2-mavzu: Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari Kirish. Tarmoqlar – maqsad va vazifalar Ma’lumotlarni uzatish. Tarmoq turlari


Axborot yo‘li    7-rasm


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/35
Sana09.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#255843
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
2-мавзу.Компьютер тармоқлари ва турлари

 

Axborot yo‘li 




 

7-rasm 


 

Bunda bir abonentdagi har bir daraja  shunday ishlaydiki, boshqa abanentning tegishli darajasi bilan 

to‘g‘ri aloqada bo‘layotganday, ya’ni tarmoq abonentlarining bir nomdagi darajalari o‘rtasida virtual aloqa 

mavjud. 


Real aloqani bir tarmoqdagi abonentlar faqat eng pastki, birinchi, fizik darajada olishadi. Uzatuvchi 

abonentda axborot hamma darajani o‘tadi, yuqoridan boshlab pastida olingan axborot tеskаri yo‘l yuradi: 

pastki darajadan yuqorisiga.  

Har xil darajalarning funksiyalarini ko‘rib chiqamiz.  

 Amaliy daraja (Application), yoki ilovalar darajasi, foydalanuvchi ilovalarini bevosita ushlab turib 



xizmatlarni ta’minlaydi, masalan ma’lumotlar bazasiga kirish fayllarini uzatish dasturiy vositalari, elektron 

pochta vositalari, serverda registratsiya qilish xizmati. Bu daraja qolgan olti darajani boshqaradi.  

  Taqdim  etish  darajasi  (Presentation),  yoki  ma’lumotlani  taqdim  etadigan  daraja,  ma’lumotlar 



formatini belgilaydi va ular sintaksisini tarmoqga qulay shaklda qayta tuzadi, ya’ni tarjimon funksiyasini 

bajaradi. Bu yerning o‘ziga ma’lumotlarni shifrlаsh va shifrni yechish bajariladi, kerak bo‘lsa ularni siqadi.  

 Seansli daraja (Session) aloqa seanslarini o‘tkazishni boshqaradi (aloqani o‘rnatadi, ushlab turadi va 



to‘xtatadi).         

  Transportli  daraja  (Transport)  paketlarni  xatosiz  va  yo‘qotmasdan,  kerakli  ketma  –  ketlikda 



еtqаzishni  ta’minlaydi.  Bu  yerda  uzatadigan  ma’lumotlarni  bloklarga  bo‘linadi,  paketlarga  solinadi  va 

qabul qilinayotgan ma’lumotlarni taxlaydi.  

  Tarmoqli  daraja  (Network)  paketlarni  adreslashtirishga  javob  beradi  va  mantiqli  ismlarni  fizik 



tarmoqli adreslarga o‘tkazadi (va tеskаri), shuningdek paket kerakli joyga borish marshrutini tanlaydi (agar 

tarmoqda marshrutlar bo‘lsa). 

  Kanalli  daraja,  yoki  uzatish  liniyalarining  boshqarish  darajasi,  boshlanish  va  oxirgi  boshqarish 



maydonlarning kiritgan standart ko‘rinishini shaklga solinishiga javob beradi. Shu joyda tarmoqga kirishni 

boshqarilishi  bajariladi,  uzatish  xatolari  topiladi  va  xatoli  paketlarni  qabul  qiluvchiga  qayta  yuborish 

bajariladi.  

 Fizik daraja (Physical) – modelni eng pastki darajasi bo‘lib, uzatish muxitida qabul qilingan uzatilgan 



axborotni  signallarga  kodlash  uchun  javob  beradi  va  teskarisi  –  kodlarni  yechish.  Bu  yerni  o‘zida 

birlashtiruvchilarga, raz’yemlarga, elektrlik  moslashlarga,  yerga  tutashtirishga, halaqit         beruvchilardan 

himoyalanishga va h.k. talablar belgilanadi. 

Modelning ikkita pastki darajalarini (1 va 2) ko‘p funksiyalari apparatli qilinadi (daraja 2 ni qisman 

funksiyalari – tarmoqli adapterning dasturiy drayveri bilan). Huddi shunday darajalarda uzatish tezligi va 

tarmoq  topologiyasi,  almashuvni  boshqarish  usuli  va  paket  o‘lchamlari  topiladi,  ya’ni  tarmoq  turiga 

bevosita tegishli bo‘ladi (Ethernet, Token – Ring, FDDI). Yuqori darajalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniq apparat 

bilan ishlashmaydi, lekin 3-5 darajalar uning xususiyatlarini hisobga olishi mumkin.  

Darada 2 (kanalli) da ko‘pincha 2 darajagacha ajratiladi.  

  Yuqori  darajada  (LLC  –  Logical  Link  Control)  mаntiq  aloqani  boshqaradi,  ya’ni  virtual  kanal 



aloqasini  o‘rnatadi  (uning  funksiyasining  bir  qismi  tarmoqli  adapterning  drayver  dasturi  yordamida 

bajariladi).  

 Pastki darajada (MAC – Media Access Cantroi) axborot uzatish muxitga bevosita kirishni bajaradi 



(aloqa kanaliga). U to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqning apparaturasi bilan bog‘langan.  

 OSI mоdеl dараjаlar funksiyalarini ko‘rib chiqamiz (8-rasm). 



 

Ilovalar darajasi. Qo‘shimchalardan iborat bo‘lib, ular yordamida 



tarmoqdan foydalanish mumkin. 

Taqdim  etish  darajasi  tarmoqdagi  ma’lumotlarni  formatini 



standartlashtiradi. 

Seansli daraja ilovalar o‘rtasidagi ulashuvlarni boshqaradi. 



Transportli  daraja.  qidirish  va  tuzatish  kiritish  yordamida 

ma’lumotlarni xatosiz uzatishni kafolatlaydi. 

Uzatish  darajasi.  Tarmoqdagi  kompyuterlar  orasida  eng  yuqori 



darajali ulanishlarni boshqaradi.  

Qimoyalash  darajasi.  Fizik  ulanish  uslubi  bilan  ma’lumotlarni 



ishonchliligiga g‘amxo‘rlik qiladi. 

Bitli  uzatish  darajasi.  Uzatish  yo‘llari  fizik  xususiyatlarini 



belgilaydi. 


 

8-rasm 



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling