3. Qistirib mahkamlangan tayanch (1.31-shakl, a). Bu xildagi tayanch unga tutashtirilgan to`sin kesimining to`g`ri chiziqli va burchakli ko`chishlariga yo`l qo`ymaydi. Bu tayanchning sxematik tasviri 1.31-shakl, b da ko`rsatilgan.
Qistirib mahkamlangan tayanchning tayanch reaksiyalari gorizontal H va vertikal R kuchlardan hamda reaktiv moment m dan iborat bo`ladi.
Odatda, tayanch reaksiyalari statikaning muvozanat tenglamalari yordamida aniqlanadigan to`sinlar statik aniq to`sinlar deyiladi.
Statik aniq to`sinlarga quyidagilar misol bo`ladi:
a) konsol — bir uchi bilan qistirib mahkamlangan to`sin (1.32-shakl, a);
b) ikki tayanchli oddiy to`sin (1.32-shakl, b);
c) ikki tayanchli konsol uchli to`sin (1.32-shakl, d).
Do'stlaringiz bilan baham: |