2-mavzu: Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari Kirish. Tarmoqlar – maqsad va vazifalar Ma’lumotlarni uzatish. Tarmoq turlari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/35
Sana09.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#255843
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
2-мавзу.Компьютер тармоқлари ва турлари



2-mavzu: Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari 

 

1.  Kirish. Tarmoqlar – maqsad va vazifalar 

2.  Ma’lumotlarni uzatish. Tarmoq turlari. 

3.  Tarmoqlar elementlari. Asosiy bo‘lаklar qismi. 

4.  Tarmoqdagi ma’lumotlarning xavfsizligi. 

5.  OSI modeli. Model darajalari 

6.  Tarmoq topologiyalari 

7.  Tarmoq komponentalari                                         

 

1. Kirish. Tarmoqlar – maqsad va vazifalar 

 

Lokal tarmoqlar keyingi vaqtda kompyuterlarga qo‘shimcha modda bo‘lmasdan bitta kompyuterdan 



ko‘proq bo‘lgan har qanday kompaniyani majburiy buyumiga aylanayapti.  

Apparaturalarni va dasturiy vositalarni takomillashtirish shunday bir darajaga yettiki, oddiy tarmoqni 

o‘rnatish  va  ekspluatatsiya  qilish  amalida  har  qanday  ozmi-ko‘pmi  savodi  bo‘lgan  foydala-nuvchining 

qo‘lidan  keladigan  bo‘lib  qoldi.  Oxirgi  eng  ko‘p  tarqalgan  Windows  operatsion  tizimlari  esa  yetarli 

rivojlangan tarmoqli vositalarga ega, shu tufayli maxsus tarmoqli dasturlarni ta’minot hech majbur emas. 

Avval  faqat  maxsus  o‘qitilgan  professionallarning  qo‘lidan  keladigan  bo‘lsa,  endi  har  qanday 

foydalanuvchi oson ba-jarishi mumkin. 

Lokal  hisoblovchi  tarmoq  (LHT)  bu  kabel  (angl.  Wireless-simsiz)  orqali  maxsus  komponentlar 

yordamida apparatli va dasturli ta’minotda shaxsiy kompyuter (ShK) va atrofdagi qurilmalarni birlashtirish.  

LHT  ning  oddiy  formasi  ikkita  ShK.  Ular  o‘zaro  tarmoqli  kabel  (yoki  radio)  orqali  bir-biri  bilan 

bog‘langan bo‘lib, o‘zining resurslaridan birga foydalanishlari mumkin (ma’lumotlar, xotira, printer, faks, 

skanner, dasturlar, modem va h. k.).  

Pereklyuchatel tufayli birinchi marta atrofdagi  qurilmalarni birga ishlatish mumkin bo‘ladi. Bir nechta 

personal kompyuterlarni bitta printerga ulash mumkin edi. Bu prinsip bugungi kunda ham qo‘llanib keladi. 

Keyin birinchi Disk-Server (Disk-Servis) yaratildi. Bu markaziy kompyuter bo‘lib, bir nechta ishchi 

stansiyalar  bilan  ulangan.  Markaziy  kompyuterda  operatsion  tizim  o‘rnatildi  va  bu  bir  nechta  ishchi 

stansiyalarga  (clients)  bir  vaqtda  kirish  imkoniyati  yaratildi.  Ma’lum  bir  resurslarga  ulangan  ishchi 

stansiyalarni kirish imkoniyatlarini chegaralab qo‘yish xususiyatlarga Disk-serverlar ega edi. 

Bunday serverlarga texnik xizmat va xizmat ko‘rsatish katta xarajatlar talab qilinar edi, chunki ishchi 

stansiyalar boshqarar edi.  

Keyinchalik  disk-serverlarni  faylli  serverlar  (File-Server)  bilan  almashtirishdi.  Bunda  boshqarish 

vazifalarini server o‘ziga oldi.  

Ishchi stansiya resurslariga kirishni qo‘shimcha chegaralash uchun yangi imkoniyatlar tug‘ildi. Yakka 

ShK  afzalligi  bu  ko‘p  sonli  amaliy  dasturlar  bilan  avtonomli  ishlash.  Buning  uchun  unga  markaziy 

kompyuter resurslariga kirish kerak emas.  

Bunday ishlashni kamchiligi esa, qayta ishlangan ma’lumotlarni saqlash lokal tariqasida bo‘ladi. Ya’ni, 

bu ma’lumotlar bilan boshqa foydalanuvchilar ham ishlamoqchi bo‘lsa, ularni avval saqlash kerak yoki 

disketaga nusxa ko‘chirish kerak.   

Birinchi kompyuterlar katta xarajatlar talab qilar edi, - atrof qurilmasi va xotira uchun ancha-muncha 

mablag‘ kerak edi. O‘sha vaqtda har bir hisoblash mashinalari orasida ma’lumotlar bilan almashish zarurligi 

paydo bo‘lgan. Shu sabab bilan kompyuterlar tarmoqga birlashtirilar edi.  

LHT ga birlashtirilgani yaqqollik ishchi o‘rinlariga qaraganda kompyuterlarni afzalligi quyidagicha:  

 Dasturlar va malumotlarni markaziy boshqarilishi (dasturga markazlashtirish).  



 Ma’lumotlar fondini birgalikda foydalanish (dolzarb ma’lumotlarni). 

 Ma’lumotlarni yuqori darajada himoyalash va saqlash. 



Ko‘paygan unumdorlik (masalan, ancha tez kommunikatsiya). 

 Resurslardan birgalikda foydalanish, xarajatlarni kamaytirish (atrofdagi). 



Ma’lumotlarni,  printerlarni  va  boshqa qurilmalarni  birgalikda ishlatish, shuningdek  ma’lumotlar  va 

xabarlar bilan almashish tarmoqli rejim deb ataladi.  

   


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling