2-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: bolalar bilan ishlash
O‘quvchilar bilan olib boriladigan profilaktik ishlarning 3 darajasi
Download 35.07 Kb.
|
eXS9b4oKJpKxFq2ta54nKY9749R8U92uYbdOVFxu (1)
O‘quvchilar bilan olib boriladigan profilaktik ishlarning 3 darajasi
Psixoprofilaktika – ruhiy kasalliklar va buzilishlarning paydo bо‘lishiga yordam beruvchi sabablarini о‘rganish, ularni о‘z vaqtida aniqlash va barham toptirishdir. Psixogigiyena – odam ruhiy salomatligini saqlash va mustaxkamlash haqidagi fandir. Psixogigiyena, psixoprofilaktika kasalliklarning oldini olish, saqlash va mustahkamlashda psixikaning rolini о‘rganadi. Tibbiyot psixologiyasi - umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bо‘lib kasalliklarning kelib chiqishida psixikaning о‘rni va ahamiyatini о‘rganadi. Psixoprofilaktik ish – amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika muammolari kо‘proq Amerika adabiyotlarida aks etgan. Psixoprofilaktikada uch bosqich ajratib kо‘rsatiladi: Psixoprofilaktika bolalarning psixologik salomatligidagi buzilishlar, ularning intellektual, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishidagi salbiy og‘ishlarni о‘z vaqtida oldini olish. Psixogigiyena odam ruhiy salomatligini saqlash va mustaxkamlash haqidagi fandir Birinchi bosqich dastlabki profilaktika deb ataladi. Bu bosqichda psixolog sog‘lom bolalar bilan ishlaydi yoki maktabdagi barcha о‘quvchilarni qamrab oladi. Ular maktab psixologlarini dastlabki profilaktikani о‘tkazadigan mutaxassislar deb tan oladilar. Ikkinchi bosqich profilaktika muammolari mavjud bolalarga qaratiladi. Uning maqsadi – bolaning о‘qishi va xulq-atvoridagi qiyinchiliklarni iloji boricha ertaroq aniqlab, ularni yо‘qotishdan iboratdir. Ikkinchi bosqich ota-onalar va о‘qituvchilarga maslaxat berishni ham о‘z ichiga oladi (bolaning о‘qishi о‘zgarishi uchun ta’limuslubini о‘zgartirish). Uchinchi bosqich. Psixolog о‘qishdagi va xulq-atvordagi yaqqol kо‘rinib turadigan muammolari bor bolalarga о‘z diqqatini qaratadi. Profilaktikaning dastlabki maqsadi–jiddiy psixologik qiyinchiliklarni va muammolarni yо‘qotish va tuzatishdan iborat. Psixolog bola bilan alohida ishlaydi. Maktab psixologining asosiy kuchi uchinchi bosqichga ya’ni “tarbiyasi qiyin” bolalarga qaratiladi va о‘quvchilarning asosiy qismi psixolog e’tiboridan chetda qolib ketadi. Psixoprofilaktika amaliyotchi psixolog faoliyatining maxsus turi bо‘lib, maktabdagi barcha о‘quvchilar uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Shunday qilib, psixolog profilaktik ishining asosiy vazifalari quyidagilar: Suhbatlashish va tashxis tekshiruvlari natijalari, shuningdek, ota-onalar yoki qonuniy vakillar va pedagoglardan olingan ma’lumotlar asosida bolalarning psixologik salomatligini aniqlash; Psixologik profilaktika bosqichlari Dastlabki profilaktika (1-bosqich). Muammolari mavjud bolalar profilaktikasi (2-bosqich)/ “Tarbiyasi qiyin” bolalar profilaktikasi (3-bosqich) ijtimoiylashuv, ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs shakllanishi hamda rivojlanishidagi og‘ishlarning oldini olish bо‘yicha choralar belgilash, bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan bо‘ladigan muloqoti hamda munosabatlarida psixologik shikast yetkazuvchi omillarni bartaraf etishga yordam kо‘rsatish; asabiy-psixik zо‘riqish va shaxs sifatlarining buzilishi alomatlari aniqlangan, shuningdek, addiktiv qaramlikda bо‘lgan (alkogol, narkotiklar, toksik moddalarga ruju qо‘yish, internet-qaramlik va boshqa shu kabi holatlardagi) о‘smirlarga psixologik yordam kо‘rsatish; maktabgacha va umumta’lim muassasalari, mehribonlik uylari hamda oilada bolalar tarbiyasi va ta’limining psixogigiyenik shart-sharoitlariga rioya etilishini nazorat qilish, bu sharoitlar buzilgan holatlarda choralar kо‘rish; bolalar va о‘smirlarni о‘z qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari va bilimlarini tatbiq etishni xohlagan hayotiy faoliyat sohalarini anglab yetishga tayyorlash; ota-onalar yoki qonuniy vakillarga, pedagoglarga (ularning roziligi bilan) shaxslararo munosabatlarda, oilada yoki pedagogik jamoada nosog‘lom psixologik iqlim muammolarini hal etishda psixologik yordam kо‘rsatish, psixologik shikast yetkazuvchi omillar ta’sirini bartaraf etish bо‘yicha choralar kо‘rish. Download 35.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling