2-mavzu: Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari Kirish. Tarmoqlar – maqsad va vazifalar Ma’lumotlarni uzatish. Tarmoq turlari


  Ma’lumotlarni uzatish. Tarmoq turlari


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana09.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#255843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
2-мавзу.Компьютер тармоқлари ва турлари

2.  Ma’lumotlarni uzatish. Tarmoq turlari. 

      


Hisoblash texnikasi paydo bo‘lishidan boshlab, kompyuterlar orasida ma’lumotlar uzatish bo‘lgan. U 

har  bir  kompyuterni  birgalikda  ishlashni  tashkil  etishga  imkon  yaratadi,  bir  masalani  kompyuterlar 




yordamida yechishga, har bir kompyuterni faqat bitta funksiyani bajarishga maxsuslashtiradi, resurslardan 

birgalikda  foydalanish  va  boshqa  ko‘p  muammolarni  yechish.  Oxirgi  vaqtda  axborot  almashishni  ko‘p 

uslub va vositalari taklif etilgan: disketa yordamida fayllarni oddiy ko‘chirishdan to dunyo bo‘ylab Internet 

kompyuter tarmog‘igacha, ya’ni barcha dunyodagi kompyuterlarni bog‘lash imkonigacha.  

Bu iyerarxiyada lokal tarmoqlarga qanday o‘rin ajratiladi?  

“Lokal tarmoqlar” (LAN, Local Area Network) aynan, lokal deganda shunday tarmoqlarni tushinish 

kerakki,  o‘lchamlari  katta  bo‘lmagan  bir-biriga  yaqin  joylashgan  kompyuterlarni  birlashtiradi.  Bunday 

izohlarni  aniq  emasligini  tushunish  uchun  ayrim  lokal  tarmoqlarni  xarakteristikalarini  ko‘rish  yetarli 

bo‘ladi. Masalan, ayrim lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki o‘nlab kilometrlar masofadagi aloqani oson 

ta’minlaydi. Bu esa xona, bino, yaqin joylashgan binolarni o‘lchamlari borki butun shaharga teng. Boshqa 

tomondan, global tarmoqlar bo‘yicha (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir 

xonadagi qo‘shni stollarda joylashgan kompyuterlar  birlashishi mumkin, buni esa negadir hech kim lokal 

tarmoq deb atamaydi. Shuningdek, bir-biriga yaqin joylashgan kompyuterlar kabel orqali interfeyslarning 

(RS 232-C, Centronis) tashqi razyomlari ulanadi, yoki kabelsiz infraqizil kanali bo‘yicha. Bunday aloqa 

ham lokal tarmoq deyilmaydi. Bir nechta kompyuterlarni birlashtirgan kichik tarmoqni lokal tarmoq deb 

atash noto‘g‘ri.  

Haqiqatdan  ham,  real  holatda  ko‘pincha  lokal  tarmoq  ikkitadan  bir  necha  o‘nlab  kompyuterlarni 

birlashtiradi.  Bir  xil  lokal  tarmoqlarning  imkoniyatlari  yuqori:  abonentlarni  maksimal  soni  mingacha 

yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik deb atash to‘g‘ri bo‘lmasa kerak.  

Bir xil mualliflar lokal tarmoqni “ko‘p kompyuterlarni bevosita ulash uchun tizim” deb ifodalashadi. 

Bunda  faraz  qilinadiki,  axborot  kompyuterdan  kompyuterga  vositachilarisiz  bir  xil  muxitda  uzatiladi. 

Biroq, zamonaviy lokal tarmog‘ida bir xil muxitda uzatish to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri kelmaydi. Masalan, 

bir tarmoq ichida ham har xil turdagi elektr kabellari va ham optovolokonlar ishlatiladi. “Vositachilarsiz” 

uzatish deb ifodalash ham juda aniq emas, chunki zamonaviy  lokal  tarmoqlarda har xil konsentratorlar, 

komutatorlar,  marshrutizatorlar,  ko‘priklar  ishlatiladi.  Ular  uzatiladigan  axborotni  juda  murakkab  qayta 

ishlashini amalga oshiradi. Tushunarli emas, ularni vositachi deb atalsa bo‘ladimi yoki yo‘qmi. 

To‘g‘rirog‘i,  eng  aniq  ifodalab,  lokal  bu  shunday  tarmoqki,  foydalanuvchilar  aloqani  sezmaslikka 

imkon beradi. 

Lokal tarmog‘i bilan bog‘langan kompyuterlar bir virtual kompyuterga birlashadi, uning resurslariga 

hamma  foydalanuvchilar  kirishi  mumkin  bo‘ladi,  lekin  bu  kirish  bevosita  har  bir  alohida  kompyuterga 

kiradigan resurslarga qaraganda uncha qulay emas.  

Bu holatda qulaylik deganda birinchi navbatta kirishni yuqori real tezligi tushiniladi, qo‘shish orasidagi 

axborotlar bilan almashish foydalanuvchi uchun bilinmasdan amalga oshiriladi. Bunday ifodalanishda na 

sekin  global  tarmoqlar,  na  sekin  aloqa  Ketma  ket  yoki  parallel  portlar  orqali  lokal  tarmoqlar  degan 

tushunchaga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday ifodalashdan kelib chiqadiki, lokal tarmoqda uzatish tezligi eng ko‘p 

tarqalgangan kompyuterlarni ishlash tezligi oshishi bilan albatta oshishi kerak. Shunday holat kuzatilyapti: 

agar yaqinda 1-10 Mbit/s uzatish tezligi qoniqarli deb hisoblangan bo‘lsa, butun esa o‘rta tezlikni tarmoq 

deb 100 Mbit /s tezlikda ishlaydigan tarmoq hisoblanadi, 1000 Mbit/s va o‘ndan katta tezlik uchun vositalar 

faol ishlab chiqilmoqda.  

Uzatishni kam tezliklarda aloqa tor joy egallab qoladi,  tarmoqga birlashtirilgan virtual kompyuterni 

ishini  juda  sekinlashtiradi.  Shunday  qilib,  lokal  tarmoqni  boshqalardan  asosiy  farqi  –  almashuvni  katta 

tezligi.  

Lekin bu yagona farqi emas, boshqa omillar ham muhimdir. Masalan, uzatishda xatolar darajasi past 

bo‘lishi  prinsipial  suratda  zarur.  Axir  juda  tez  uzatilgan  bo‘lsa  ham,  xatolar  bilan  buzilgan  axborot 

manosizdir – uni yana bir uzatish kerak. 

Shu sababli lokal tarmoqlar uchun maxsus o‘tkazilgan sifatli aloqa liniyalaridan foydalaniladi. Yana 

prinsipial axamiyatga ega bo‘lgan tarmoq xarakteristikasidan bu katta yuklanishda ishlash imkoniyati, yani 

katta intensiv almashuvda (yoki katta trafik bilan deb gapiranadi).  

Agar  tarmoqda  foydalanadigan  almashuvni  boshqarish  mexanizmi  unga  effektiv  bo‘lmasa,  unda 

uzatish uchun kompyuterlar o‘z navbatini xaddan tashqari uzoq kutishi mumkin, va keyin uzatish eng katta 

tezlikda olib boriladigan va butunlay xatosiz bo‘lsa, ham, tarmoqdan  foydalanuvchiga bu baribir barcha 

tarmoqdagi resurslarga kirish to‘g‘ri kelmaydigan ushlab qolishlarga aylanadi.  

Har  qanday  almashuvni  boshqaradigan  mexanizm  kafolatli  shunda  ishlashi  mumkinki,  agar  qancha 

kompyuterlar abonentlar, uzellar tarmoqga ulanishi oldindan ma’lum bo‘lsa.  

Yoqilganda  ko‘p  abonentlarni  ulash  ko‘zda  tutilmagan,  mexanizm  buzilishi  mumkin.  Va  nixoyat, 

tarmoq  deb  bu  so‘zni  asl  ma’nosiga  qaraganda  shunday  ma’lumotlarni  uzatish  tizimiki  u  o‘nlab 

kompyuterlarni birlashtiradigan, lekin standart portlari orqali aloqa holatiga o‘xshab ikkita emas. Shunday 



qilib, lokal tarmoqlarning farq qiluvchi belgilari quyidagicha:  

 uzatishning yuqori tezligi, katta o‘tkazuvchanlik imkoniyati; 



  uzatishning  xato  darajasi  pastligi  (yoki,  yuqori  sifatli  aloqa  kanallari).  Ma’lumotlar  uzatish 

qo‘yiladigan ehtimolli xatosi 10"7–10~8 bo‘lishi kerak;  

 effektli, tezlik bilan almashuvni boshqarish mexanizmi.  



 chegaralangan, tarmoqga ulanadigan aniq ma’lum bo‘lgan kompyuterlar soni.  

Bunday ta’riflagandan tushunarliki, global tarmoqlar lokallardan farqli shunki ular abonentlar sonini 

chegaramaslikka  hisoblangan  bo‘lib  unga  sifatli  bo‘lmagan  aloqa  kanallardan  foydalanib  uzatish  tezligi 

past bo‘ladi, almashuv boshqarish mexanizmi esa ularda tez bo‘lmasligi kafolatlangan. Global tarmoqlarda 

aloqa sifati uncha muhim emas, uning borlig‘i hisobdir.  

Ko‘pincha  kompyuter  tarmoqlarining  yana  bir  sinfini  ajratishadi  –  shaxar  tarmoqlari  (MAN, 

Metropolitan  Area  Network).  Ular  global  tarmoqlarga  yaqinroq  bo‘ladi,  lekin  ba’zan  lokal  tarmoq 

xususiyatiga ega bo‘lishadi, masalan yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan uzatishni yuqori tezligi.  

Shahar tarmog‘i  o‘zining  hamma  afzalliklari  bilan  haqiqatan xam  lokal  bo‘lishi  mumkin.  To‘g‘risi 

xozir lokal va global tarmoqlari orasida ma’lum bir aniq chegarani o‘tkazish mumkin emas.                                     

Ko‘p sonli lokal tarmoqlar global tarmoqga chiqishga ega, lekin axborot uzatish xarakteri, almashuvni 

tashkil etish prinsiplari, lokal tarmoq ichidagi resurslarga kirish rejimi, odatda global tarmoqlarda  qabul 

qilingandan katta farq qiladi. Bunda lokal tarmog‘ining barcha kompyuterlari global  tarmoqga ulangani 

bilan lokal tarmoqlar xususiyatlarini bekor qilmaydi. Global tarmoqga chiqish imkoni lokal tarmog‘idan 

foydalanuvchilarning  birga  ishlatish  resurslardan  biri  bo‘lib  qoladi.  Lokal  tarmog‘idan  xilma-xil  sonli 

axborot  uzatilishi  mumkin:  axborotlar,  tasvirlar  telefon  orqali  gaplashuvlar,  elektron  xatlar  va  hakozo. 

Aytgandek, huddi shunday tasvir uzatish masalasi, ayniqsa to‘liq rangli dinamik tasvirlarga tarmoqni tez 

ishlashi uchun eng yuqori talablar qo‘yiladi. Ko‘pincha lokal tarmoqlarni diskli fazo, printerlar va global 

tarmoqga  chiqish  resurslarni  birga  ishlatishda  foydalaniladi,  lekin  bu  lokal  tarmoqlar  vositalari 

imkoniyatlarining juda kam qismi.  

Masalan, ular har xil turdagi kompyuterlar orasida axborotlarni almashuvini bajarishga imkon beradi. 

Faqat  kompyuterlar  emas  balki  boshqa  qurilmalar,  masalan,  printerlar,  plotterlar,  skanerlar  tarmoqning 

abonentlari  (uzellari)  bo‘lishi  mumkin.  Lokal  tarmoqlar  tarmoqdagi  hamma  kompyuterlarda  parallel 

hisoblash tizimini tashkil etishga imkon yaratadi.  

Ular  yordamida  murakkab  texnologik  tizimlarni  yoki  bir  nechta  kompyuterlarda  bir  vaqtda  ilmiy 

izlanishlar qurilmasida ishlarni boshqarish ham mumkin.  

Biroq lokal tarmoqlar ba’zi kamchiliklarga ega, ularni doim esda tutish kerak.  

Uskunalar  sotib  olish  va  tarmoqli  dasturli  ta’minot,  ulanuvchi  kabellarni  o‘tkazish  va  personalni 

o‘qitish qo‘shimcha moddiy xarajatlardan tashqari yana mutaxassis bo‘lishi kerak, u tarmoqni ishlashini 

nazorat  qilib  turadi,  uni  takomillashtiradi,  resurslarga  kirishni  boshqaradi,  bo‘lajak  nosozliklarni 

to‘g‘rilaydi yani u tarmoq admi-nistratori. 

Tarmoqlar  kompyuterlarni  joyini  o‘zgartirish,  boshqa  joyga  o‘tkazish  imkoniyatlarini  chegaralab 

qo‘yadi,  chunki  bunda  birlashtirilgan  kabellarni  qaytadan  o‘tkazish  kerak  bo‘ladi.  Bundan  tashqari, 

tarmoqlar  kompyuter  viruslarini  tarqatishga  ajoyib  muxit  hisoblanadi,  shuning  uchun    kompyuterlardan 

avtonom foydala-nishga qaratadi himoyalash masalalarga ko‘proq etibor berishga to‘g‘ri keladi. Hech narsa 

bekorga kelmaydi. 

Tarmoqlar  nazariyasini  asosiy  tushunchalarini  eslatib  o‘tamiz,  ular  server  va  kliyent.  Server  deb 

tarmoqni  abonenti (uzeli) bo‘lib,  boshqa abonentlarga  o‘zining  resurslarini taqdim  etib,  o‘zi  esa  boshqa 

abonentni resurslardan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi. Tarmoqda serverlar bir nechta 

bo‘lishi mumkin, quvvatli kompyuter server bo‘lishi shart emas. Ajratilgan server tarmoqdagi masalalar 

bilan  shug‘ullanadi.  Ajratilgan  server  tarmoqga  xizmat  qilishdan  tashqari  boshqa  masalalar  bilan 

shug‘ullanishi mumkin. O‘ziga xos server turi –tarmoqli printer. Kliyent bu tarmoq-ni abonenti bo‘lib, faqat 

tarmoq resurslaridan foydalanadi, o‘zi esa o‘zining resurslarini tarmoqga bermaydi, tarmoq unga xizmat 

qiladi. Ko‘pincha kompyuter – kliyentni ishchi stansiyasi deb atashadi. Har bir kompyuter bir vaqtda ham 

kliyent, ham server bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha server va kliyent deganda kompyuterlarni emas, balki ular 

uchun ishlaydigan dasturlar ilovalarini tushuniladi.  

Bu holatda resursni faqat beradigan ilovani server deyiladi, agar ilova tarmoqdagi resurslardan faqat 

foydalansa kliyent deyiladi.  

Lokal hisoblash tarmoqlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: Peer–to Peer tarmoqlari (ishchi stansiyalari 

bir  rangli  tarmoqlar,  yani  tarmoqdagi  barcha  kompyuterlar  bir  ZIL  kirish  huquqiga  ega)  va  serverda 

asoslangan tarmoqlar.  

Peer-to  Peer  tarmoqda  (asl  ma’nosi  tеngdаn  tеnggа  ishchi  guruh  ham  dеyishаdi)  har  bir  ulangan 



kompyuter server bo‘ladi (ingliz fе’lidаn to serve - xizmat ko‘rsatish) yoki ishchi stansiya (client - kliyent). 

Har  bir  kompyuter  boshqa  kompyuterlar  ixtiyoriga  o‘zini  resurslarini  taqdim  etadi.  Bu  hоlаtdа, 

tarmoqli  administrator  yo‘q  va  shuning  uchun  tarmoqda  ishlaydigan  har  bir  foydalanuvchi  umumiy 

foydalanish uchun qaysi resurslarni tarmoqga jоylаshtirishini mustaqil hal qilishi kerak (1-rаsm). 

   

[

                            



 

1-rasm. 


 

 Peer-to–Peer  tarmog‘i  to  10  ishchi  stansiyalardan  (clients)  foydalanish  uchun  mo‘ljallangan.  Agar 

ishchi  stansiyalar  soni  10  dan  oshib  ketsa,  unda  tarmoqdagi  ishlar  nаzоrаtdаn  chiqib  ketadi  va  foyda 

keltirish o‘rniga ko‘p nоqulаyliklar olib keladi. 

Har bir foydalanuvchi o‘zining ma’lumotlarini saqlash uchun o‘zi g‘amxo‘rlik qilishi kerak. 

Bu  turdagi    LHT  nisbatan  tez  ishlaydi  va  uning  аrхitеkturаsi  ko‘p  хаrаjаt  talab  qilmaydi.  Ishchi 

stansiyalar bir-biriga uzoq bo‘lmagan masofada jоylаshishi kerak (2-rаsm). 

 

 



2-rasm. 

 

Agar uzоqlаshib qоlsа quyidagi qiyinchiliklarni to‘ldirаdi: 



 hujjаtlarni bog‘lаmа bоshqаrishni faqat katta kuch kеtkаzib amalga oshirish mumkin, buning ustiga 

ma’lumotlarni markazlashgan holda joylashtirish mumkin emas. 

 Ma’lumotlarni saqlash aslo katta emas. 



 Foydalanuvchilarni o‘qitishgа katta tаlаbchаnlik. 

Serverlar asosidagi tarmoqlar to‘g‘risida Biz keyinroq tаnishаmiz. 

 


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling