Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarga so`zsiz itoat etishi va shu asosda faoliyat ko`rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O`zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin (10-modda).
O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi prinsipiga asoslanadi (11-modda).
Mazkur konstitutsiyaviy norma orqali davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi - vakolatlarning taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Hokimiyat tizimining bo`linishi prinsipi huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biridir.
Davlat o`z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko`zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Ma'muriy huquqning asosiy manbalaridan yana biri - bu 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga binoan ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo`lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta'minlashni, ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarning o`z vaqtida va obyektiv ko`rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o`z oldiga vazifa qilib qo`yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks - qanday harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma'muriy jazo qo`llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
Ma'muriy-huquqiy normalar boshqa Kodekslarda ham o`z ifodasini topgan, ya'ni davlat boshqaruvi jarayonida ijro hokimiyati organlari faoliyatini, fuqarolar va nodavlat tashkilotlarining boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini tartibga solishga qaratilgan normalarni quyidagilarda ham uchratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |