Uchma-uch payvandlash qo‘llaniladigan sohalar. Kontaktli uchma-uch
payvandlash quyidagi hollarda keng qo‘llaniladi:
-prokatdan uzun buyumlar (qozonlarning qizish yuzasidagi quvurdan ishlangan
zmeyeviklar, temir yo‘l relslari, temir-beton armaturasi, uzluksiz prokatlash
sharoitida tanavorlar) olish uchun;
- oddiy tanavorlardan murakkab detallar (uchish apparatlari shassilarining
qismlari, tortqilar, vallar, avtomobillarning kardanli vallari va b.) tayyorlash uchun;
- tutash shakldagi murakkab detallar (avtomobil gildiraklarining to‘ginlari,
reaktiv dvigatellarning bikrlik chambaraklari, shpangoutlar, zanjirlar bo‘g‘inlari va
b.) yasash uchun;
- legirlangan po‘latlarni tejash maqsadida (asbobning ish qismi tezkesar
po‘latdan, quyruq qismi esa uglerodli yoki kam legirlangan po‘latdan ishlanadi).
Tekshirish uchun savollar
1. Kontakli payvandlashning moxiyat nimadan iborat?
2. Kontaktli payvandlash jarayonlarini qaysi parametrlariga ko‘ra tasniflash
mumkin?
3. Nuqtali kontaktli payvandlashning mohiyati aytib bering.
4. Nuqtali kontaktli payvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
5. Chokli payvandlash jarayonlarini qaysi parametrlariga kura tasniflash mumkin?
6. Relyefi payvandlashning mohiyati nimadan iborat?
7. Relyefli payvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi?
8. Relyefli payvandlashning qanday afzalliklari bor?
9. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlashda birikma hosil qilish qanday
bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
10. Eritib uchma-uch payvandlashning mohiyatini aytib bering.
11. Uchma-uch payvandlash usuli qanday parametrlarga qarab tanlanadi?
12. Uchma-uch payvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |