2-mavzu: Ma’naviyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Reja
O‘zbekistonning milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2-мавзу
4. O‘zbekistonning milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasi
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish va ma’naviy yangilanish hamda rivojlanish konsepsiyasining ahamiyati quyidagilardan iborat. Birinchidan, bu konsepsiya sobiq sho‘rolarning totalitar tuzumi sharoitida boy milliy-ma’naviy madaniyatimizning inqirozga yuz tutganligini va uning sabablarini tushunishga; Chor Rossiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olish sabablari: O‘rta Osiyoni xom ashyo bazasiga aylantirish istagi; O‘rta Osiyoda arzon ishchi kuchi va bozorga ega bo‘lish; Rossiyaning Angliya bilan raqobati; xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatlar. O‘rta Osiyoni bosib olish Rossiya imperatori Pyotr I (1672-1725) davrida Xiva xonligini bo‘ysundirish uchun 1717 yilda Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida ekspeditsiya yuborilgan. 1839-40 yillarda esa Perovskiy boshchiligidagi harbiy yurish uyushtirilgan. Ular muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ikkinchidan, sobiq sho‘rolarning o‘tkazgan zo‘ravonligi, zulmi va jinoyatkorona xatti-harakatlariga qaramasdan, milliy-ma’naviy merosimizning ildizlari mustahkam bo‘lganligi uchun bu zo‘ravonliklarga bardosh berib, o‘z salohiyati va xususiyatlarini saqlab qola olganligini tushunib yetishga; XX asrning 80-yillari oxirida respublikamizda yuzaga kelgan og‘ir ijtimoiy- iqtisodiy vaziyat: * yalpi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sobiq Ittifoqning 15 ta respublikasi ichida 12-o‘rinda; * aholi jon boshiga milliy daromad sobiq Ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2 marta kam bo‘lgan; * aholining xalq iste’moli mollari bilan ta’minlanishi 40%ni tashkil etgan; * aholi daromad darajasi va asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish jihatidan ittifoqdosh respublikalar orasida oxirgi o‘rinlardan birida turgan. Uchinchidan, har bir millat, u son jihatdan kichikmi, yoki kattami undan qat’i nazar mustaqillik ularning har biri uchun havo va suvdek zarur ekanligini, faqat mustaqillik millatning milliy-ma’naviyatini saqlab qolishga, uni rivojlantirishga va keyingi avlodga yetkazish baxtiga muyassar etadigan asosiy omil ekanligini tushunishga, mustaqillikdek ulug‘ ne’matni saqlab qolishi va yanada mustahkamlashiga; Yer yuzidagi 1600 millatdan bor-yo‘g‘i 200 ga yaqini o‘z davlatchiligiga ega, xolos, Bunday sharoitda (hozirgi zamon davlatlarining 90 foizga yaqini polietnik, ya’ni ko‘pmillatli davlatlardir). Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi dunyoda faqat 20 ga yaqin davlat aholisi tarkibida boshqa millatlar vakillarining ulushi 5 foizdan kamni tashkil etadi. Qolgan davlatlarning deyarli barchasida 5 foiz va undan ortiq qismini boshqa millat va elatlar vakillari tashkil qilib, ularning aholi tarkibidagi ulushi ancha salmoqlidir. O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatkich 20 foizga yaqinni tashkil etadi. To‘rtinchidan, mamlakatimiz yoshlari ishsizligiga barham berish, milliy- ma’naviy tiklanish borasida ular oldida turgan vazifalarni bilib olishga, ularda milliy g‘urur, iftixor, fidoyilik, vatanparvarlik, insoniylik kabi olijanob fazilatlarni shakllantirish – mustaqilligimizni mustahkamlash va taraqqiyotimizning asosiy sharti ekanligini tushunib yetishimiz zarur. Har qanday jamiyatning, har qanday xalqning kelajagi yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston aholisining 65 foizini 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi, ularning ehtiyojlarini o‘rganmaslik, mavjud muammolarni bartaraf etmaslik butun jamiyatning kelajagiga bo‘lgan e’tiborsizlik bilan barobar. Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli o‘z yeri, o‘z tili, o‘z diniga ega bo‘ldi, milliy g‘ururi, izzat obro‘si tiklanib, endilikda qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimizdan bahramand bo‘lmoqdamiz. Mustaqillik va ma’naviyat bir-biriga g‘oyat bog‘liq tushunchalardir. Ma’naviyati yuksak xalqni sud qilish, abadiy istibdod zulmi ostida saqlash mumkin emas. Bunday ma’naviyatning kamol topishi, qalblarga singishi uchun mustaqillikni mustahkamlash ham lozim bo‘ladi. Qudratli kelajagi buyuk davlat, buyuk ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qudratli ma’naviyat zamirida vujudga keladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning ma’naviy kamoloti orqali demokratik huquqiy davlat barpo etiladi. Davlatimiz rahbari shu bois ham ma’naviyat va ma’rifatga doimo katta e’tibor berib kelmokda. Ushbu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o‘zligini takib, o‘z shajarasini idrok etmokda, tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda. Ma’naviy tarbiya sohasida ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yish nihoyatda xatarli. Ma’naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu borada xo‘jako‘rsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kutilmagan turli inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bu sohada o‘zi bo‘larchilik va lo‘ttibozlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Kishilarda, hususan yoshlarda yangi ma’naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko‘lamli madaniy, tarixiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan ma’naviy inqirozga barxam berish, yangicha tafakkurga ega bo‘lgan insonni shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta-sekin amalga oshadigan jarayon bo‘lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat hayotida ma’naviy bo‘shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiydir. Bu bo‘shliq jamiyat uchun iqgisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi. Shuning uchun jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday bo‘shliq yuzaga kelgan taqdirda farzandlarimizni boshqalar yetaklashga harakat qiladi. Bunday xavfning oldini olish uchun bugun qat’iy harakat qilmasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin. Uning achchiq saboqlarini 1999 yil 16 fevral voqealari ko‘rsatdi. Shu sababli tarixiy burilish davrlarida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish lozim. Mamlakatimiz rahbariyati buni to‘g‘ri anglab, bunday holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning imon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma’naviyatini shaqllantirish, maqsad, vazifa, vositalari va yo‘llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta’kidlab kelmoqda. Zotan, yosh mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Ma’naviyatli va e’tiqodli kishilar o‘z maslagi, Vatani uchun jonini fido qilishga ham tayyordirlar. Ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdira borilishi ularni barkamol, sog‘lom va komil inson ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik ruxida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo, fuqarolik burchini his etadigan shaxs bo‘lishi darkor. Sodda qilib aytganda, har qaysi komil inson, har birimiz: “Shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi?” deb emas, balki: “Men o‘zim Vatanimga, elu yurtimga nima berdim?” deb o‘ylashimiz va har dam shu bilan yashashimiz kerak bo‘ladi. Bu komillikka da’vogar inson uchun asosiy mezondir. Son jihatdan millatlar to‘rt guruhga bo‘linadi: a) eng ko‘p sonli millatlar (xitoylar – 1 mlrd.dan ortiq, hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar – 100 mln.dan ortiq); b) ko‘p sonli millatlar (50 mln.dan 100 mln. gacha – inglizlar, fransuzlar, ispanlar, turklar va boshq.); v) yirik millatlar (10 mln.dan 50 mln.gacha – o‘zbeklar, portugallar, polyaklar va boshq.); g) kam sonli millatlar (har biri bir necha o‘n mingdan bir mln.gacha –ingushlar, chechenlar, abxazlar va boshq.). Jahondagi eng yirik 27 ta millat yer yuzi aholisining 75 foizini tashkil qiladi. Bu raqam ozchilikni tashkil etuvchi millatlarning naqadar ko‘pligidan dalolat beradi. O‘zbekiston aholisining diniy tarkibi. 2018 yilgi rasmiy ma’lumotlarga binoan, O‘zbekistonda 16 ta diniy konfessiyaga tegishli 2238 ta diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda: • islom – 2063 (masjidlar, diniy o‘quv yurtlari, islom dini markazlari); • xristianlik – 175 ta jumladan: • koreys xristianlari - 52; • pravoslavlar (RPS) – 37; • baptistlar – 23; • pyatidesyatniki (polnogo Yevangeliya) – 21; • adventistlar yettinchi kuni – 10; • katoliklar – 5; • lyuteranlar – 2; • yangi apostol xristianlari – 4; • arman apostol cherkovi – 2; • iegovo shohidlari – 1; • Alloh ovozi cherkovi – 1; • konfessiyalararo injil jamiyati – 1; • yahudiylik – 8; • bahoiylar – 6; • krishnaitlar – 1; • buddaviylik – 1. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling