Kuchlarni qo'shish. Teng ta'sir etuvchi kuchlarni aniqlash. Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar reja


Download 476.5 Kb.
bet1/9
Sana04.07.2020
Hajmi476.5 Kb.
#122928
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KUCHLARNI QO'SHISH. TENG TA'SIR ETUVCHI KUCHLARNI ANIQLASH. BIR NUQTADA KESISHUVCHI KUCHLAR


KUCHLARNI QO'SHISH. TENG TA'SIR ETUVCHI KUCHLARNI ANIQLASH. BIR NUQTADA KESISHUVCHI KUCHLAR
Reja:


  1. Bir nuqtada kesishuvchi kuchlarni qo`shish

  2. Kuchning o`qdagi proyeksiyasi

  3. Teng ta`sir etuvchi kuchni analitik usulda aniqlash

  4. Bir nuqtada kesishuvchi kuchlarning muvozanati

Ta`sir chiziqlari fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar tizimiga fazodagi kuchlar tizimi deyiladi. 1804-yilda fransuz olimi Lui Puanso (1777—1859) taklif etgan lemma asosida fazoviy kuchlar tizimi sodda holga keltirilgach, ular ta`siridagi jismlarning muvozanat holati va harakati o`rganiladi.

Bu lemma kuchning jismga ta`sirini o`zgartirmasdan, uni o`ziga parallel ravishda bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga keltirish haqida bo`lib, quyidagicha ta`riflanadi (isbotsiz):

jismning istalgan nuqtasiga qo`yilgan kuch jismdan olingan ixtiyoriy keltirish markaziga qo`yilgan aynan shunday kuchga va momenti berilgan kuchning keltirish markazi O nuqtaga nisbatan momentiga teng juft kuchga teng kuchli (ekvivalent) bo`ladi (1.24-shakl, a, b).



Teorema: fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar tizimini istalgan markazga keltirish natijasida mazkur kuchlar tizimi keltirish markaziga qo`yilgan bosh vektor R ga teng bitta kuch va bosh momenti M ga teng bo`lgan juft kuch bilan almashtiriladi.



Isbot:

Jismning À1, À2,...Àn nuqtalariga fazoda ixtiyoriy yo`nalgan F1, F2..., Fn kuchlar tizimi ta`sir etsin.



Aytaylik, biz tekshirayotgan holda n = 3 bo`lsin (1.25-shakl, a).

Ixtiyoriy O nuqtani keltirish markazi sifatida tanlaymiz. Har bir kuch va O nuqta orqali tekisliklar o`tkazamiz.


Download 476.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling