2 Mavzu Ma'muriy huquq huquq tarmog`i sifatida reja Ma'muriy huquq tushunchasi, predmeti, tartibga solish uslubi


O`zbekiston Respublikasining Havo kodeksi


Download 25.61 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1582826
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2 Mavzu

O`zbekiston Respublikasining Havo kodeksi;
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;
O`zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi;
O`zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi va boshqalar.
Ma'muriy huquqning keng tarqalgan manbalaridan yana biri - bu O`zbekiston Respublikasining qonunlaridir. Bir necha davlat boshqaruvi organlarining huquqiy maqomi joriy qonunlarda o`z ifodasini topgan. Jumladan:
1) O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”gi qonuni. Mazkur qonunga binoan O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi - Hukumati O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir;
O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi qonunga binoan mahalliy davlat hokimiyat organlariga hokim rahbarlik qiladigan ijroiya apparat va vakillik organlari kiradi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo`ysinadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir;
3) O`zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi qonun1i respublikada bank tizimini boshqaruvchi davlat organi - O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonunga binoan Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir. Markaziy bank - o`z sarf-xarajatlarini o`zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi;
4) O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq xizmati to`g`risida»gi qonun2i - O`zbekiston Respublikasida davlat soliq xizmati organlarini tashkil etish tartibini, ularning huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonunning 1-moddasiga binoan davlat soliq xizmati organlari soliqlar, yig`imlar va boshqa to`lovlarning to`liq va o`z vaqtida budjetga tushishini ta'minlash maqsadlarida tuziladi. Davlat soliq xizmati organlariga - O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari kiradi;
5) O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat bojxona xizmati to`g`risida»gi qonun3i - davlat bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Bojxona organlari O`zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo`yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari - bojxona organlaridir.
Ma'muriy-huquqiy normalar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, davlat va mahalliy organlar normativ hujjatlarida ham o`z ifodasini topgan.

Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling