2-mavzu: Kontaktli payvandlashdagi elektr qarshilik. Reja


Nuqtali payvandlash qo‘llaniladigan sohalar


Download 22.28 Kb.
bet3/7
Sana14.05.2023
Hajmi22.28 Kb.
#1461397
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Лекция Б Ост

Nuqtali payvandlash qo‘llaniladigan sohalar. Nuqtali payvandlash
shtamplab-payvandlab yasaladigan konstruksiyalarni tayyorlashda keng
qo‘llaniladi. Bunday konstruksiyalarda listdan shtamplab yasalgan ikki va undan
ortiq detallar bikr uzellarga payvandlanadi (masalan, yengil avtomobilning poli va
kuzovi, yuk avtomobilning kabinasi va b.).
Sinchli konstruksiyalar (chunonchi yo‘lovchi tashish vagonining yondorlari va
tomi, kombayn bunkeri, samolyot uzellari va b.) odatda nuqtalar tarzida
payvanaladi.
Nuqtali payvandlash nisbatan yupqa metalldan uzellar tayyorlashda yaxshi
natijalar beradi. Nuqtali payvandlash qo‘llaniladigan muhim soha elektr-vakuum
texnikasida, asbobsozlik va boshqa sohalarda yupqa detallarning biriktirishidir.
Chokli kontaktli payvandlash
Chokli payvandlash bir-birni berkitib turuvchi nuqtalar qatorini hosil qilish
yo‘li bilan zich birikma (chok) olish usulidir. Bunda aylanuvchi disksimon
elektrodlar - roliklar yordamida tok keltiriladi va detallar siljitiladi. Nuqtali
payvandlashda bo‘lgani kabi detallar ustma-ust yig‘iladi va payvandlash tokining
qisqa muddatli impulslari bilan qizdiriladi. Nuqtalarning bir-birini berkitib
turishiga tok impulslari o‘rtasidagi to‘xtam (pauza)ni va roliklarning aylanish
tezligini tegishlicha tanlash orqali erishiladi.
Kontaktli chokli payvandlash sxemasi:
1 – payvandalanayotgan detallar; 2 – roliklar; 3 – transformator; 4 – o‘zak.
Chokli payvandlashning uzlukli, uzluksiz va qadam-baqadam turlari bo‘ladi.
Roliklar yordamida uzluksiz payvandlashda payvand-lanayotgan detallar
o‘zgarmas tezlikda uzluksiz harakatlanadi. Bunda payvandlash toki uzluksiz
ulangan bo‘ladi.
Roliklar yordamida uzlukli payvandlashda qisqa muddatli tok impulslari (ti)
to‘xtamlar (tT) navbatlashib keladi va detallar uzluksiz harakatlanadi.
Roliklar yordamida qadam-baqadam payvandlashda payvandlash toki ulangan
paytda roliklar vaqtincha to‘xtaydi - detallar harakatlanmaydi, bu esa roliklarniig
yeyilishini, qoldiq, zo‘riqishlarni va darzlar hamda kavakarlar paydo bo‘lishiga
moyillikni kamaytirish imkonini yaratadi.
Chokli payvandlashda detallar ko‘pincha ustma-ust yig‘iladi va payvandlanadi.
Ammo ayrim hollarda chokli uchma-uch payvandlashdan ham foydalaniladi, bu
hol birikmalarning siklik mustahamligi yuqorirok bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda
payvalanayotgan detallar to‘laroq, erishi uchun folgadan yasalgan ustqo‘ymalardan
foydalaniladi.

Download 22.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling