2. Mavzu. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari


Bola (talaba)lar ijodini oʼrganishda


Download 20.41 Kb.
bet9/9
Sana21.06.2023
Hajmi20.41 Kb.
#1641939
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2. Mavzu. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy ka

Bola (talaba)lar ijodini oʼrganishda:


  1. fan olimpiadalari;




  1. tanlovlar;




  1. maktab koʼrgazmalari;




  1. festivallar;




  1. musobaqalar va h.z.larning natijalarini tahlil qilish, samaradorligini baholash orqali shaxsning muayyan maʼnaviy-axloqiy sifatlar va amaliy faoliyat koʼnikmalariga egaliklari baholanadi

  1. Ekspert baholash metodi zamonaviy sharoitda deyarli barcha sohalara olib boriladigan tajribalarda jarayonida qoʼllaniladigan va keng ommalashgan ilmiy-taqiqot metodlardan biri sanaladi. Koʼp holatlarda shaxsda kreativlik sifatlari va ijodiy faoliyat koʼnikmalarining shakllanganlik darajasini aniqlash psixolog, pedagog va bevosita kreativlikka dahldor sohalarning vakillari – malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi. Аmmo taʼlim jarayonida hamkorlik taʼlimi tamoyillariga muvofiq talabalarning oʼrtasida ham ularning oʼquv topshiriqlarini bajarishga nisbatan kreativ yondashuvlarining samaradorligini baholash maqsadida ekspert guruhi shakllantirilishi ham mumkin. Bu guruh talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy mahsulotlar va ularning sifatini baholaydi.

Shunday qilib, zamonaviy sharoitda taʼlim va tarbiya jarayonlarining sifatli, samarali tashkil etilishi ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qoʼyilmoqda. Mazkur zaruriyatning qondirilishi pedagoglarning yuqori darajada kasbiy kompetentlik, mahorat va malakalarga ega boʼlishlarini taqozo etadi. Pedagoglarning taʼlim jarayoniga kreativ yondashuvlari talabalarda taʼlim olishga boʼlgan qiziqishni yuzaga keltiradi, ularning oʼquv-bilish faoliyatlarini faollashtirishga yordam beradi. Qolaversa, talabalarning mutaxassis sifatida kreativ sifat, ijodkorlik koʼnikma, malakalarini faol oʼzlashtirishlari uchun zarur sharoitni yaratadi. “Kreativ pedagogika” fanining asoslari talabalar va pedagoglarda kreativlik sifatlari va ijoiy faoliyat koʼrsatish malakalarini samarali shakllantirishga xizmat qiladi.
Download 20.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling