Kuchlarni qo'shish. Teng ta'sir etuvchi kuchlarni aniqlash. Bir nuqtada kesishuvchi kuchlar reja


Download 476.5 Kb.
bet6/9
Sana04.07.2020
Hajmi476.5 Kb.
#122928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KUCHLARNI QO'SHISH. TENG TA'SIR ETUVCHI KUCHLARNI ANIQLASH. BIR NUQTADA KESISHUVCHI KUCHLAR



Natijada, (1.28) ning uchinchisi, (1.29)ning birinchi va ikkinchilari ayniyatga aylanadi. Barcha kuchlar xoy tekislikda yotganligi sababli ularning oz o`qqa nisbatan momentlari koordinatalar boshi 0 ga nisbatan momentlarning algebraic qiymatiga teng bo`lib qoladi. Tekshirilayotgan hol uchun muvozanat shartlari quyidagi ko`rinishga ega:

Shunday qilib, tekislikdagi kuchlar tizimi ta`siridagi erkin jism muvozanatda bo`lishi uchun kuchlarning koordinata o`qlaridagi proyeksiyalarining yig`indisi va kuchlarning ular yotgan tekislikdagi ixtiyoriy nuqtaga nisbatan momentlarning yig`indisi nolga teng bo`lishi zarur va yetarlidir.

Tekislikdagi kuchlar tizimining muvozanatiga oid masalalar yechayotganda (1.32) ga teng kuchli yana quyidagi muvozanat tenglamalaridan foydalanish mumkin.

1-h o l . Tekislikda yotuvchi ixtiyoriy kuchlarning shu tekislikdagi bir to`g`ri chiziqda yotmagan uchta nuqtasiga nisbatan momentlarining algebraik yig`indilari alohida-alohida nolga teng bo`lsa, kuchlar tizimi muvozanatda bo`ladi:



2-hol. Tekislikda yotuvchi ixtiyoriy kuchlarning shu tekislikda yotuvchi ixtiyoriy ikki nuqtasiga nisbatan momentlarining algebraik yig`indilari va mazkur nuqtalardan o`tuvchi o`qqa perpendikular bo`lmagan o`qdagi proyeksiyalarining yig`indisi alohida-alohida nolga teng bo`lsa, bunday kuchlar tizimi muvozanatda bo`ladi:



Har qanday to`sin* uch xil tayanchda yotadi.

1. Sharnirli-qo `zg `aluvchan tayanch (1.29-shakl, a). Bu xildagi tayanch to`sin uchining gorizontal ko`chishiga va ko`ndalang kesimining aylanishiga qarshilik ko`rsatmaydi.

Sharnirli-qo`zg`aluvchan tayanchning sxematik tasviri 1.29-shakl, b da ko`rsatilgan. Bunday tayanchning reaksiyasi R tayanch bog`lanishi bo`ylab yoki g`ildiraklarning tayanch tekisligiga tik yo`nalgan bo`ladi.



2. Sharnirli qo`zg`almas tayanch (1.30-shakl, a). Bu tayanch nuqtasiga tegishli kesimning erkin aylanishiga imkon bersa-da, lekin to`sin uchining hech qanday chiziqli ko`chishiga yo`l qo`ymaydi.


Download 476.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling