada kesishuvchi kuchlar ta’sir qilsin (30-rasm, a,b). (F 1 ,F 2 ,…,F n ) kuchlarni yuqoridagilarga asoslanib, Ox, Oy, Ozo‘qlariga proyeksiyalaymiz. Natijada mazkur o‘qlar bo‘ylab joylashgan kuchlar hosil bo‘ladi. Bir to‘g'ri chiziq bo‘ylab yo‘nalgan kuchlar algebraik qo‘shilgani uchun: Endi R x , R y , R z larni parallelogram m usuli bo‘yicha qo‘shsak (30-rasm, b): kelib chiqadi. Teng ta’sir etuvchi R ning yo‘naltiruvchi kosinuslari: bu yerda i,j,k — mos ravishda Ox, Oy, Ozo‘qlarining birlik vektorlari. Kesishuvchi kuchlar ta’siridagi jism muvozanatda bo‘lishi uchun R= 0 shart bajarilishi kerak: (2.6) kelib chiqadi. Agar kesishuvchi kuchlar tekislikda joylashgan bo‘lsa (7.1) formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: (2.7) Uch kuch muvozanatiga doyir teorema. Teorema.Bir tekislikda yotuvchi va о ‘zaro parallel bo ‘Imagan uchta kuch muvozanatlashsa, ularning ta ’sir chiziqlari bir nuqtada kesishadi va ulardan tuzilgan kuch uchburchagi yopiq bo ‘ladi, ya’ni oxirgi F 3 kuchning uchi F 1 kuch boshi bilan ustma-ust tushadi (6-rasm a, b). Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling