Puanso lemmasiga muvofiq, har bir kuch o`z tekisligiga aynan o`ziga teng va qo`shilgan juft kuch bilan keltiriladi. Boshqacha aytganda, masalan A1 nuqtadagi kuchni O nuqtaga ko`chirish maqsadida shu nuqtaga kuchlarni qo`yamiz (1.25-shakl, b).
Natijada, A1 nuqtaga qo`yilgan kuch O nuqtaga qo`yilgan kuchga va momenti ga teng qo`shilgan juftga teng kuchli bo`ladi:
Xuddi shu tarzda A2, A3... An nuqtalardagi kuchlarni ham keltirish markaziga ko`chiramiz. U holda, O nuqtaga qo`yilgan kuchlar tizimi va momentlari bo`lgan qo`shilgan juftlar tizimi hosil bo`ladi. vektorlar mos ravishda tekisliklarga tik yo`nalgan hamda ular soat milining aylanishiga teskari yo`nalishda jismni aylantirishga intiladi.
O markazga keltirilgan kuchlar geometrik qo`shiladi (1.25-shakl, b) va bitta R kuchni hosil qiladi:
juft kuchlar ham geometrik qo`shiladi (1.25-shakl, e) va bitta M0 juft kuchni hosil qiladi:
Bu yerda: — fazodagi kuchlar tizimining bosh vektori;
— fazodagi kuchlar tizimining bosh momenti.
Yuqorida ta`kidlanganidek, ekanligini e`tiborga
olsak, (a) va (b) ifodalar quyidagicha yoziladi:
Demak, fazoda joylashgan kuchlar tizimining:
bosh vektori mazkur kuchning geometrik yig`indisiga;
istalgan keltirish markaziga nisbatan bosh momenti tashkil etuvchi kuchlarning mazkur markazga nisbatan momentlarining geometric yig`indisiga teng bo`ladi.
Teorema isbotlandi.
vektorlarni analitik usulda aniqlash uchun ularni koordinata o`qlariga proyeksiyalash zarur:
Bosh vektorning moduli
Do'stlaringiz bilan baham: |