2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari
Download 139.3 Kb.
|
2-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 .1.1-rasm. Ishlab chiqarish tadbirkorligi.
- Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati.
- Ishlab chiqarish omillari.
2.1.1-rasm. Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo’lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko’rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko’rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi. Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. SHuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug’urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko’rsatadi. Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga qaraganda kamroq samara beradi. Bu ko’rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko’p yo’nalishlardan iborat bo’lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo’lib, bir-birini to’ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. Innovatsion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug’ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. SHu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. Tovarga bo’lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potentsial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo’lajak xaridorlar o’rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. SHu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og’zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. SHakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og’zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo’lib, kerak bo’lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og’zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir. Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarini sotib olish yoki ijaraga olishdir. Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o’z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo’linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o’lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga tsex zavod va laboratoriya binolari kiradi. Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko’priklar, neft quduqlari, ko’mir koni qatlamlari va shunga o’xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quvvatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli xildagi uzatkich quvurlari, neft va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quvvatli mashinalarga turli xildagi dvigatellar, turbinalar, bug’ qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi bo’lib ishchi mashinalar va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi tsexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi. Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun kerak bo’lgan ehtiyot va butlash qismlari tashkil qiladi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o’zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil qiladi. Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neft, ko’mir, gaz va boshqalar), qishloq xo’jalik mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xom ashyoni tashkil qiladi. Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan o’tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo’lajak tayyor mahsulot (temir, yog’och, mato)ning asosini tashkil qiladi, yordamchi materiallar (bo’yoq, tugma va boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash moylari) ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashadi. Asbob-uskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga kiritiladi. Asbob-uskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo’lsa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o’zida tayyorlangan turlariga bo’linadi. Yarim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor bo’lmagan bo’lib, uni boshqa tsex firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot bo’lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o’z ishchi joyida turadi. Uni me’yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo’linmasiga berilmay, shu tsexning o’zida qiyomiga yetkaziladi. Kelajakdagi xarajatlarga alohida to’xtalmoq lozim. Bu xarajatlar yangi mahsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo’lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi. Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi. Undan keyin tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to’playdi. Download 139.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling