2-mavzu: Ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Reja


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1694078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-мавзу

birinchidan, davlat rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-
ma’rifiy sohalaridagi vazifalarni o‘zida mujassamlashtiradi;
ikkinchidan, bir davlat, bir mamlakat miqyosida barcha fuqarolarni, turli millat, 
elat, sinflar va ijtimoiy guruhlarni bir g‘oya va maqsad sari birlashtirishga xizmat 
qiladi;


uchinchidan, davlat olib boradigan ichki va tashqi siyosat g‘oyalarini o‘zida 
mujassamlashtirib, uni fuqarolarga targ‘ib etadi;
to‘rtinchidan, davlat doirasida yashayotgan fuqarolarni yaratuvchilik, 
bunyodkorlik, ijodkorlik faoliyatlarini faollashtiradi va ularni jamiyat maqsadlariga 
yo‘naltiradi;
beshinchidan, xalqning orzu-umidlarini o‘zida ifoda ettiradi, jamiyatda mavjud 
bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun butun jamiyat va fuqarolarni harakatga 
keltiradi;
oltinchidan, mafkura jamiyatda ma’lum siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-
ma’rifiy qarashlarni shakllantiradi.
Mafkuraning jamiyat, millat, shaxs va fuqaro hayotidagi ana shunday roliga 
qaramay, mustaqillikning dastlabki yillarida respublikamizda umuman mafkuraga 
uning mohiyatini tushunganlar ham, tushunmaganlar ham qarshi kurash boshlab 
yuborgan edilar. Ya’ni, hech qanday mafkuraga ega bo‘lmagan, mafkuraviy 
bo‘shliqqa asoslangan, o‘z g‘oyasiga ega bo‘lmagan jamiyat qurish kabi qarashlarni 
ilgari sura boshladilar. Bu jarayon Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan 
2001 yil 6 aprelda respublikamizning bir guruh jamoatchilik vakillari bilan 
uchrashuvida “Milliy istiqlol mafkurasi”ni yaratish vazifasini kun tartibiga 
qo‘yguncha davom etdi. “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura 
bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi mumkin. Ikkinchidan
qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura 
hukmronlik qilish tayin”,- deb ta’kidlagan edi. Buni har bir inson chuqur anglashi 
kerak. Negaki, jamiyat a’zolarining mustahkam va ravshan mafkurasi, g‘oyasi, 
maqsadi bo‘lmasa inqirozga yuz tutadi. Insoniyat tarixida davlat va jamiyatlar paydo 
bo‘libdiki, ular egizak holatda mafkuraviy qarashlar bilan mavjud bo‘lgan. Milliy 
mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini
jamiyatimiz oldiga qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart
1
.
Milliy g‘oya birinchi navbatda yoshlarni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat 
ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini 
payvand qilishdek olijanob ishlarda madadkor bo‘lishi zarur. 
Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab turishni 
o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilishi, shu 
bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib 
beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak. 
Mafkura – umummillatga, umumxalqqa, butun jamiyatga taalluqli ulkan 
g‘oyalar birligidir. Ammo uning ildizlari har bir insonning vijdonida, imonida, aql-
idroki va tafakkurida. Shu bois, haqiqiy, hayotiy chuqur, insoniy mafkurasi bor xalq, 
mamlakat va jamiyat qudratlidir. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling