2. Mavzu. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari
Аnketa samaradorligini taʼminlovchi shartlar
Download 20.41 Kb.
|
2. Mavzu. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy ka
Аnketa samaradorligini taʼminlovchi shartlar:savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; savollar yirik hajmli va noaniq boʼlmasligi kerak; savollar oʼquvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur; savollarga toʼla javob qaytarilishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak; anketa oʼquvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylanmasligi zarur; javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart Pedagogik kuzatish metodini qoʼllashda taʼlim muassasalarining Savollarga javoblar, odatda, yozma shaklda olinadi. Oʼrganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketalar quyidagicha boʼladi: 1) ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar)ga ega; 2) yopiq savollar (“ha”, yoʼq”, “ijobiy”, “salbiy” va h.k. tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar)ga ega anketalar. Аnketa metodini qoʼllashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Oʼquv- tarbiya ishlari jarayonini oʼrganish asosida tadqiq etilayotgan muammo aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qoʼlga kiritilgan koʼrsatkichlar oʼrtasidagi farq tahlil qilinadi. PK murakkab va oʼziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qoʼlga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish taʼlim-tarbya sifatini oshirish, shaxsda kreativlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Pedagogik kuzatuvni tashkil etishga qoʼyiladigan shartlar: kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; kuzatishni tizimli ravishda yoʼlga qoʼyish; kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; har bir holatning mohiyatini sinchiklab oʼrganish; xulosa chiqarishga shoshilmaslik Pedagogik kvalimetriya taʼlim sifatini nazorat qiish va samarali boshqarish maqsadida qoʼllaniladi. Bunda turli darajadagi testlar, muammoli vaziyatlarni hal qilish (keyslarni yechish) asosida shaxsning kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyatni tashkil eta olish koʼnikmalariga egaligi, ularning darajasi oʼrganiladi hamda baholanadi. Bola (talaba)lar ijodini oʼrganish metodi talabalarning muayyan yoʼnalishlardagi layoqati, qobiliyati, maʼlum fan sohalari boʼyicha BKM darajasini aniqlash maqsadida qoʼllaniladi. Uni qoʼllashda oʼquvchilarning ijodiy ishlari – ikki varaqli kundalik, insho, yozma ish, kichik esse, referat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlari, pedagogik amaliyot hisobotlari muhim vosita boʼlib xizmat qiladi. Metod maʼlum oʼquvchiga xos boʼlgan individual imkoniyatni koʼra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Download 20.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling