2-mavzu Ko'chish hodisalari. Gidrodinamika. Termodinamika asoslari


Termodinamik jarayonlari va sistemalar


Download 7.43 Kb.
bet3/3
Sana18.11.2023
Hajmi7.43 Kb.
#1785444
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu Ko\'chish hodisalari. Gidrodinamika. Termodinamika asosla-fayllar.org

Termodinamik jarayonlari va sistemalar.


  • Termodinamika jismlarning mikroskopik tuzilishini hisobga olmagan holda ular orasida energiya almashinuvi mumkin bo’lgan sistemalarni qarab chiquvchi fizika bo’limidir. Termodinomik sistemaning holati asosan bosim, hajm, temperatura kabi parametrlar bilan aniqlanadi.

  • Sistemaning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishiga termodinamik jarayon deyiladi.

  • Energiya bir jismdan ikkinchi jismga 2 xil usulda o’tadi: ish bajargan va issiqlik almashganda. Ish jarayonida uzatilgan energiya o’lchami ish bo’lganidek, issiqlik almashishi jarayonida uzatilgan energiya o’lchami issiqlik miqdori (yoki issiqlik) bo’ladi.

  • Agarda termodinamik sistema tashqi muhit bilan modda almashinuviga (energiya va impuls) ega bo’lsa, bunday sistemaga ochiq termodinamik sistema deyiladi.

  • Agar termodinamik sistema tashqi muhit bilan modda almashmasa, bunday sistemaga yopiq termodinamik sistema deyiladi.

  • Agar sistemaga kelgan energiya va sarf bo’lgan energiya o’zaro teng bo’lsa, bu holga issiqlik muvozanati holati deyiladi.

Termodinamikaning birinchi qonuni: Sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistemaning ichki energiyasini o`zgartirishga va sistemaning tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishiga sarf bo`ladi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni: Agar sovuqroq sistema bilan issiqroq sistemaning ikkalasida yoki atrofdagi jismlarda biror o`zgarish bo`lmasa, sovuqroq sistemadan issiqroq sistemaga issiqlik o`tkazib bo`lmaydi.

Termodinamikaning ikkinchi qonuni issiqlik jarayonlari qaytmas jarayon ekanini ifodalaydi. Shu bilan birga tabiatda ko`pgina jarayonlar qaytmas jarayonlardir. Masalan :inson qarishi.

Sinov savollari:


  • Suyuqliklarda qanday oqim turlari mavjud?

  • Ideal va real suyuqliklar nima?

  • Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari fizik mohiyati nima?

  • Yopishqoqlik koeffisiyenti va uni o’lchashning ahamiyati nimadan iborat?

  • Diffuziya hodesasi?

  • Termodinamikaning ikkinchi qonuni?


http://fayllar.org
Download 7.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling